Topshiriq:
1. Poliamidning hosil bo’lish reaksiyasini yozing, hosil bo’lgan
polimerning eruvchanligini aniqlang;
2.
Kislota
soni
asosida
polimerning
molekulyar
massasini
hisoblang. Kislota son qiymati o’zgarib borishini tekshiring.
3.3.-laboratoriya mashg’uloti
FENOLNI FORMALDEGID BILAN
POLIKONDENSATLANISHI
Ishning maqsadi: fenol—formaldegid smolalarini kislota muhitida
(1 - usul) va ishqoriy muhitda (2 - usul) olish
Reaktivlar: fenol, formaldegid, 1 n xlorid kislota, urotropin.
Idish va asboblar: yumaloq tubli kolba, Libix sovutgichi, Vyurst
kolbasi, chinni kosacha, termometr.
1 – usul. Ishning bajarilishi: 200 ml sig’imli kolbaga (sovuttich va
termometr bilan jihozlangan) 9,4g (0,1 mol) fenol solib 40–50°C gacha
qizdiriladi. Fenol suyuqlangach 8,5 ml (0,085mol) 36% formalin qo’shiladi.
Aralashtirib bo’lgach 1n HC1 eritmasidan 5 ml (0,005 mol) quyiladi.
So’ngra aralashma 80°C da 10-15 min teskari sovutgich o’rnatilgan
kolbada qizdiriladi. Kolbadagi aralashma 10-15 minutdan so’ng
loyqalanadi va qavatlanadi. Shundan so’ng kolbani yana 30 minut
davomida qizdiriladi. Kolbada ajralib chiqqan qavatni ajratib olib, qolgan
qismidan vakuumda (100 mm. simob ust.) suvni haydab olinadi. Suvni
haydab olinganda kolbani harorati 50°C dan pastga tushmasligi kerak.
Reaksiya tugagach hosil bo’lgan smolani kolbadan chinni kosachasiga
solinadi. Olingan smolani urotropin yordamida qotiriladi. Buning uchun
2g smola olinib hovonchada 0,2g urotropin bilan eziladi. 150°C gacha
qizdirilgan pipetkaga temir plastinka qo’yib 45x45 mm maydonchada
metall spatel yordamida hosil bo’lgan aralashma yoyiladi. Ma’lum vaqtdan
so’ng smola qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |