Фуркат indd


NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana07.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1247371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Furqat. Ishqingda kuyib jono (2021)

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Lolag‘a boqmoq abas ruxsori olingni ko‘rub,
Bog‘ aro nargisg‘a ham chashmi g‘azolingni 
ko‘rub,
Istamak sunbul xato zulfi kasholingni ko‘rub,
Sahvdur to‘biy demak ra’no niholingni ko‘rub,
Yoki jannat bog‘i gulzori jamolingni ko‘rub.
Ne malohat erdikim, yakbora, ey zebo jamol,
Yuz ochib, bir g‘amza birla aylading behush-u
lol,
Butmog‘ilkim, ko‘z qizorg‘on chog‘ edi bu bir 
xayol,
Ravzada kavsar qirog‘inda xayol ettim Bilol,
Yuz uza lab, lab uza shabrang xolingni ko‘rub.
Bu zamon Tangri-chun, ey mahvash,
o‘zingni ayla fosh,
Toki ul bechora aylar ishtiboh ichra talosh,
Partavi nuri jamolingdin to‘lub ko‘ziga yosh,
Sog‘inur oshiqlig‘ingg‘a ro‘baro‘ kelgach
quyosh, 
Ko‘zguda mashshota har soat misolingni 
ko‘rub.
Bog‘boni dahr topmay aylanib davri falak,
Qadd-u ruxsoring kabi bir sarvi gul bo‘ldi
halak,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zokirjon Furqat
96
Orazing borinda bulbul qilmadi gulni tilak,
Sarvdin qumri, netong, ram qilsa to‘biydin 
malak,
Jilvai qad holatida e’tidolingni ko‘rub.
Hasratingdinkim ko‘ngul zohir tazallum ayladi,
Soya soldi boshima sarving tarahhum ayladi,
Yig‘ladim xatting ko‘rub, g‘unchang tabassum 
ayladi.
Nargising afsun-u gul barging takallum
ayladi,
Aqli kull topdi fireb ul makri dolingni ko‘rub.
Yo‘q soching savdosidin bir lahzai tamkin 
menga,
Yetkurub nakhat sabo to bermasa taskin
menga,
Telbaman xotir parishonlig‘ erur oyin menga,
Elga ishratdur yangi oy ko‘rsalar, lekin
menga – 
Yuzlanur oshuftaliq mushkin hilolingni ko‘rub.
Furqatiy, borsen aning ishqida ohi sard ila,
Muztarib hol-u sirishki ol-u ro‘yi zard ila,
Qolma devor ostida bu ranj-g‘am parvard ila.
Sudra ul yon, ey Navoiy, o‘zni muhlik dard ila
Shoyad etgay rahm ul qotil bu holingni 
ko‘rub.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ISHQINGDA KUYUB, JONO...
97

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling