G f. n A. Nazarov “
Download 356.6 Kb.
|
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘o‘za ruxli o‘g‘itlarni qo‘llash samaradorligi.
Ruxli mikroo‘g‘itlar
Ularning tarkibida 19,6% rux oksidi, 17,4% rux silikati, 21,1% aluminiy oksidi hamda bir oz miqdorda aluminiy, mis va marganes bo‘ladi. Makkajo‘xoriga PMO‘-7 ekish vaqtida qator orasiga (1 ga ga 20 kg dan) solinadi. Tldizdan tashqari oziqlantirishda rux sulfat (I ga ekin maydoniga 150-200 kg) ishlatiladi. Oziqlantirish ko‘p ekinlar uchun shonalash paytida yoki o‘simlik gullashining boshlanish fazalarida amalga oshiriladi. Mevali daraxtlarni oziqlantirish uchun bahorda hosil bo‘lgan barglarga o‘g‘it (100 litr suvga 200-500 g rux sulfat solinadi, unga 0,2-0,5% so‘ndirilgan ohak qo‘shib, barglar kuyib qolmasligi uchun neytrallanadi) purkaladi. 1 s donga ishlov berish uchun 4 litr suvda 4 g rux sulfat eritiladi. Makkajo‘xori urug‘ining 1 sentnerini polimikroo‘g‘it (PMO‘-7) ning 400 grami bilan kukunlashtirib, ishlov beriladi. Shuningdek, ammofos 0,3-0,5% gacha rux bilan boyitilib, uni ekin dalalariga ekishdan oldin shudgor ostiga, gektariga 3-4 kg dan sepish mumkin, yoki mikroo‘g‘itlarga aralashtirib, gektariga 1-2 kg me’yorda paxtaning shonalash davrida berish tavsiya etiladi. Urug‘ni ekishdan oldin rux sulfatning konsentrlangan (0,03-0,04% li) eritmasi bilan 10-12 soat davomida, 2:1 nisbatda namlash ham ijobiy natija beradi. Rux yengil (qumli), neytral, kuchsiz ishqoriy, karbonatli past unumdor tuproqlarda va shuningdek, bo‘z tuproqlarda ijobiy natijalar beradi. Kuchsiz kislotali muhitga ega bo‘lgan podzol, torfli va chimli podzol, chimli-gleyli tuproqlar ruxli mikroo‘g‘itlarga nisbatan unchali tanqislik sezmaydi. O‘rta Osiyo hududidagi bo‘z tuproqlarda ruxli mikroo‘g‘itlarni qo‘llab, har gektaridan paxtadan 2-4, makkajo‘xoridan 5-7 va bug‘doydan 1,5-2 s gacha qo‘shimcha hosil olish mumkin. G‘o‘za ruxli o‘g‘itlarni qo‘llash samaradorligi. G‘o‘zada ruxning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar vegetasion tajribalarda, rux paxta hosilini 11-12% oshirishini aniqlangan. Keyinchalik g‘o‘zaga mikroelementlarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha bir necha tajribalar o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, ruxni qo‘llash usuliga bog’liq ravishda paxta hosili 1,8-6,9 s/ga oshishi kuzatilgan. Keyingi o‘tkazilgan vegetasion va dala tajribalariga asoslanib quyidagi xulosaga kelingan: och tusli, tipik va o‘tloqi tuproqlar sharoitida rux sezilarli darajada qo‘shimcha hosilni ta’minlaydi, g‘o‘zaning viltga chidamliligini oshiradi. Keyingi yillarda g‘o‘zada ruxli mikroo‘g‘itlar samaradorligini o‘rganish sezilarli kengaydi. Agar e’tibor qaratadigan bo’lak faqatgina rux hisobigagina olingan qo‘shimcha hosil o‘rtacha 3,6 s/ga ni tashkil etgan. Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqalri sharoitida g‘o‘za ruxni qo‘llash dozasi, muddati va usullarini o‘rganish bo‘yicha dala tajribalari natijalarining ko‘rsatishicha, ruxni turli usullarda qo‘llash o‘sish va shona tukguncha, ko‘sak kabi hosil elementlari shakllanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatdi. O‘simlik bosh poyasining o‘sishi, meva organlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar chigitni 0,04 % li rux sulfat eritmasida ivitish bilan birgalikda 2-4 chinbarglik va shonalash fazasining boshida 2 kg/ga rux qo‘llanilganda olindi. Ushbu variantda nazoratga nisbatan o‘rtacha 0,9-2,0 dona ko‘sak ko‘p to‘plandi. Gullashgacha rux qo‘llashni kechiktirish shonalashgacha qo‘llanilgandagiga nisbatan kam samarali bo‘ldi. Chigitni ivitish yoki ivitish va keyin 2 marta rux sulfat eitmasi bilan o‘simliklarni purkash tuproqqa ruxli o‘g‘itlarni qo‘llashdan ustun emas, ular hosil ma’lumotlari bilan yaxshi korrelyasiyalanadi. (3.7-jadval). (3.7-jadval). Download 356.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling