27
Huddi
shuningdek haqiqiy azimut, magnit azimuti va rumb ham to’g’ri va
teskari bo’ladi. Masalan:(MN) chiziqning to’g’ri rumbi (r) dan, teskari rumb esa
(r’)dan iborat. Tog’ri va teskari rumblar qiymati bir-biriga teng bo’lib, ularning faqat
nomlari o’zgaradi. Masalan, to’g’ri rumb (ShShq) bo’lganda teskari rumb (ShG’)
bo’ladi va aksincha, to’g’ri rumb (JG’) bo’lganda teskari rumb (ShShq) bo’ladi.
3.2. Meridianlar yaqinlashish burchagi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak hamda rumb o’rtasidagi
munosabat
Meridianlar yaqinlashish burchagi. Ma’lumki to’g’ri burchakli koordina-
talar zonal tizimida absissa o’qlari har bir zonaning o’q
meridianiga parallel qilib
o’tkazilgan chiziqlardan iborat. Geografik meridianlar ikkita nuqtada, ya’ni
geografik qutblarda birlashadi. Shuning uchun geografik meridian yo’nalishi bilan
absissa o’qining yo’nalshi har bir zonaning o’q meridianidagina bir-biriga to’g’ri
keladi. Boshqa meridianlar yo’nalishi absissa (o’q meridianga parallel chiziqlar)
yo’nalishiga to’g’ri
kelmasdan, meridian bilan absissa o’qi orasida qandaydir
burchak hosil bo’ladi (3.4-rasm). Bu burchak meridianlar
yaqinlashish burchagi
deyiladi. Meridianlar yaqinlashish burchagining taqribiy qiymati quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
γ
= ∆λ sin φ (3.2)
bu yerda: (∆λ) -o’q meridian bilan berilgan nuqta
meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi,
(φ)- berilgan nuqtaning geografik kengligi.
Meridianlar yaqinlashish
burchagining qiymati
nuqtaning geografik kengligiga va o’q meridiandan uzoq-
yaqinligiga
bog’liq:
nuqta
ekvatordan
qancha
shimoldaroq va janubdaroq bo’lib, o’q meridiandan
qancha
uzoqda joylashsa, meridianlar yaqinlashish
burchagi shuncha katta bo’ladi.
Har bir zonada
meridianlarlarni yaqinlashish burchagi (0 gradusdan) dan
(o’q meridianda) ±3
o
gacha (zonani chegaralovchi chetki meridianlarda) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: