Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


Download 192.48 Kb.
bet21/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Kazuslar FK

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA
6- modda Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
dramatik va ssenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar; jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarxlar, eskizlar va asarlar; ……………………..va boshqalar. Xulosa qilib aytadigan bolsak, tuzuvchi Temirov tayyorlagan "Jadval" mualliflik huquqi obyekti bola oladi va unga nisbatan mualliflik huquqi beriladi. Agar mehnat shartnomasiga binoan temir yo'llari DAK xodimi bo'lgan Temirovning ish faoliyati davomidagi asosiy vazifalaridan biri vokzallardan ketuvchi poezdlar harakatini nashrga tayyorlash bo'lgan taqdirda ham mualliflik huquqi saqlanib qolinadi.

14

Fuqaro Karimov o‘z mehnat faoliyati davomida ish beruvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va hisobot tayyorlashga mo‘ljallangan kompyuter dasturini yaratdi. Ushbu dastur ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini birmuncha osonlashtirib, ish vaqtini tejashga ham imkon beradi. Fuqaro Karimov oradan bir yil o‘tgandan so‘ng ishdan bo‘shab ketdi. Shundan so‘ng, o‘zi yaratgan kompyuter dasturiga nisbatan mutloq huquqlari mavjud deb hisoblab buning uchun haq to‘lashni talab qildi. Biroq, bunga ish beruvchi e’tiroz bildirib, ushbu kompyuter dasturi xizmat tartibida yaratilganligi sababli mutloq huquq ish beruvchiga tegishli ekanligini ta’kidladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

1034-modda. Intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan mutlaq huquqlar


Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk ob'ektidan o'z xohishiga ko'ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo'lgan intellektual mulk ob'ektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo'l qo'yiladi.
Intellektual mulk ob'ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazishga, intellektual mulk ob'ektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo'lmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk ob'ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo'li bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk ob'ektidan normal foydalanilishiga o'rinsiz ziyon etkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA qonuning 6- 7 – moddalarida ham keltirib otilgan.
1086-модда. Ихтиро, фойдали модель, саноат намунасининг ҳаммуаллифлари
Ихтиро, фойдали модель, саноат намунаси ҳаммуаллифларининг ўзаро муносабатлари улар ўртасидаги келишув билан белгилаб қўйилади.
Ихтиро, фойдали модель, саноат намунасини яратишга ноижодий ёрдам бериш (техникавий, ташкилий ёки математик ёрдам, ҳуқуқларни расмийлаштиришга кўмаклашиш ва ҳоказолар) ҳаммуаллифликка сабаб бўлмайди. 1087-модда. Хизмат ихтиролари, фойдали моделлари, саноат намуналари
Ходим ўз хизмат мажбуриятларини ёки иш берувчидан олган аниқ топшириқни бажариш вақтида яратган ихтиро, фойдали модель, саноат намунасига (хизмат ихтиросига) патент олиш ҳуқуқи, башарти бу улар ўртасидаги шартномада назарда тутилган бўлса, иш берувчига тегишли бўлади.
Хизмат ихтироси, фойдали модели, саноат намунаси учун муаллифга тўланадиган мукофот пули миқдори, тўлов шарти ва тартиби у билан иш берувчи ўртасидаги келишув билан белгилаб қўйилади. Келишувга эришилмаган тақдирда қарорни суд чиқаради. Башарти муаллиф ва иш берувчининг хизмат ихтироси, фойдали модели ёки саноат намунасини яратишга қўшган ҳиссасини аниқ белгилашнинг иложи бўлмаса, иш берувчи олган ёки оладиган фойданинг ярмисига бўлган ҳуқуқ муаллифники деб эътироф этилади.



15

Matoga yarim yorug‘lik (poluzrachnыy) effekt beruvchi patentga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati bozorda ular chiqarayotgan matoga o‘xshash mato sotilayotganligini aniqlaydi. Tekshirish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yuqoridagi o‘xshash mato bir emas ikkita bo‘lib, yana bir boshqa korxona tomonidan ishlab chiqilib, sotuvchi qo‘yilar ekan. AJ har ikkala korxonadan uning texnologiyasi bo‘yicha mato tayyorlanishi, bu esa uning huquqlari buzlishini anglatishini, shu sababli jamiyatga keltirilgan zararni to‘lashni talab etdi.
Ikkala korxona ham o‘z xohishi bilan bu talabni bajarishdan bosh tortdilar. Shunda AJ iqtisodiy sudiga shikoyat bilan arz qildi.
Sud jarayonida javobgarlarning biri o‘zini oqlash uchun haqiqatan ham AJning patentlangan ishlab chiqarish usulini qo‘llaganligini, lekin bu usul AJning usulidan ancha takomillashgan usul ekanligini bu haqida u “ish olish usuli” ixtirosi uchun patentga buyurtma berganligini aytdi.
Ikkinchi javobgar esa da’vogarning usuli bilan tanishganligini umuman inkor etib, o‘zining shaxsiy original texnologiyasidan foydalanishini va bu texnologiya yaxshi natija berayotganligini lekin, bu texnolgiyaning sirini hozircha fosh qilmasligini aytdi.

Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling