G. A. Xudoynazarova yuqori molekulyar birikmalar
Download 210.34 Kb.
|
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IgV — lg[NaOH]
Natijalarni
hisoblash. Olingan natijalar asosida bir
poliakrilamidning gidroliz darajasini 4 xil konsentratsiyadagi gidrolizlovchi agentlar uchun kinetik o’zgarishi egri chiziqlari chiziladi. Egri chiziqning boshlanish qismidan o’tkazilgan urinmaning og’ish burchak tangensi gidrolizning boshlang’ich tezligi V ning qiymatini beradi. Keyin V va natriy gidroksidining konsentratsiya qiymatlari logarifmlanadi. Tajriba natijalari 21-jadvalga yoziladi. 21-jadval № NaOH, mol/l lg[NaOH] V,%(mol)/min lgV Olingan natijalar asosida IgV — lg[NaOH] bog’liqlik grafigi chiziladi va hosil bo’lgan to’g’ri chiziqning abssissa o’qiga nisbatan burchak tangensi— natriy gidroksidi bo’yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiya tartibi topiladi. Polimer bo’yicha reaksiya tartibini aniqlash uchun natriy gidroksidning berilgan konsentratsiyasida polimerning har xil konsentratsiyalarida tajribalar o’tkaziladi. Buning uchun poliakrilamidning 1,0 % li eritmasi distillangan suv bilan suyultirilib, 50 ml dan 0,75; 0,5 va 0,25% li polimer eritmalari tayyorlanadi va magnitli aralashtirgich yordamida aralashtirilib, har biriga 5 M natriy gidroksid eritmasidan 2,5 ml dan qo’shiladi. Olingan natijalar 22-jadvalga yoziladi. 22-jadval Namuna olingan vaqt, min [PAA], mol/l Qo’shilgan ishqor hajmi, ml Gidroliz darajasi, %(mol) Natijalar asosida gidrolizlanish tezligining polimer konsentratsiyasiga bog’liqlik kinetik egri chizig’i grafigi chiziladi. Kinetik egri chiziqdan gidrolizning boshlang’ich tezligi topiladi, logarifmlanadi va natijalar 23- jadvalga yoziladi. 23-jadval № [PAA], mol/l lg[PAA]
lgV IgV — lg[PAA] bog’liqlik grafigi chiziladi va hosil bo’lgan to’g’ri chiziqning abssissa o’qiga nisbatan burchak tangensidan poliakrilamid bo’yicha reaksiya tartibi topiladi. Topshiriq: 1. Poliakrilamid gidroliziga polimer va gidrolizlovchi agent konsentratsiyasi ta’sirini tushuntiring. 2. Polimer va ishqor bo’yicha poliakrilamidning gidrolizlanish reaksiyasi tartibini aniqlang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling