26
Rumb - boshlang’ich yo’nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan chiziq
yo’nalishi
orasidagi burchakdir; u 0 dan 90
o
gacha
o’lchanadi.
Rumb magnit meridianidan boshlabhisoblansa-
magnit
rumbi, geografik meridiandan boshlab hisoblansa –
haqiqiy rumb,absissa o’qidan boshlab hisoblansa-
direksion rumb deyiladi.
Direksion rumb jadval
burchaklari deb ham
yuritiladi. Rumb 0 dan
90
o
gacha
shimol va
janub tomondan sharq va g’arbga tomon
hisoblanishi sababli uning to’g’ri
burchakli
koordinataning
qaysi
choragida
ekanligini
ifodalash uchun rumb qiymati oldiga chiziq
joylashgan koordinata
choragining nomi yoziladi
(3.2-rasm). Yo’nalish birinchi chorakda bo’lsa
rumb shimoli-sharqiy (ShShq), ikkinchi chorakda bo’lsa - janubi-sharqiy (JShq),
uchinchi chorakda bo’lsa, janubi-g’arbiy (JG’), to’rtinchi chorakda bo’lsa- shimoli-
g’arbiy (ShG’) deb ataladi.
Yer yuzidagi har bir chiziqning tog’ri va teskari oriyentirlash burchagi
bo’ladi. Masalan, 3.3- rasmda (MN) chiziqning (M)
nuqtadan boshlangan
yo’nalshining direksion burchagi (α
MN
)- to’g’ri direksion burchak. N nuqtadan
boshlangan yo’nalishining direksion burchagi (α
NM
) esa
teskari direksion burchak
hisoblanadi. Shakldan ko’rinishicha, chiziq yo’nalishining to’g’ri va teskari
direksion burchagi bir-biridan 180
o
farq qiladi, ya’ni
α
′
= α ± 180° (3.1)
Agar to’g’ri direksion burchak α<180
o
bo’lsa,
teskari direksion burchakni
hisoblashda 180
o
qo’shiladi, to’g’ri direksion burchak α>180
o
bo’lganda esa 180
o
ayriladi.
180>
Do'stlaringiz bilan baham: