110
– qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining bo‘linish
prinsiplari haqida bilib olasiz.
1. Hokimiyatsiz jamiyat bo‘lishi mumkinmi?
2. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyati tizimi.
3. Hokimiyatning bo‘linish prinsiplari.
1. HOKIMIYATSIZ JAMIYAT BO‘LISHI MUMKINMI?
Hokimiyat bo‘lmagan jamiyatni tasavvur qilish qiyin, albatta. Jamiyat
taraqqiy
oti tarixidan olingan misollarda (Qadimgi Rim,
Buyuk Karl
imperiyas i va hokazolar) hokimiyat bo‘lmaganda jamiyat ichki ziddiyatlar
va hokimiyat uchun kurash yuki ostida nest-nobud bo‘lishini ko‘rishimiz
mumkin.
Ko‘p asrlar davomida insoniyat ideal davlat barpo etish uchun “baxt-
saodat formulasi”ni behudaga izladi.
Sharq o‘rta asrlar mutafakkirlaridan
Abu Nasr al-Forobiy davlat,
davlatni boshqarish shakllari, davlatning vazifalari va boshqa shu singari
tushunchalarga ta’rif bergan.
Abu Ali ibn Sino esa ijtimoiy adolat va tar-
tibotni ta’minlagan odil hukmdor hukmronlik qilgan davlatni mukammal
davlat deb hisoblagan.
Shuning barobarida, u davlatning har bir fuqarosi
foydali mehnat bilan shug‘ullanishi lozim, deya ta’kidlaydi.
Mustaqillik e’lon qilinishi bilan O‘zbekistonda o‘z yangilanish va jami-
yat taraqqiyot yo‘lini tanlab olish imkoniyati vujudga keldi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
nazariy asoslari
mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov asarlarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: