G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekistonning o‘z yangila nish va taraqqiyot yo‘li to‘rt prinsipga


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

 O‘zbekistonning o‘z yangila nish va taraqqiyot yo‘li to‘rt prinsipga 
asoslanadi:
– umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
– xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
– inson o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
– vatanparvarlik.
Yalpi murosa qaror topmaguniga qadar kishilar va jamiyat munosa-
batlarini tartibga solib turuvchi kuch kerak bo‘ladi. Bugungi kunda ana 
shunday kuch aholi turli-tuman tabaqalari va guruhlarining bir-biriga mos 


111
kelmaydigan manfaatlarini kelishtirishga da’vat etilgan qonuniy hokimiyat 
hisoblanadi.
1. “Hokimiyat” so‘zini eshitganda Sizda qanday tasavvur paydo bo‘ladi: hokimi-
yat vakillarining tajovuzkorona xatti-harakatlarimi yoki fuqarolar manfaatlarini muho-
faza etishga qaratilgan xatti-harakatlarimi?
2. Hokimiyat tushunchasini tavsifl ovchi alomatlarni sanashga urinib ko‘ring. 
Jumlani davom ettiring: Hokimiyat – bu... Basharti, men cheklanmagan hokimi yatni 
qo‘lga kiritganimda...
3. Hukumatning qandaydir qarorini bajarish yuzasidan ota-onangiz yoki yaqin 
qarindoshingiz faoliyatini eslang.
4. Ana shu qarorlar oilangiz va shaxsan Sizning keyingi taqdiringizga qanday 
ta’sir o‘tkazdi?
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI 
DAVLAT HOKIMIYATI TIZIMI
Demokratik jamiyatda qonun zaminida ish ko‘ruvchi hoki 
miyatning 
obro‘yi baland bo‘ladi va kishilar bunday hokimiyatga jazo tahlikasi-
dan emas, balki uning xatti-harakatlarini ma’qullaganliklari tufayli bo‘y-
sunadilar.
Hokimiyat
– kishilarning xulq-atvoriga, ularning xatti-hara katlariga va 
odatlariga ta’sir o‘tkazish imkoniyatidir. Hokimiyat konstruktiv (yaratuv-
chi) tabiatga ega bo‘lishi, shu kabi talafotga olib keluvchi oqibatlarga ega 
bo‘lishi ham, mamlakat aholisi ko‘pchiligining manfaatlari yo‘lida ham, 
xuddi shu singari, bajarilmas va’dalarni ro‘kach qilgan holda ularning man-
faatlariga zid o‘laroq amalga oshirilishi ham mumkin.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling