G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P) 90 Education and innovative research 2021 y. №2 shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, ko‘nikma uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishi, o‘ziga nisbatan ko‘nikmaining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolani amaliy jihatdan o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi, o‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi ruhiy rivojlanishi va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganligini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga loyiq alohida shaxs sifatida ko‘nikmada bo‘layotganliklarini his eta boshlaydi. Buning natijasida bola o‘z- o‘zidan oilasi va jamoasida o‘z o‘rni borligini anglay boshlaydi. Bu davrda bolaning «Men shuni xohlayman» maylidan «Men shuni bajarishim kerak» xohishi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida ruhiy zo‘riqish hosil bo‘ladi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro ko‘nikmada ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda o‘z oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshda me’yorida rivojlanayotgan bola o‘z nutqda 500–600 so‘zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000–7000 so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘lib, o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlaydi. 6–7 yoshli bola o‘z jumlalarini murakkab grammatik tarkib asosida tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab, uni o‘zlashtiradi. 7–9 yoshli bola nutqda o‘z fikrini bayon etibgina qolmay, balki suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qila oladi. Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutqni egallashi asosida bolada turli matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish ko‘nikmasi yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolariga nisbatan tarbiyachilarning munosabatlari asosan oddiy, Образование и инновационные исследования (2021 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 91 http://interscience.uz vaziyatli xarakterga ega. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari aksariyat hollarda, bolalarning tashqaridan namoyon bo‘lgan xattiharakatlari va bajargan ishlariga juda oddiy tezkor ko‘mak tarzida yordamlashish bilan cheklanadilar. Bu jarayonda ularni intellektual jihatdan rivojlantirishga deyarli e’tibor qaratmaydilar. To‘polonchi, intizomsiz bolalarni jazolash, ota-onalariga ular haqida shikoyat qilish orqali ularning xatti-harakatlarini tuzatishga umid bog‘laydilar. Tarbiyachilarning bunday faoliyati bir yoqlama xarakterga ega bo‘lib, bolalarning intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Albatta, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ko‘maklashishi, ularni qo‘llab- quvvatlash mayllari ijobiy, samimiy, pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lib, u bolaning hayoti, intellektual taraqqiyoti, sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularda o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrof-muhit haqida tasavvur hosil qilishga yo‘llash, uni inson sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mazkur jarayonda ular ko‘pincha buyurish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish usulidan foydalanadilar. Buning natijasida, murg‘ak bolada qo‘pollik, bo‘ysinmaslik yoki yalqovlik kabi salbiy xususiyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Bunday yordam bolaning harakatlariga noo‘rin aralashish, uning ishlariga to‘sqinlik qilish tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi hamkorlikka putur yetadi va ko‘rsatilgan pedagogik yordam va qo‘llab-quvvatlov hech qanday samara bermaydi. Bolaning hissiyotlarini qo‘zg‘atish, ichki ziddiyatlar natijasida hosil bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni tarbiyachilar tomonidan sun’iy tarzda, zo‘ravonlik bilan bartaraf etish hollari keng tarqalgan. Bunday vaziyatda bola tarbiyasidan himoyalanishga intilib, natijada ular o‘ziga xosligi, betakrorligini namoyon qila olmaydi. O’zligini pinhon tutadi va vujudga kelgan vaziyatga osongina moslashadi. Shu sababdan bola shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik tizim uni tashqi jihatdan namoyon bo‘lishiga ko‘maklashish bilan chegaralanib qo‘lmasdan, bolaning ichki mayllari, ehtiyojlarini hisobga olishga oid pedagogik ko‘rsatmalarga tayangan holda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonda tarbiyachining vazifasi bolaning shaxsiy imkoniyatlari, o‘zligi, ichki “men”ini namoyon etishga xizmat qiladigan vosita va usullarni qo‘llashdan iboratdir. Buning uchun ular o‘zlariga ma’lumdek tuyulgan haqiqatlar bilan bola ruhiyatiga ozor bermay, tarbiyalanuvchilar intellektual rivojlanishlarida duch keladigan muammolarni aniqlay olishlari lozim. Kichik maktab yoshida o‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor asoslari shakllanadi. Buning natijasida ular ma’naviy me’yorlar, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtiradilar. Shu asosda o‘quvchilarda ijtimoiy yo‘nalganlik faoliyati shakllana boshlaydi. Bu esa o‘quvchilarda shaxs sifatida individual xususiyatlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Natijada ular mustaqil, erkin fikrlash, ob’ektiv borliqni idrok etish va zarur qarorlar qabul qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Mazkur qadriyatlarni o‘quvchilar ta’lim jarayonida o‘zlashtiradilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling