ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


Download 150.5 Kb.
bet3/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

16- yanvar, 2023-yil

Bolaning tushovini kesish marosimi



Bolaning tushovini kesish marosimi bizda kech yuradigan bolalar uchun qilinadi. Bola 2 yoki 3 yoshida ham yurmasa, aynan mana shu marosim o‘tkaziladi. Bu marosim bizda ham tushov kesish marosimi deb yuritiladi. Tushov uchun oq va qora ipni bir biriga chilvir qilib ulab bog‘lanadi. Tezroq yurib ketishi uchun duo qilinadi. Bolaning birinchi sochini uning bobosi oladi. Bitta kulcha ustiga chaqaloqni sochlari kesiladi. Keyin kesilgan sochlar mevali daraxt tagiga ko‘miladi. Kulchani esa sigirga berib yuboradi. Bu haqida ma‘lumotni Karimova Zebo onadan yozib oldim.

17- yanvar, 2023-yil

Sunnat to‘yi bilan bog‘liq urf-odat va dasturlar.
Ushbu urf-odat va dasturlarning o‘ziga xosligi va ularning o‘tkazilishida boshqa hududlardan farqli jihatlarini yoritish

Islom dinida har bir o‘g‘il farzand sunnat qilinadi. Buni xalq tilida “musulmonchilik” deb yuritiladi. Bola 4 yoshidan 7 yoshigacha sunnat qilinishi kerak. Sunnat qilib bo‘lgandan keyin barcha yaqinlar bir birlarini “Musulmonchilik muborak!” deb qutlashadi. Sunnat qilingandan hafta yoki 10 kunlar o‘tib katta qilib sunnat to‘yi qilinadi. Bunda sunnat qilingan bolaga sarpolar olib kelinadi. Kelgan mehmonlarga turli xil noz ne‘matlar tarqatiladi. Bu haqida ma‘lumotni Yangiboyeva Shoira opadan yozib oldim.

18- yanvar, 2023-yil

Bolalar folklori (erkalama va ovutmachoqlar, bolalarning o‘yin qo‘shiqlari va h.k.)ni o‘rganish va ularni tahlil qilish.

Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o‘yin qo‘shiqlari, erkalama va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga moslashgan bo‘ladi. Bolalar folklori kattalar tomonidan bolalar uchun yaratiladi. Unda onaning mehr-muhabbati aks etadi. Ona o‘z farzandini qiziqtirish uchun unga turli qo‘shiqlar, o‘yinlar o‘rgatadi. Masalan:
Vergul, vergul, nuqtacha,
Og‘zi, burni daryocha.
Shaydur- maydur bodringcha,
Mana senga odamcha.
Bu haqida ma‘lumotni Yangiboyeva Shoira opadan yozib oldim.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling