G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi Reja: Gipsbeton


Download 40.84 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi40.84 Kb.
#1633034
1   2   3   4
Bog'liq
G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi

Gipsli bog'lovchilar
Gips bogiovchisi asosida tayyorlanadigan buyumlar gigiyena talablariga to'la javob berishi, zaxiralari ko'p bo'lganligi tufayli qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Gips toshi zaxiralari O'zbekistonda ko'p bo'lib, tarkibiy qismi jihatidan farq qiladi. Gips boglovchisi asosida kompozitsion qurilish materiallari, xususan gipskarton plitalarni ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bunday bog'lovchilarni ko'plab ishlab chiqarishni taqozo etadi.
Gips bog'lovchilari ishlab chiqarish usuliga ko'ra past va yuqori haroratda pishirilgan turlariga bo'linadi.
Past haroratda pishirilgan gips CaSO4∙2H2O ni 110–180°C qisman suvini yo'qotish hisobiga olinadi:
CaSO4∙2H2O=CaSO4∙0,5H2O+l,5H2O
Yuqori haroratda kuydirilgan gips (angidrit) bog'iovchisi gips toshini 600–1000 °C da kuydirib olinadi. Bu jarayon tufayli gips toshi tarkibidan suv butunlay chiqib ketadi va CaSO4 hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan gips bog'iovchisi – modifikatsiyadagi gips bo'lib, kukun maydalanganda tez qotuvchan bog'lovchiga aylanadi.
Gips bog'iovchisi avtoklavlarda 0,15–0.6 MPa bosim ostida, 95-100 °C pishirilganda - modifikatsiyadagi CaSO4-0,5H2O hosil bo’ladi va – modifikatsiyadagi gips kukun holatigacha maydalan­ganda yuqori mustahkamlikdagi gips hosil bo'ladi. α va β-modifikatsiyalardagi gips bog'lovchilari kristallari o'lchamlari va xarakteri bilan farqlanadi. a-modifikatsiyadagi gips kristallari yirik, ignasimon va uzunchoq prizmatik bo'ladi, β -modifikatsiyadagi gips kristallari mayda va noaniq shakllarda bo'ladi.
Gips ishlab chiqarish. Gips bog'lovchisi ishlab chiqarish gips toshidan kimyoviy bog'langan 75% suvni bug'latib yuborish bilan izohlanadi. Hosil bo'lgan gipsni kukunlab o'ta tez qotuvchan gips boglovchisi tayyorlanadi. Ushbu jihatlarni hisobga olib gips boglovchisi tayyorlashni shartli 3 usulga bo'lish mumkin: gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi; Gips toshi maydalanadi, pishiriladi va tuyiladi; gips toshi maydalanadi, yuqori bosim ostida bug'lanadi, so'ng quritib tuyiladi.
Gips toshi gips pishirish qozoni, aylanma xumdon, quritish barabani, shaxtali tegirmon va boshqa apparatlarda issiqlik bilan qayta ishlanib bog'lovchiga aylantiriladi. Gips pishirish uskunalari davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo'linadi. Davriy uslubda ishlaydigan gips pishirish qozoni hajmi 3–15 m3. Qozon pastki qismida yoqilgan o'tdan qizigan havo qozonning pastki, o'rta va yuqori qismlarida quvurlar ichidan o'tib gips xom ashyosini qizdiradi. Maydalab, quritilib tegirmonda tuyilgan gips toshi qozonning yuklash moslamasi (lyuki) orqali solinadi va 1–3 soat davomida kurakli tik val yordamida to'xtovsiz aralashtirib turiladi. Pishirilgan gips bog'lovchisi qozonning pastki qismidagi maxsus teshik orqali yetiltirish bunkeriga uzatiladi va 20–40 daqiqa saqlanadi. Bu yerda mahsulotning issiqligi tufayli qisman chala pishgan gips toshi zarrachalari suvsizlanadi (2-rasm).
Gips toshi aylanma xumdonlarda pishirilganda qizigan yoqilg'i gazhtr qarshi harakatlanayotgan xom ashyoni bevo'sita qisman suvsizlantiradi va yarim molekula suvli gips hosil bo'ladi. Sharli tegirmonda tuyiladi. Gips toshi bir- yo'la pishirilishi va tuyilishi mumkin. Buning uchun sharli tegirmonlardan foydalaniladi. Bu usul uzluksiz bo'lib, tegirmonda kukunlangan gips toshi zarracha­lari qizdirilgan tutun gazlari oqimi vositasida suvsizlantiriladi va maxsus siklon moslamalarida gips zarrachalari cho'ktiriladi.

Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling