Talabalarni baholash mezonlari:
- mavzu rejasidagi masalalarni konspektlashtirish - 1 ball;
- topshiriqlarni bajarish va savol-javoblarda ishtirok etish - 1 ball;
- mustaqil ta’limni bajarish - 1 ball.
3-ilova
“Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi” mavzusiga doir
blits-soʻrov savollari
1. Yan Amos Komenskiyning tarbiya haqidagi fikrlarini izohlang.
2. Yan Amos Komenskiy sinf-dars tizimini qachon yaratdi?
3. Yan Amos Komenskiyning sinf-dars tizimi nimalardan iborat edi?
4. Yan Amos Komenskiy oʻqituvchilar haqida qanday fikr bildirgan?
5. “Buyuk didaktika” asari qanday asar?
6. Komenskiyning ishlab chiqqan didaktik tamoyillarni yoriting.
7. Komenskiy qalamiga mansub qanday asarlarni bilasiz?
8. “Pan sofiya” gʻoyasi haqida ma’lumot bering.
9. Komenskiy tomonidan yosh davrlarining qanday tizimlashtirilishi taklif etilgan edi?
10. “Didaktikaning oltin qoidasi” - Komenskiy talqinida.
4-ilova
Kichik guruhlarning nomlanishi
1-guruh – “Didaktika” guruhi.
2-guruh – “Pansofiya” guruhi.
3-guruh – “Komneliklar” guruhi.
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari
1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
2. Guruh ishlarida oʻzaro faol ishtirok eting.
3. Berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.
4. Agar yordam kerak boʻlsa, murojaat qiling.
5. Agar sizdan yordam soʻrashsa, yordam bering.
6. Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.
5-ilova
Mavzu yuzasidan “FSMU” metodini qoʻllash yuzasidan topshiriq.
6-ilova
Yan Amos Komenskiy hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganish
yuzasidan “Tushunchalar tahlili” metodini qoʻllash topshirigʻi
Do'stlaringiz bilan baham: |