Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


-savol. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatining kuchaytirilishi


Download 268.81 Kb.
bet2/7
Sana18.11.2020
Hajmi268.81 Kb.
#147032
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm


3-savol. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.

Hozirda, O‘zbekistonda, jamiyat hayotini demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati, ularning ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki, roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. “Bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, odamlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda”14

Boshqaruvning ko‘plab funksiyalari bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazib borilmoqda. Aholining turli qatlamlari nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashmoqda.

So‘nggi yillarda “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi hamda ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Yurtboshimiz tomonidan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarini saylash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunlarni, inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflari yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun muhim zamin hozirlaydi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish va rivojlantirish istiqbollarini muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining yuzga yaqin ma’ruza va nutqlarida hamda asarlarida, ularni tashkil qilish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvtlash, rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi istiqbollari bilan bog‘liq qarashlarini asoslab berdi.

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynamoqda.

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga bag‘ishlangan ma’ruzasining beshinchi bobi “fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish”ga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiyaning beshinchi bobi bevosita fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ushbu tuzilmalarning nechog‘liq ahamiyat kasb etishi, bu borada kelgusida qilinadigan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida yaqin yillarda qabul qilinadigan muhim qonunlar, amaldagi qonunlarga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgartirishlar xususida fikrlar bayon qilingan. Bular asosan quyidagilardan iborat:



  • Hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

  • Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.

  • Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish maqsadida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

  • Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

  • Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror “uchinchi sektor” deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy negizini mustahkamlamoqda.

  • Islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash uchun Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish.

  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

  • Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

  • O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish. Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

  • Sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asosini yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish.

  • Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Hozirga kelib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslari barpo qilingan. Konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi”15

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”16.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish to‘g‘risida fikr bildirib, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib o‘tdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizningcha, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida uchta sektor o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy sheriklik munosabatlari va bu munosabatlarning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Chunki mazkur faoliyat mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati organlari (ayniqsa, Adliya vazirligi va unga qarashli bo‘lgan boshqarmalar, viloyat, shahar va tuman hokimliklari kabilar) tomonidan 2- va 3-sektorning muhim tarmoqlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustda e’lon qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida nodavlat, xususiy tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bu bejiz emas. Chunki odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Har qanday nodavlat tashkiloti va jamoat birlashmasining jamiyat ijtimoiy hayotida samarali faoliyat ko‘rsatishini asosiy va muhim sharti ularning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan ta’minlanganligidir. Zero, moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti aholi turli qatlamlari, ijtimoiy guruhlarining turli maqsad-manfaatlari, ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. NNT mablag‘larining salmoqli qismini aholi o‘rtasida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni amalga oshirishga sarflanmog‘i lozim. Chunki aholini yuksak ma’naviyatga, siyosiy va huquqiy madaniyatga erishuvi orqaligina huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari barpo qilinadi. Bu borada ham mamlakatimizda muhim ishlar amalga oshirib borilmoqda.

2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasini tashkil qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Qo‘shma qaror jamoat fondlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy ko‘mak berish orqali ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish va shu orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatini amalda kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu Fond va Parlament komissiyasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar taqsimlanishini tashkil etish, NNTlarni moddiy, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturini shaklllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuzildi.

Hozirda “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga binoan, NNTlar faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirishning demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi. Bugungi kungacha ushbu fond tomonidan respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

AQShda 1 mln.dan ko‘proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi. Umumiy aholisining har 300 kishisiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi xizmat qiladi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladi. Bu ko‘rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2 va Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir. Rossiyada hozirda 600 mingdan ziyod NNTlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (hozirda Rossiya aholisi 142 millionga yaqin), har 236 kishiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasining birgina Yaroslavl viloyatida 4000 ga yaqin NNT rasman ro‘yxatga olingan. Ammo hozirda ularning 30 foizigina faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa jami 7 mingga yaqin fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, aholining har 4300 kishiga bittadan nodavlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari to‘g‘ri keladi. Ularning salmog‘i yildan-yil ortib bormoqda.

“Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish jarayonida fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa qo‘yadigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora qat’iy qilib qo‘ymoqda. Bu amalda fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini rivojlantirish, uning mamlakatni, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uyg‘un ravishda integratsiyalashuvini anglatadi”17.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ular O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130dan ziyod turli millat va elat vakillarining maqsad hamda manfaatlarini ta’minlashga, milliy qadriyatlari, udumlarini saqlashga ko‘mak berib kelmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Respublika baynalmilal madaniyat markazi o‘z faoliyati davomida mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgan haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi”18.

Respublikada hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy-madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 tasi respublika maqomiga ega. MMMlarning 31 tasi koreyslar, 23 tasi ruslar, 10 tasi tojiklar, 9 tasi qozoqlar, 9tasi tatarlar tomonidan (3 tasi tatar-boshqird MMM) tuzilgan. Shuningdek, 8ta ozarbayjonlar, 7ta turkmanlar, 6 tadan ukrainlar va qirg‘izlar, 5 tadan turklar va Yevropa yahudiylari milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritmoqda. Nemislar, polyaklar va armanlar tomonidan 4 tadan, uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari tomonidan 3tadan, beloruslar va qrim tatarlari tomonidan 2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar tomonidan esa 1 tadan MMM tashkil etilgan.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollaridan 71 kishi yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shu jumladan, 32 kishi “Do‘stlik” ordeni, 2 kishi “Mehnat shuhrati” ordeni, 13 kishi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 7 kishiga faxriy unvon, 17 kishiga O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i berilgan. Mukofotlanganlar orasida 24 millat vakillari bor. O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM boshqaruvi a’zosidir. Respublika rus markazi raisi Svetlana Ivanovna Gerasimova esa senator, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi.

Televidenie va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.

Milliy madaniy markazlar faoliyati mamlakatimizda turli millat vakillarining emin-erkin umrguzaronlik qilayotganligini, ularning O‘zbekiston fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqlari davlat tomonidan kafolatlanganligini bildiradi. Millatlararo totuvlik esa fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim belgilaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekistonda to‘la amal qilyapti, desak xato qilmagan bo‘lamiz.

2006 yil O‘zNNTMA tomonidan hududlarda NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun respublikamizning barcha viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida resurs markazlari tashkil etildi. Mablag‘larni tejash maqsadida resurs markazlari yuridik shaxs, filial yoki vakolatxona shaklida emas, balki mavjud NNT negizida shartnoma asosida tuzildi. 2006 yilda O‘zNNTMAning Resurs markazi sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov asosida 5 ta NNT, 2007 yilda esa 7 ta NNT bilan shartnoma tuzildi. Bu tashkilotlar shartnomaga binoan joy, kompyuter texnikasi, “Norma” huquqiy bazasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 1 ta xodimga oylik maosh va Internetdan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. 2007 yil 13 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlarida resurs markazlari faoliyat boshladi.

“O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida resurs markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom O‘zNNTMAning 2008 yil 12 martdagi kengash majlisida tasdiqlangan.



Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini axborotlar, assotsiatsiya va hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan loyihalar, grant tanlovlari xususidagi yangiliklar bilan ta’minlash;

- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini NNT faoliyati borasidagi yangiliklardan xabardor qilish;

- O‘zNNTMAga yangi a’zolarni jalb qilish;

- NNT va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini axborot va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Resurs markazlari tashkil etilishi natijasida O‘zNNTMAning hududlardagi amaliy harakatlari yanada faollashdi, NNT faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari ham ijobiy samara bera boshladi, shuningdek, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining O‘zNNTMA faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyati kengaydi.

Umuman olganda, resurs markazlari faoliyatining tahlili NNT va O‘zNNTMA a’zolarining o‘zaro tezkor fikr, tajriba almashish va axborot tarqatish mexanizmining samarali faoliyatiga ehtiyoji borligini ko‘rsatayapti.

O‘zNNTMA a’zolari va keng jamoatchilikni O‘zbekistondagi NNT faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zNNTMA veb-sayti (www.ngo.uz) tashkil etilgan va u muntazam ravishda yangilanib borilayapti. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. O‘zNNTMA va uning a’zolari tomonidan tashkil etilayotgan barcha tadbirlar, konferensiyalar radio-televidenie, gazeta va jurnallarda keng ko‘lamda yoritilmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik institutlarining O‘zNNTMA orqali xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati ham ortib bormoqda. Fikrimizga misol sifatida quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni jal qilamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda O‘zNNTMA ishtirokida tanlab olingan jami 1,3 mln. Yevroga teng 6 ta o‘zaro hamkorlik loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zNNTMA O‘zbekistonda IBPP loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va monitoringini yuritish guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi hamda Yevropa Uyining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi Komissiyasi Hamkorlik Byurosi bilan ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan ham o‘zaro hamkorlik faoliyati davom etmoqda. Xususan, NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida YeXHT bilan hamkorlikda kichik ijtimoiy loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Natijada jami 63, 6 mln. so‘mga teng 10 ta NNT loyihasi tanlab olindi va bajarilmoqda.

Xalqaro moliyaviy resurslarni NNT loyihalariga jalb etish maqsadida memorandum asosida Jahon Banki bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zNNTMA ishtirokida amalga oshirilgan grant tanlovi natijalariga ko‘ra, jami 55 ming dollarga teng 8 ta loyiha tasdiqlandi va O‘zNNTMA yordamida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ta’lim, madaniy sohalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatisiz amalga oshmaydi. Bu esa keng aholi ommasining ijtimoiy faolligi orqali kechadi. Shuning uchun aholi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi turli dasturlarni hayotga tatbiq qilib borishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb ijtimoiy masalalarini hal etish maqsadida maxsus guruh va turli idoralar tashkil etildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining inson huquqlariga rioya qilish ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tarkibida O‘zNNTMA, Advokatlar palatasi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining mavjudligi demokratik institutlarning ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini davlat tomonidan kafolatlanganligining belgisidir.



O‘zbekistonda VICh infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha Respublika Komissiyasining tarkibida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar ham ish yuritmoqda.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruh faoliyatida ham "Istiqbolli avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va uning viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, turli sohalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan markazlar va jamg‘armalar faoliyatini o‘rganib borish, ularning o‘zaro aloqasini, ijtimoiy sheriklik asosida faoliyat olib borishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hozirda ana shu mintaqaviy axborot-tahlil markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.

Bugungi kunda mazkur nodavlat tashkiloti va uning hududiy bo‘limlarida, xususan, Andijon hududiy bo‘limi tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini tizimli tadqiq qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi a’zolari hamkorligida tashkil qilayotgan turli tadbirlarini shu jamoat tashkiloti orqali olib bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.

2005 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 150dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Hozirda Assotsiatsiya uchinchi sektorning 450 dan ortiq faol vakillarini o‘z atrofiga jamlab, turli darajadagi loyihalarni amalga oshirishga qodir, yetarlicha kuchga ega mexanizmga aylandi.

Assotsiatsiyaning faoliyati quyidagi 5ta yo‘nalishda olib boriladi:



  • Ayollar va yoshlar yo‘nalishi;

  • Huquqiy yo‘nalish;

  • Ekologiya, iqtisod va ta’lim yo‘nalishi;

  • VICh/SPID masalalari bo‘yicha yo‘nalish;

  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;

Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama etildi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi. Buning natijasida 2007 yilda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun NNTlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi va huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmini rivojlantirib, davlat subsidiyasi, davlat granti va davlatning ijtimoiy buyurtmasi ko‘rinishidagi davlat tomonidan NNTlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:



  1. Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining muhim shartidir.

  2. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmushini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

  3. Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali shakllanib boradi. Natijada jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar barham topib boradi.

  4. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari jahonning rivojlangan davlatlari va fuqarolik jamiyatining umume’tirof etilgan tamoyillari hamda milliy o‘ziga xos jihatlar asosida faoliyat yuritmoqda.

  5. Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat muassasalaridan farq qiladi. Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.

  6. Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, alohida shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati emas, balki fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

  7. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati unga a’zo bo‘lgan kishilar, shaxslar, ijtimoiy guruhlar, kasb-kor egalarining tub manfaatlari, hayotiy ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.

  8. Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga erishish orqali ularning yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamolotini ta’minlashdir. Bu esa, o‘z navbatida, kuchli fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

  9. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.

  10. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati aholi turli qatlam va guruhlarining ijtimoiy-siyosiy manfaatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirib borishga yo‘naltirilgan.

  11. Moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati orqali fuqarolarning ijtimoiy manfaat va ehtiyojlari ko‘proq qondirib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tamoyilining amal qilishini ta’minlaydi.

  12. Hozirda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Ularning soni va faoliyat ko‘lami tobora yanada ortib va kengayib bormoqda. Masalan, 2010 yilda ularning umumiy soni 5100 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 7 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.

  1. Download 268.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling