Bu misoldagi mehribonim bo’lagi onam bo’lagining aniqlovchi-sidir: mehribon onam. Bu aniqlovchini aniqlanmishdan keyin keltirib, uni ikki tomondan maxsus pauza bilan, maxsus intonatsiya orqali ajratib aytish natijasida shunday o’zgarishlar hosil bo’ldi:
Bu bo’lakning mazmun ahamiyati avvalgiga nisbatan kuchay-di: uning mazmuni ta’kid bilan berildi, unga diqqat kuchayii-rildi.
Buning natijasida u bo’lak avvalgi holatdagiga nisbatan (mehribon ona) kuchaygan ayrimlik va mustaqillikka (nisbiy mustaqillikka) ega bo’ldi: mehribon ona birikmasida birinchi so’z ikkinchi (bosh — hokim) so’zga tobe, qaram, u bilan zich bog’-langan: onam, mehribonim konstruktsiyasida esa keyingi so’zning o’zi ayrim tasdiqni bildirish darajasiga borib qolgan. CHog’ish-tiring: Mehribon onam keldi — Onam, mehribonim, keldi.— Onam keldi, u mehribon. Demak, bu aniqlovchi predikativlik elementi-ga — yarim predikativlikka ega.
Aniqlovchining ajratilishy fikrni emoshyunallik bilan, ifodali, ta’sirli qilib berishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi tipda ayrimlikka ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’laklar gapning ajratilgan bo’laklari sanaladi.
Yuqoridagi tipda ayrimlikka ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’laklar gapning ajratilgan bo’laklari sanaladi.
Anglashiladiki, biror bo’lakni ajratish hodisasi mazmun, grammatik (sintaktik) va intonatsion jihatdan o’zgarish hosil qilish bilan bog’langan. Demak, bunday vaqtlarda gapning struk-turasida ham o’zgarish bo’ladi.
Yana quyidagi misollarni chog’ishtiraylik: Erkin ukam inje-ner bo’ldi.— Erkin, ukam, injener bo’ldi. Birinchi gapda Erkin so’zi ukam so’ziga odatdagi aniqlovchi (keng ma’noda) bo’lib kelgan: q a y s i ukam?— Erkin ukam (So’zlovchining bir necha ukasi bor bo’lib, shulardan Erkin ismli ukasi...). Ikkinchi gapda ukam so’zi maxsus intonatsiya bilan ajratilgan, qo’shimcha ottenkaga ega bo’lgan: Erkin bulagining ma’nosini aniqlab, konkretlashtirib, ta’kidlab, izohlab kelgan. Yana chog’ishtiring: Ukam, Erkin, in-jener bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |