G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi us-
tunligini e’tirof etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 
qabul qilindi. Ko‘p o‘tmay davlat ramzlari – gerb, bayroq, madhiyasi qabul 
qilindi. 
Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston fuqarolari ayni mahalda O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi hisoblanadi hamda uning muhofazasidadir.
1-topshiriq
2-topshiriq


108
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masala-
larini mustaqil hal etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining O‘zbekis-
ton Respublikasining Asosiy qonuniga zid bo‘lmagan Konstitutsiyaga ega-
dir. O‘zbekiston qonun 
lari Qoraqalpog‘iston hududida ham qo‘llanilishi 
maj buriydir.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Res 
publikasining 
o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida 
tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respub likasi o‘rtasidagi 
nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 75-modda.
O‘zbekiston Respublikasiga unitar davlat tuzilishi alomatlari bilan bir 
qatorda federativ tuzilishning ayrim elementlari ham xosdir:
– O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qora 
qal 
pog‘iston Res-
pub likasining mavjudligi;
– ikkita – O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
konstitutsiyala rining mavjudligi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining alohidalashtirilgan davlat organ-
lari: parlament (Jo‘qorg‘i Kenges), sud organlari, ijro etuvchi hokimiyat 
organlari va hokazolarning mavjudligi;
Asosiy qonun belgilaydi


109

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat ramzlari: gerb, bayroq, 
madhiyaning mavjudligi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududiy-ma’muriy tuzilishi 
masalalarini mustaqil hal etish huquqiga egaligi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Res publikasi tarkibi-
dan ajralib chi qish huquqiga egaligi.
Yaxshi bilasizki, har qaysi davlatning hududi o‘z chegaralariga va har 
bir davlat olib kelinayotgan, olib ketilayotgan tovarlar, valuta va hokazolar 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi o‘z bojxona punktlariga egadir.
Ana shu bojxona punktlariga nisbatan o‘z munosabatingizni aniqlang (“ma’qul-
layman” yoki “qarshiman”).
unitar;
federatsiya; 
konfederatsiya.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling