107
Uch guruhga bo‘linib, davlat tuzilishi har xil shakllarining afzalliklari va kam-
chiliklarini aniqlashga urinib ko‘ring.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Konstitutsiyaga muvofi q (68-modda) O‘zbekiston Respublikasi Qora-
qalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar va ovullardan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
12
ta viloyat, 168 ta tuman, 119 ta shahar, 1065 ta shaharcha bor.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining o‘ziga xos-
ligi
uning tar kibida tumanlar, shaharlar, shaharchalar va ovullardan tashkil
topgan suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ekanligidir.
Davlatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi
mamlakatni yaxshiroq
bosh qarishga, yuzaga keluvchi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni sama-
rali hal etishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1–6-moddalari bilan ta nishib chiqib,
O‘zbekiston Respublikasi davlat su verenitetiga ishora qiluvchi alomatlarning mavjud
ekanligini aniqlang.
3. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT TUZILISHI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham o‘z taraqqiyot
va davlatchilik shakl-
lanishi tarixiga egadir.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston ASSR O‘zbekiston SSR tar-
kibidagi davlat suvereniteti to‘g‘risida Deklaratsiyani qabul qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: