G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
2.5-rasm. Silindr yoyilmasi 


21 
Gauss 
proyeksiyasi 
deb 
yuritiladi. 
Nemis 
geodezisti 
Kryuger 
Gauss 
proyeksiyasining to’g’ri burchakli koordinata tizimida qo’llanilishini ishlab 
chiqqan. Shuning uchun zonal tizimli to’g’ri burchakli koordinata Gauss-Kryuger 
to’g’ri burchakli koordinata tizimi deb yuritiladi.
Gauss proyeksiyasida to’g’ri chiziq tarzida tasvirlangan har bir zonaning o’q 
meridiani shu zona to’g’ri burchakli koordinata tizimining absissa o’qi (X), ekvator 
bo’lagi-ordinata o’qi (Y) qilib, har ikkala o’qning kesishish nuqtasi esa 
koordinataning boshi (boshlanishi) deb qabul qilinadi.
Demak, zonal tizimli to’g’ri burchakli koordinata absissa ekvatordan 
qutblarga tomon hisoblanib, shimoliy yarim sharda joylashgan nuqtalar 
absissalarning ishoralari musbat, janubiy yarim sharda joylashgan nuqtalarniki esa 
manfiy qiymatli bo’ladi. Ordinata har bir zona o’q meridianidan g’arbga va sharqqa 
tomon hisoblanib, o’q meridianidan sharqda joylashgan nuqtalar ordinatalarining 
ishorasi-musbat, g’arbda joylashgan nuqtalarniki esa manfiy qiymatga ega bo’ladi. 
MDH territoriyasi shimoliy yarim sharda joylashganligi uchun bu 
territoriyadagi barcha nuqtalarning absissalari musbat qiymatlidir. Lekin 
ordinatalari manfiy yoki musbat bo’lishi mumkin.
Nuqtalar ordinatalarining turli ishorali bo’lishi hisob ishlarini bir oz 
qiyinlashtiradi; ba’zan kishini yanglishtirishi ham mumkin. Bu kamchilikni 
yo’qotish uchun har bir zonaning o’q meridiani shartli ravishda 500 km g’arbga 
suriladi. Shunda har bir zonada joylashgan barcha nuqtalarning ordinatalariga 500 
km qo’shilib, ordinatalar musbat ishoraga ega bo’ladi.
Ma’lumki, zonal tizimli koordinatada 60 ta zonadan har birining o’z 
koordinata boshi bor. Nuqtaning qaysi zonadaligini belgilash uchun har bir nuqta 
ordinatasining qiymati oldiga shu nuqta joylashgan zonaning nomeri qo’yiladi.
Yer sferik shaklda bo’lganligidan har bir zonaning tekislikka 
proyeksiyalangandagi maydoni uning haqiqiy maydonidan bir oz bo’lsa-da, kattaroq 
qilib tasvirlanadi. Shuning uchun yirik masshtabli tasvirga olishda Yerning 
sferikligidan kelib chiqadigan xatoga tuzatish kiritishga to’g’ri keladi. Bu xatoning 
ta’sirini kamaytirish maqsadida yirik masshtabli topografik tasvirga olishda hamda 


22 
ikkita zona chegarasida tasvirga olishda 3
o
zonalar qo’llaniladi. Bu zonalarning o’q 
meridiani 6
o
zonalarning o’rta yoki chetki meridianlariga to’g’ri keladi. 3
o
li zona 
o’q meridianining geografik uzunligi quyidagi formula bilan topiladi: 
L = 3° ∙ n (2.3) 
Masalan, 15 nomerli 3
o
li zona o’q meridianning geografik uzunligi 45
o
; 16 
nomerli zonaniki esa 48
o
va h.k. 
MDH territoriyasida 6
o
li zonaning ellipsoid yuzasidan tekislikka o’tishdagi 
xatosi 1:1100; 3
o
li zonada esa bu xato to’rt baravar kichikdir.
Sanoat obyektlari va shunga o’xshash muhandislik inshootlari qurilishidagi 
geodezik ishlarda ellipsoid yuzasidan tekislikka 
o’tishda ro’y beradigan burchak va chiziq uzunligi 
xatolarini kamaytirish uchun 6

yoki 3

li zonalarning 
o’q meridiani emas, balki inshoot qurilayotgan 
territoriyaning 
o’rtasidan 
o’tgan 
meridian 
boshlang’ich meridian qilib qabul qilinadi.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling