28
Meridianlar yaqinlashish burchagining ishorasi absissa o’qining
geografik
meridianga nisbatan o’rniga bog’liq: absissa o’qi geografik
meridianning sharq
tomonidan o’tsa meridianlar yaqinlashish burchagi sharqiy
deyiladi va ishorasi
musbat bo’ladi, g’arb tomonidan o’tsa, g’arbiy deyilib, ishorasi manfiy bo’ladi.
Biror territoriyadagi meridianlar yaqinlashish burchagining o’rtacha qiymati
shu territoriya topografik kartasining janubiy ramkasi ostida beriladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak o’rtasidagi munosabat. Yo’nalishning
haqiqiy azimuti va shu joydagi meridianlar yaqinlashish burchagi ma’lum bo’lganda
uning direksion burchagini, direksion burchagi va meridianlar yaqinlashish burchagi
ma’lum bo’lganda
esa haqiqiy azimutni
aniqlash qiyin bo’lmaydi. Masalan, 3.5-
rasmda OC chizig’ining haqiqiy azimuti (A)
va direksion burchagi (α)
ning bir-biriga
munosabati berilgan, demak,
3.5a-rasm. OC chizig’ining haqiqiy azimuti(A) va direksion
(α)
burchagining bir-biriga munosabati
3.6-rasm.Direksion burchak va
rumb o’rtasidagi munosabat
29
3.5 a-rasmda
α = A − γ
shq
A = α + γ
shq
} (3.3)
3.5 b-rasmda
α = A + γ
g’
A = α − γ
g’
} (3.4)
shu munosabat quyidagi ko`rinishga teng bo’ladi.
Direksion burchak va rumb o’rtasidagi munosabat. Yo’nalishning
direksion burchagi ma’lum bo’lganda rumbini, rumbi ma’lum bo’lganda esa
direksion burchagini topish mumkin. Masalan, 3.6-rasmda direksion burchak bilan
rumbning
bir-biriga munosabati berilgan; yo’nalishlarning
direksion burchaklari
ma’lum bo’lganda bu shakldan foydalanib rumbni quyidagi formulalar yordamida
aniqlash mumkin.
I − chorakda ShShq r = α
II − chorakda JShq r = 180° − α
III − chorakda JG’ r = α − 180°
IV − chorakda ShG’ r = 360° − α
} (3.5)
Yo’nalishlarning rumbi ma’lum bo’lsa, direksion
burchakni quyidagi
formulalardan aniqlash mumkin:
I − chorakda α = r
II − chorakda α = 180° − r
III − chorakda α = 180° + r
IV − chorakda α = 360° − r
} (3.6)
Yo’nalishning azimuti ma’lum bo’lganda
- uning rumbini, rumbi ma’lum
bo’lganda esa azimutini shu formulalar yordamida aniqlash mumkin.
Bunda
formulalardagi direksion burchak (α) o’rniga azimut (A) qo’yiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: