Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Erkin saylovlarni
o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining o’rni 61 olingan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi, shuningdek, saylov jarayonining mohiyati haqida to’liq axborot olish shart-sharoitlari ta’minlanishi lozim. Buning natijasida saylovchilar to’liq va yetarli axborot asosida o’zlari ongli ravishda munosib nomzodni tanlab ovoz berish imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalarining saylov kompaniyasini yoritib borish, saylovlarning adolatli hamda qonuniy o’tishiga bilvosita ko’maklashish imkoniyati huquqiy kafolatlangan. Binobarin, ushbu kafolatlar ommaviy axborot vositalarining mamlakatimiz saylov to’g’risidagi qonunlarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklari, maqsad va vazifalari, burch hamda mas’uliyati bilan o’zaro uyg’unlik kasb etadi. Mamlakatimizdagi barcha ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganligini keng yoritishlari ular faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylangan. Erkin va adolatli saylovlar nafaqat muayyan muhitda fuqarolarning o’z ovozlarini berish imkoniyati ta’minlanganligi, balki ularning tegishli nomzodlar va umuman butun saylov jarayoni to’g’risidagi axborotlarga doir huquqlarni kafolatlash bilan ham amalga oshiriladi. Zero, har bir saylovchi o’zining muayyan nomzodga bo’lgan ovozini ushbu nomzod haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lgan taqdirdagina ishonchli va asosli berishi mumkin. Shu jihatdan olganda, demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Saylovlar jarayonida ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati saylovchilarning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlanganligini, balki davlat organlari faoliyatida ularning ustuvor bo’lishini ham muayyan darajada ta’minlaydi. Ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati vakillik organlari saylovi jarayonida saylovchilarni xabardor qilishda xolis va haqqoniy bo’lishlari, nomzodlar va partiyalarning tengligi tamoyilini buzmasliklari kerak. Aynan ushbu holat ommaviy axborot vositalarining mazkur jarayonda amalga oshiradiganfaoliyatining xususiyati hisoblanadi. 62 Saylovda ishtirok etadigan barcha nomzodlar, siyosiy partiyalar, qonunlarga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, o’z tashviqotini olib borishi uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishlari, radioeshittirish, teleko’rsatuvlarda saylovoldi dasturlari bilan chiqishlari uchun teng va adolatli shart-sharoit yaratiladi. Tashviqot faoliyatini yuritishda ommaviy axborot erkinligi suiiste’mol qilinishiga, shu jumladan, davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiladigan, urush, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etadigan, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitishga qaratilgan da’vatlarga yo’l qo’yilmaydi. Amaldagi qonunchilik talablariga ko’ra, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmoqda. Matbuot markazining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillarini saylovga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish bo’yicha tegishli rasmiy ma’lumotlar, zarur materiallar bilan ta’minlashdir. Bu yerda OAV vakillarining professional faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud, internet hamda aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling