24
Qutbiy koordinata. Agar to’g’ri
burchakli
koordinata tizimida o’zaro perpendikulyar (
X)va (Y)
o’qlar o’rniga faqat (
X) o’q va koordinata boshlanish
nuqtasi(o) olinsa, qutbiy koordinata tizimi hosil
bo’ladi. Qutbiy koordinata
tizimida vertikal chiziq
(OX) qutbiy o’q, koordinataning boshlanish nuqtasi
(0) esa qutbiy nuqta deb qabul qilinadi. Biror
nuqta
(2.7-rasmda C nuqta)ning qutbiy nuqtaga nisbatan o’rnini aniqlash uchun bu nuqtani
qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi (OC) va qutbiy o’q (OX) bilan
(OC) orasidagi burchak (α) o’lchanadi (OC) chiziq radius-vektor, (α )
burchak esa
oriyentirlash burchagi deb yuritiladi.
Qo’sh qutbli koordinata. Qo’sh qutbli
koordinata biror nuqta (C) ning ikki nuqta (2.8-rasmda A
va B nuqtalar)ga nisbatan o’rni qutbiy nuqtalar (A va
B)dan o’rni aniqlanayotgan nuqtagacha bo’lgan
chiziqlar (AC va BC) uzunligi (d
1
va d
2
) yoki (AB) chiziq
bilan (AC) va (BC) chiziqlar orasidagi burchaklar (β
1
va
β
2
) qiymatlari yordamida aniqlanadi.
Bundan tashqari
(C) nuqtaning o’rnini (AC) va (BC) chiziqlar
yo’nalishining oriyentirlash burchaklari (α
1
va α
2
) bilan aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: