Ruxni qo‘llash muddati va usulining hosil strukturasiga ta’siri
(o‘rtacha 3 yilda)
№
|
Sovuq tushguncha olingan hosil,
s/ga
|
Jumladan, birinchi terim, s/ga
|
Sovuqdan keyin terilgan
hosil, s/ga
|
Umumiy hosil, s/ga
|
Umumiy hosilga nisbatan sovuq
tushguncha olingan hosil, %
|
1
|
22,5
|
10,8
|
13,6
|
36,1
|
62,3
|
2
|
25,0
|
12,7
|
13,2
|
38,2
|
65,4
|
3
|
26,1
|
14,3
|
13,0
|
39,1
|
66,8
|
4
|
27,6
|
16,0
|
11,1
|
38,7
|
71,3
|
5
|
27,9
|
14,6
|
12,4
|
40,3
|
69,2
|
Tipik bo‘z tuproqlarda o‘tkazilgan dala tajribalarida ruxni shonalash fazasida qo‘llash va 1-yilda qo‘llanilgan ruxni keyingi yilgi ta’sirining samaradorligi o‘rganildi. Birinchi yil 2 kg/ga rux shonalash fazasida qo‘llanilganda o‘sish va rivojlanish yaxshilandi, paxta hosili 2,5 s/ga ortdi (3.10-jadval), keyingi yil qo‘shimcha hosil yanada yuqori bo‘ldi.
Nazoratda 29,2 s/ga hosil olingan bo‘lsa, rux qo‘llanilgan variantda 34,1 s/ga ni tashkil etdi yoki 4,9 s/ga ko‘p hosil olindi. O‘rtacha 2 yilda rux qo‘llash hisobiga nazoratga nisbatan qo‘shimcha hosil 3,8 s/ga ni tashkil etdi yoki 15 % yuqori bo‘ldi.
2-yilgi tajribaning 2 variantida, ya’ni 1970 yil qo‘llanilgan ruxning keyingi yilgi ta’sirida 31,9 s/ga hosil olindi yoki hosil nazoratdagidan 2,7 s/ga yuqori bo‘ldi. Shunday qilib, ruxli mikroo‘g‘itlar nafaqat qo‘llanilgan yili, balki uning keyingi yilgi ta’sirini ham samarali deyish mumkin.
G‘o‘za ruxning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha adabiyotlarda, ruxni tola va chigitning texnologik sifatlariga ham ta’siri yoritilgan. Rux qo‘llash natijasida tola va chigit sifati yaxshilanishi ham aniqlangan [24, 25, 27-29].
(3.12-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |