G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation
Ключевые слова: познание, воображение, память, мышление,
учебная деятельность, навыки межличностного общения, навыки самоуправления, словарный запас, письменная речь, независимое мышление, ценности личности, социально-эмоциональные навыки. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 88 Education and innovative research 2021 y. №2 THE IMPORTANCE OF TEACHING YOUNG CHILDREN TO THINK FREELY IN THE FAMILY G. A. Ergasheva, Teacher of "Methods of preschool and primary education" of the Samarkand regional center for retraining and advanced training of public education. Annotation: In this article, the author discusses the unique opportunities for the development of young children, raising a child in a family, the advantages of teaching him free expression, the child's vocabulary before and after school, written speech. think independently, freely, perceive objective existence and make the necessary decisions. Key words: cognition, imagination, memory, thinking, learning activity, interpersonal skills, self-management skills, vocabulary, written speech, independent thinking, personality values, social and emotional skills. Ma’lumki, insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi. Chegara va qolip ichidagi fikr ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘lmaydi. Oilada kattalar, maktabda o‘qituvchilar shakllanib kelayotgan bola shaxsiga zug‘um o‘tkazishdan voz kechib, o‘quvchi yoshlarning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutishsa, bolada o‘z xatti-harakatini yo‘naltirish ehtiyoji va o‘zi tanlagan yo‘l uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. Demak, erkinlikka asoslangan mas’uliyat bolani o‘z fikri, qarashiga ega qiladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, o‘rni kelganda himoya qiladi. Kerak bo‘lsa o‘z haqiqati uchun kurashadi. Yangi asrga kelib, butun jahon hamjamiyati kichik yoshdagi bolalar ta’limini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Oilada bolani erkin ruhda yashash, erkin fikrlashga o‘rgatishadimi? Shu haqda bir oz mulohaza yuritamiz. O’z jigarimizni, ustoz G’azzoliy tili bilan aytganda, biz- ning nomimizni va ruhimizni kelgusiga olib o‘tuvchi ushbu shaxsni odatda aksariyat ota-onalar o‘ziga bo‘ysundirishni, o‘zlari sezmagan holda ularni tobe qilib, tobe ruhda o‘stirayotganlarini bilmay qolishadi. Ularning qarash- larini, o‘zlari yashab o‘tgan, tajriba boyliklariga aylanib ketgan kechagi kun tajribasi doirasida tarbiyalayotganla- rini sezishmaydi. Bu bilan bolasining bugungi kun yangiliklari bo‘lmish, ertangi kunga kerak amaliy tajribalarni o‘zlashtirishlariga monelik qilib, chunki ularning o‘zlari kechagi kun amallari bilan odatlangan, ularning ertangi kunga tayyorgarligiga Образование и инновационные исследования (2021 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 89 http://interscience.uz xalaqit berishadi. Ko‘pincha bolani kattalar va hatto o‘z tengqurlari, boshqalar oldi- da o‘z fikrini aytishga qo‘yishmaydi. Shaddod bo‘lma, hali yoshsan deyishadi. Bu bilan undagi yangilikka intilish tuyg‘usiga, ertangi kun orzusi zamirida qilinayotgan bugungi mustaqil harakatlariga beixtiyor qarshilik qilib qo‘yishadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o‘rni nihoyatda katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson faoliyatining turli shakllari mazmunini o‘zlashtiradi va o‘rnatilgan axloqiy me’yorlar doirasida harakat qiladi. O’quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O’quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkuri zarur darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofidagilar bilan psixologik jihatdan yangi ko‘nikma tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganligi, unga yangi majburiyatlar, nafaqat har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Ota-onalar bilan olib borilgan amaliy ishlar mobaynida ularning bola tarbiyasiga qay darajada yondashayotganini bilish uchun «Odamning rasmini chizib bering», degan topshiriqni berildi. Ushbu topshiriqni bajartirganda, bola tarbiyasi yuzasidan bizga murojaat qilgan kishilarning aksariyati o‘z bolasi rasmini chizolmaydi va chizishmaydi. E’tiborga, mehrga muhtoj o‘sgan bolalarning ko‘pchiligi erkinlik ruhini emas, jizzakilikni o‘ziga yuqtirib katta bo‘ladilar, imkon topilgan paytida boshqalarga ozor beruvchi, qulay vaziyat yuzaga kelganida faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi shaxslar bo‘lib yetishadilar. Ulardan katta vatanparvarlikni, boshqa inson, o‘zga bir kishining dardiga darmon bo‘lish kayfiyatini, ishtiyoqini kuzatish va kutish qiyin. Chunki jizzakilik va qattiqqo‘llik ta’sirida o‘sgan bolaning dili va diydasi qotib u ham o‘z davrida boshqalarga ozor beruvchiga aylanishini pedagogik tajriba tasdiqlasa ham biz buni hali hamon inkor qilib kelamiz va bolalarimizni qattiqqo‘llik ostida tarbiyalashni yaxshi deb tushunamiz. Nimagadir bu haqda yaxshigina tajribasi bor tarbiyachilar, ayniqsa o‘qituvchilar ham ko‘p gapirishadi. Ko‘pincha misol qilib maktablardagi qattiqqo‘l o‘qituvchilarni ko‘rsatishadi. Bu o‘rinda ular qattiqqo‘l qilib ko‘rsatgan o‘qituvchilar aslida qattiqqo‘l emas, bola nazariga turli shaxsiy, bilimi va boshqa sabablar bilan hurmatli bo‘lib singib ketgan shaxs ekanligini unutishadi. Qattiqqo‘llik va tartibga o‘rgatib o‘stirish esa boshqa boshqa tushunchalar ekanligi bizning ko‘pchilik mutaxassislarga ham uqtirib bo‘lmaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling