Yuqoridagi chog’ishtirishlardan yana shu narsa ko’rinadiki, bi-,-rinchi holatda (onam, mehribonim...) ajratish ham intonatsiya, ham inversiya yordami bilan, ikkinchi misolda esa faqat into-natsiya vositasi bilan bo’lgan.
Yuqoridagi chog’ishtirishlardan yana shu narsa ko’rinadiki, bi-,-rinchi holatda (onam, mehribonim...) ajratish ham intonatsiya, ham inversiya yordami bilan, ikkinchi misolda esa faqat into-natsiya vositasi bilan bo’lgan.
Yuqoridagi misollarga qarab, ikkinchi darajali bo’lak ishti-rok qilgan har qanday konstruktsiyada ikki holat (ajratilgan-lik va ajratilmaganlik) bo’ladi, degan xulosa chiqarish kerak emas: shunday ajratish hollari ham borki, ularni ajratilmagan bo’lak holatiga o’tkazib bo’lmaydi. Masalan: Uni, onangni ham, .xatga solgan ekansan. Demak, aniqlovchi-izohlovchi gapning kishi-lik olmosh bilan ifodalangak bo’lagiga qarashli bo’lsa, u, odat-,da, ajratilgan bo’lak bo’lib keladi.
Aniqki, ajratish hodisasi tilning eng muhim, zarur vosita-.laridan biridir. Uzbek tilida ajratilgan bo’laklarning taraq-qiyoti rus tilining samarali, progressiv ta’siri bilan organik bog’liq. Milliy tillarning o’sishidagi eng boy manba — «ulug’ va qudratli rus tili» (V. I. Lenin) o’zbek tilinint taraqqiyotida muhim rolь o’ynab kelmoqda. Ajratilgan bo’laklar sohasidagi yangi yutuqlar shu progressiv ta’sirning sintaksisdagi ko’rinish-laridan biridir.
Ikkinchi darajali bo’laklarning hamma turi gapda aj-ratilishi mumkin: ajratilgan izohlovchilar, ajratilgan qara-tuvchilar, ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan hollar va ajra-tilgan to’ldiruvchilar.
Ajratilgan izohlovchi. Izohlovchilarda ajratilish ho-disasi aniqlovchining boshqa tiplariga qaraganda ko’p uchraydi. Buning ayrim sabablari bor: izohlovchi-izohlanmish munosabati-dagi so’zlarda (traktorchi Toshpo’lat) yosh yigit tipidagi sifat-lovchi-sifatlanmishga nisbatan ancha tartib erkinligi bor (yosh yigit tipidagi birikmada tartib erkinligi yo’q); izohlovchi aj-ratilganda moslashish hodisasini ham ko’rish mumkin: Toshpo’lat-ga, traktorchiga, ...(Bu hol yosh yigit birikmasida yo’q). Bu moslik elementlarning ayrimligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |