G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov


Download 1.29 Mb.
bet40/77
Sana26.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1233011
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov

Javob: 50 g.

  1. 70 kg tana og‘irligiga ega odamning asosiy moddalar alma- sliimivi uchun sarf bo‘ladigan energiya miqdorini toping.

Yechilishi:
Mir soatda 1 kg tana massasi uchun 1 kkal energiya sarf bo‘ladi, btmda bir sutkada sarf boigan energiya 70 kg • 24 s • 1 kkal = 1680 kkal.
Javob: 1680 kkal

  1. Bunyodjonning bir sutkadagi oziq ratsionidagi moddalar par- ilialanishidan hosil bo‘lgan eregiyadan 1200 kkal. si uning asosiy moddalar almashinuviga sarlanganligi ma’lum bo‘lsa:

  1. uning tana massasi necha kg ekanligi;

  2. uning ovqat hazm qilishga qancha energiya sarflaganini aniq-

lim^.
Ycchilishi:

  1. Bir soatda 1 kg tana massasi uchun 1 kkal energiya sarf bo‘lishini hisobga olgan holda quyidagi amallami bajaramiz:

1200 kkal: 24 s = 50 kg.

  1. asosiy moddalar almashinuviga sarflangan energiyaning 10 % i ovqat hazm qilishga sarflanadi. Shunga asosan proporsiya tuzamiz.

1200 kkal -100 % x =kkal - 10 % x = 120 - kkal
Javob: a - tana massasi 50 kg; b - 120 kkal energiya sarflangan.

  1. Agar odam bir kunlik ovqati tarkibida 120 g oqsil, 110 g yog1 va 400 g uglevod iste’mol qilgan bo‘lsa, bu oziq moddalardan jami qancha (kJ) energiya hosil bo‘Ladi (a), o‘rtacha qancha (kJ) energiya tana haroratining doimiyligini saqlash uchun (b), oqsil va uglevodlar hisobiga qancha energiya hosil boMishini (c) aniqlang?

Yechilishi: Ushbu masalani yechish jarayonida darslikdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar mavzusidan o‘rgangan bilimlarimiz asos bo‘ladi.

  1. Dastlab masala shartida berilgan har bir organik moddalar parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya miqdorini (kJ) aniqlab olamiz. (Eslatma: oqsil va uglevodlaming lg parchalanganida 17,6 kJ va yog‘ning lg dan esa 38,9 kJ energiya hosil qiladi)

120 g oqsil* 17,6 kJ = 2112 kJ
110gyog‘ *38.9 kJ = 4279 kJ
400 g uglevod • 17,6 = 7040 kJ

  1. Har bir organik moddadan hosil bo‘lgan energiya miqdorini aniqlab olganimizdan so‘ng, ulaming hosil qilgan energiyaning yig‘indisini topamiz.

2112 kJ+4279 kJ+7040 kJ = 13431 kJ ekanligi ma’lum bo‘ldi.

  1. Umumiy energiyaning yig‘indisini anqlab olgandan keyin esa qancha (kJ) energiya tana haroratining doimiyligini saqlash uchun sarflanishini hisoblab topamiz. Bu uchun esa moddalar almashinuvidan hosil bo‘lgan energiyaning 1/3 qismi tana haroratining doimiyligini saqlash uchun sarflanishini eslashimiz lozim.

13431 kJ : 3 = 4477 kJ bu miqdor umumiy energiyaning uchdan bir qismini tashkil etadi.

  1. Endi oqsil va ulevodning qancha energiya hosil qilganligini aniqlash uchun umu-miy energiyadan yog‘lar hosil qilgan energiya miqdorini ayirish orqali topamiz.

13431 kJ dan - 4279 kJ = 9152 kJ ni taskil etishi ma’lum bo'ladi.
Javob: a) oziq moddalardan jami 13431 kJ energiya hosil bo‘lgan. b) tana haroratining doimiyligini saqlash uchun 4477 kJ energiya zarur. c)oqsil va uglevodlar hisobiga 9152 kJ energiya hosil bo‘lar ekan.
Mustaqil yechish uchun masalalar

  1. Kuzatilayotgan odam bir sutkada 480 1 CO2, 14 g azot (siydik bilan) va 550 1 kislorod o‘zlashtirdi. Qancha oqsil, uglevod, yog* hamda qancha energiya sarf bo‘lganligini hisoblang.

  2. Tana massasi 68.6 kg odam 5 kg ga ozishi uchun bir kunda qancha soat yugurishi kerak? Shuni hisobga olish kerakki lsoat sekin yugurish jarayonida 1kg tana massasiga 6.7 kkal, lg yog‘ parchalanishi uchun 9.3 kkal energiya sarf bo‘ladi.

  3. Veloergometrda 20 minut davomida muskullar ish bajargan- da quyidagi ko‘rsatkich aniqlandi. Bir minutlik kislorod sarfi tezligi

  1. litrga tengligi, C02 ni ajralish tezligi minutiga 2,7 1. Muskulning ish bajarish davomida necha gr yog‘ va uglevod sarflangan?

  1. Sportchi standart bo‘yicha jismoniy mashq bajargan vaqtda energiya sarfi 350 kkal ni tashkil etgan. Bu energiya sarfini о‘mini qoplash uchun zarur bo‘lgan oziq ratsionini tuzing.

  2. 18-33 yoshli shahar hududida yashaydigan, ish turi jismoniy mehnat bilan bog‘liq bo‘lmagan ayol kishining sutkalik taxminiy oziq ratsionini tuzing.

  3. 18-39 yoshli qishloq hududida yashaydigan, ish turi qisman mexanizatsiyalashgan erkak kishi uchun sutkalik taxminiy oziq ratsionini tuzing.

  4. Sportchining ertalabki nonushtasi 100 g bug‘doy noni, 30 g sariyog1, 50 g.go‘sht, 200 g baliq, 200 g choy va 30 g shakardan tashkil topgan. Ertalabki nonushtaning kaloriyasini toping.

  5. Musobaqa davomida sportchining sutkalik energiya sarfi 5000 kkaloriyani tashkil etgan. Sportchining sutkalik taxminiy oziq ratsionini tuzing.

  6. 200 gr mol go‘shti va 200 gr kartoshkani to‘liq parchalash uchun qancha miqdor kislorod kerakligini va ulardan qancha energiya ajralashini hisoblang.

  7. Agar germetik yopilgan honadagi kuzatilayotgan odam 200 gr go‘sht va 200 gr kartoshka iste’mol qilsa bosim qanday o‘zgaradi?

  8. Nima uchun ovqatni (misol uchun sut yoki biror qaynat- mani) shprit yorlamida qonga yuborilsa odamning oiimiga sabab bo‘ladiyu, ovqat hazm qilish sistemasi orqali o‘tganda esa zarasiz bo‘lib, hujayralar tomonidan bemalol o‘zlashtiriladi? Ovqat hazm qilish kanalida qanday jarayon amalga oshadi?

  9. Bir kecha - kunduz davomida traktorchi 12000 kJ, suvoqchi 16000 kJ dan ko‘proq, o‘quvchi esa 10000 - 10500 kJ energiya sarf qiladi: tushuntiringchi

  1. bu qaysi jarayon hisobiga odam hujayralari energiyani oladi?

  2. muskullar faoliyati natijasida qaysi energiya qaysiga ayla­nadi?

  1. Glyukozaning to‘liq parchalanishiga oid tenglama asosida masalani ishlang (1 mol glyukoza 1520 kJ energiya beradi).

  1. glyukozaning molekulyar massasi qancha va 1 mol glyuko­zaning parchalanishi uchun qancha kislorod sarf bo‘ladi? Qo‘lning muskullari erkin harakatlami amalga oshirganda bir minut davomida 12 kJ energiya sarf qiladi. 10 minut va bir soat davomida qo‘l muskullari qancha glyukozani sarf qiladi va o‘quvchi bir dars-da (45 minut) qancha kislorod sarf qiladi agar u bir minutda 8 kJ energiya sarf qilsa?

  2. o‘rtacha tezlik bilan odam yugurganda bir minut davomida oyoq muskullari 24 kJ energiya sarf qiladi. Agar odam yarim soat davomida yugursa qancha kislorod va glyukoza sarf qiladi?

  1. Ushbu masalani ishlang.

  1. siydik analiz qilinganda uning tarkibida 20 g azot bo‘lsa odam qancha oqsil sarf qilgan bo‘ladi? (parchalanish natijasida 100 gr oqsil dan 16 gr azot mochevina sifatida ajraladi).

  2. fgar oqsillaming oksidlanishi va parehalanishi uchun 150 g kislorod sarf bo‘lgan bo‘lsa (lg oqsilning oksidlanishi uchun 0.95 1 kislorod sarf bo‘ladi) qancha oqsil oksidlanishga uchragan?

v) agar organizm 450 g kislorod sarf qilgan bo‘lsa qancha glyu- koza parchalanishga uchragan.

  1. Odam hujayrasida doimo energiya almashinuvi bo‘lib turadi; ikkala buyrak faoliyatini buzilishi natijasida butun organizm - ning kuchli zaharlanishi kuzatiladi va besh kundan so‘ng odam halok bo'ladi.

Tushuntiringchi:

  1. buyrak faoliyati buzilishi natijasida organizmga hech qanday zaharli modda tushmasa ham qaysi moddalar hisobiga organizm zararlanadi?

  2. buyrak qanday funksiyalami bajaradi.

  1. 110 kg tana og‘irligiga ega odamning asosiy moddalar al­mashinuvi uchun (a) ovqat hazm qilishga (b) sarf bo‘ladigan energiya miqdorini toping.

  2. Fayyozaning bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 3200 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kk si (maksimal foiz bilan hisoblanganda) kechki ovqatdan hosil bo‘lgan?

  3. Fayyozaning bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 4200 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kk si (maksimal foiz bilan hisoblanganda) tushki ovqatdan hosil bo‘lgan?

  4. Fayyozaning bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 3600 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kk si (maksimal foiz bilan hisoblanganda) ertalabki ovqatdan hosil bo‘lgan?

  5. Fayyozaning bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 6600 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kk si (maksimal foiz bilan hisoblanganda) qo‘shimcha ovqatdan hosil bo‘lgan?

  6. Oziq moddalami parchalanishdan hosil bo‘lgan energiya 9000 kk bo‘lsa uning necha qismi tana haroratini doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi?

  7. Sut tarkibida 2,8 gr oqsil,3,5 gr yog‘,4,5 gr uglevod bor.Shu moddalar parchalanganida necha kk energiya hosil boiishini hisoblab toping?

  8. Agar bir sutkada oziq moddalaming parchalanishi natijasida organizmda 9600 kkal energiya hosil bo‘lsa, uning qanchasi tana haroratining doimiyligini ta’minlashi uchun (1), qanchasi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun (2) sarflanadi?

  9. Bahora bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 4200 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kk si (maksimal foiz bilan hisoblanganda) tushki ovqatdan hosil bo‘lgan?

  10. Umida bir sutkadagi iste’mol qilgan ovqatidan 3000 kk energiya hosil bo‘lgan. Bu energiyaning necha kksi (maksimal foiz bilan hisoblanganda) qo‘shimcha ovqatdan hosil bolganligini hisoblab toping?

  11. Maktab o‘quvchisi bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog‘, va 5-6 g osh ste’mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan bo4 Isa, tushki ovqatidan ajraladigan energiya miqdorini kkal da hisoblab toping.

  12. Maktab o‘quvchisi bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 490 g uglevod, 140 g oqsil, 120 g yog‘, va 5-6 g osh ste’mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan bo‘lsa, kechki ovqatidan ajraladigan energiya miqdorini kkal da hisoblab toping.

  13. Maktab o‘quvchisi bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 460 g uglevod, 110 g oqsil, 100 g yog‘, va 6-7 g osh ste’mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan bo‘lsa, ertalabki ovqatidan ajraladigan energiya miqdorini kkal da hisoblab toping.

Termorugulyatsiya bo‘yicha masala va mashqlar yechish metodikasi

  1. 200 g ter ajralishi uchun qancha miqdorda energiya sarflanadi?

Yechilishi:

  1. ter ajralishi uchun 580 kkal energiya /issiqlik/ sarf bo‘ladi.

Yuqoridagiga asoslanib:
580 kkal/1 - 0,21= 116 kkal
Javob: 116 kkal

  1. Kuzatilyotgan odam tana harorati 2° ga kotarilishi uchun qancha miqdorda energiya sarflanadi? Agar u odamning tana og‘irligi 60 kg bo‘Isa?

Yechilishi:
Agar tana haroratini 2° ko‘tarilishi uchun, 1 kg uchun 0.83 kkal energiya zarur.

  1. 83.kkal/kg/°S • 2° • 60 kg = 99,6 kkal


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling