Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari reja


Download 68.5 Kb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1317420
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GAPNING IFODA MAQSADIGA KO\'RA TURLARI

Masalan: Necha yoshga kirgan edim-a? (O.G.)
Dadam qayda-a? (O.)
1. So’roq gaplarning ma’nolari.
So’roq gaplar turli – tuman ma’nolarni, xis – tuyg’ularni va so’zlovchinini voqeylikka bo’lgan munosabatini ifodalaydi.
1. Sof so’roq gaplar. Bu tip so’roq gaplar tinglovchini ma’lum javobini talab qiladi.
Masalan: Qayoqqa olib ketayotibsiz? (A.K.).
Yulib tashlash kerakmi, yaxshiroq parvarish qilish kerakmi? (A.K.)
Ba’zan bu tip so’roq gaplar takrorlanib kelishi ham mumkin.
Bu hol savolga tezda javob olina boshlaganda voqe bo’ladi.
Masalan: Darsga nega kechikib kelding? nega?
Sof so’rq gaplarda so’roq bilan bir qatorda, taajjub, gumon, shubha kabi qo’shimcha ottenklar ham ifodalanishi mumkin.
a) Taajjub ottenkasi: Nahotki, oily ta’lim egasi bo’luvchi kishi ham intizomsizlik qilsa?
b) Gumon-shubha ottenkasi: direktorga borib, yashirinib yotgan Qudrat haqida so'zlab bersammikan?
2. Ritorik so’roq gaplar.
Bu xil so’roq gaplarning mazmunidan tasdiq ma’nosi anglashilib turadi. Shu sababli ritorik so’roq gaplar adabiy tilda emosional ma’nolarni ifodalash uchun stilistik vosita bo’ladi.
Bo’yraday joyga sholg’om ekkan odamga ham suvmi? (O.).
Onalarni ham ezozlamaydi?
Ritorik so’roq gapning maxsus turini aytmaysizmi, bo’ladimi so’zlari bilan kelgan gaplar tashkil etadi.
Ertasiga ot og’rib qolsa bo’ladimi? (O).
Ritorik so’roq gaplarda turli emosional ottenka (kinoya, kesatish, achinish, tanbeh, norozilik) ifodalanadi.
Masalan: Xo’sh, endi xoling qalay?
Pichoqni shu Xasan akang uradimi? (X.X.)
3. So’roq – buyruq gaplar.
So’roq-buyruq gaplarda so’roq va buyruq ottenkalari mavjud.
Masalan: tez-tez yurmaysanmi? So’roq gapning manosiga alohida ahami yat berilib, so’roq inotasiyasi bilan talaffuz etish lozim topilsa, har bir so’roq gapdan so’ng so’roq belgisa ishlatiladi.
Diviziya komandiri qalay? Bu erda nimalar bo’layotganini biladimi? (Kaz).
Bular ichida sof so’roq gap ko’p qo’llanadi.



Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling