G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
– mavzu: Demokratik bozor isloxotlari va iqtisodiyotni rivojlantirish
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
5 – mavzu: Demokratik bozor isloxotlari va iqtisodiyotni rivojlantirish
5.1.Iqtisodiyot va demokratik jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi. Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar. Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi. Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat, mafkuraviy maqsadlarga bo‘ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni qancha miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun ishlab chiqarishni rejalashtirib, belgilab berar edi. Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar. Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli, mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchrab, tarqab ketdi. Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo‘lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi demokratik ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bo‘lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»67 deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz. Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»68, - deb ta’kidlagan. Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p ukladli iqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va xo‘jalik ukladlarining teng huquqligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi. Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 9.1-chizma). Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling