G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar
Download 0.55 Mb.
|
G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar-fayllar.org
Antonio MinturnoPoetik san'at, poeziyaning qahramonlik, tragik, komik, satirik va boshqa turlari qonun qoidalarini mujassam etgan Antonio Minturno. <...> Shunday fabulalarni yaroqsiz deymizki, ularda bemaqsad kiritilgan ortiqchaliklar haqiqatga monandlikka putur yetkazgan. Odatda qog'ozni turfa masallarga isrof qiluvchilarning asarlari shunaqa bo'ladi. Vespasiano Gonzago. Nahotki Siz sevgi-muhabbat va buyuk adiblar abadiylashtirishga intilgan paladinlarning shonli jasoratlari haqida aytayotgan bo'lsangiz?1 M. Nahot bu asarlarda asosiy voqyea va mavzu bilan bog'lanmagan, va hyech bir oqil sababsiz kiritilgan ko'plab epizodlar borligini ko'rmasangiz? Va umuman, bu romannavislarning qo'shiqlari oddiy safsata emasmi? V. Shunga qaramay, o'sha sevgi-muhabbat yo Rinaldo va Orlandoning2 jasoratlari haqidagi qo'shiqlar Petrarkaning nafis kansona3 ham sonetlarining har qaysisiga qaraganda kattaroq ishtiyoq bilan yoziladi va o'qiladi? M. Ha, shunday. Lekin kim tomonidan o'qiladiyu qanday idrok etiladi? Albatta, qora xalq, na poeziyaning neligini, na shoirning mukammalligi nimadaligini bilmaydigan avom tomonidan-da? Menga qolsa, kim yozganidan qat'i nazar, muhokamasi g'o'r avom suyib ardoqlaydigan barcha romanlardan ko'ra Petrarkaning bitta soneti didimga ko'proq xo'bdir. V. Biroq muhokamaga chuqurlashmasdan turib, biz roman o'zi nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak. M. Romanning epik poeziyaga xos ulug'vor va favqulodda voqyealarga taqlid ekanligini inkor qilib bo'lmaydi. Bu, shubhasiz, xorijiy so'zdir va ispan hamda provansal tillaridagi kabi, o'ylashimcha, �xalq tili�4 degan ma'noni beradi. Zotan, rimliklar Ispaniyada ham, Provansda ham o'z tillarini shunchalar yoydilarki, bu yerlarda boshqa tillarda so'zlamaydigan bo'ldilar; mazkur ikki muzofotni varvar qabilalari zabt etib shu joylarga o'rinlashganlaridan so'ng ham rimliklar tili saqlanib qoldi, to'g'ri, u sezilarli darajada o'zgartirilgan va buzilgan edi, lekin shunda ham varvarlarning ona tillari bo'lmish got va alan tillariga qaraganda to'g'riroq va yoqimliroq edi; shuning uchun varvarlar bu tilni o'zlashtirish va saqlab qolishga harakat qildilar, uni roman tili deb atab yozuvga tatbiq etdilar5. Ritsarlarning jasorati va muhabbatlari haqida dastlab shu tilda kuylay boshlangan ediki, shu sabab mazkur mavzularda bitilgan asarlarni �roman� deb yuritila boshlandi. Xuddi shu atama, qachonki bizda ham varvarlarning asarlariga taqlid qilina boshlangach, Italiyaga ham kirib keldi. Biz esa, Sitseron aytib ketganidek, har doim boshqalar boshlagan narsalarni me'yoriga yetkazib kelganmiz, shu bois romanlarga ham nafis va latif poeziya baxsh etdik, albatta, agar u shu nomga munosib bo'lsa. V. Nega endi munosib bo'lmasin? Yo siz Ludoviko Ariostoni ulug' shoir deb hisoblamaysizmi, axir, u shoir bo'lish bilan birga romannavislar ichida ham eng mashhuri sanaladi-ku? M. Bu, shubhasiz, shunday, Ariosto bu daraja yuksak bahoga munosib. Biroq u yaratgan romanlarda, boshqa yozuvchilarnikida ham bizga Aristotel va Goratsiylar o'rgatgan poeziya bor deb ayta olmayman. V. Xo'sh, u bir oz o'zgacha bo'lsa nima qipti, axir, u tog'ning narigi tomonida dunyoga kelgan; italyanlar esa hammaning xushnudligi uchun uni yanada go'zal qildilar; ko'rib turganimizdek, Ariostoga ham u a'lo darajada maqbul bo'ldi. M. Men avomga, qaysiki, biror narsaga o'ylamay-netmay o'zini tashlab, unga erishganidan quvonib, o'shanga uzoq vaqt mahkam yopishib olganicha, hatto, undan chandon yaxshisiga ham istamay almashtiradigan avomga hyech xayron bo'lmayman. Inson ongida har qanday hukm shu tariqa qaror topadi. Biroq bir narsaga - o'qimishli, nafis so'z san'atini farqlaguday fahm ato etilgan, bilgich kishilar qarshisida romanlarda na Gomer bilan Vergiliy amal qilgan hamda Aristotel bilan Goratsiylar amal qilishni tayinlagan shakl va tartib yo'qligini tan olishlariga qaramay, o'sha kamchiliklarni oqlovchi, bunday asarlarda jahongashta ritsarlar haqida so'z borgani uchun ularga Vergiliy va Goratsiylarning poetik rivoya yo'sini mos kelmaydi, aksincha, ularda bir narsadan ikkinchi narsaga xuddi darbadardek ko'chib yurish, bir vaqtning o'zida turli voqyealarni tasvirlash talab qilinadi6 deya da'vo qiluvchi kishilarga lol qolmay ilojim yo'q. V. Sizningcha, roman qahramonlik poeziyasidan nimasi bilan farqlanadi? M. Ilgari aytganimdek, qahramonlik poemasi shavkatli eranning xotirlashga loyiq ulug'vor a'moli haqida so'z yuritadi. Romanda esa ritsarlar va ularning xonimlari, jang-jadallar va tinchlik paytidagi ishlar haqida hikoya qilinadi; to'g'ri, romanda ham ritsarlar sirasida qahramonona jasorati bilan hammadan ustun turgan bittasi ajralib turadi; garchi ko'proq madh etish uchun eng a'losi tanlab olingan bo'lsa-da, uning va boshqalarning ishlari haqida muallif o'zining oldiga qo'ygan maqsad - butun ritsarlar jamiyatini ulug'lash uchun zarur hajmda hikoya qiladi; yana ularda uzoq yurtlar va u yerlarda roman asosida yotgan qahramon boshidan o'tkazgan ertaknamo tarixning kechishi davomida yuz bergan turfa voqyealar tasvirlanadi. V. Axir, poeziyaning otasi, hammadan ko'ra ko'proq Axillni madh etishni istagani holda Uliss va Diomed, aka-uka Ayakslar, Menelay va shoh Agamemnon, Nestor va boshqa yarim ilohlarning shonli jasoratlari haqida hikoya qilganida xuddi shunday ish tutmaydimi? M. Ha, shunday. Biroq bularning bari bitta boshlanishdan keltirib chiqariladi va bitta yakunga keltirilgan7. Roman haqida esa bunday deb bo'lmaydi. Gomer Axillning qahri, bu qahr yunonlarga nechog'lik ko'p yomonlik keltirgani va qanchalar g'am-hasrat paydo qilgani haqida hikoya qilishni niyat qilgan. Bu yarim iloh janglarda qatnashgan vaqtda, troyaliklardan hyech kim shahardan chiqishga jur'at etmagan. Biroq u o'ziga Agamemnon yetkazgan haqorat tufayli darg'azab bo'lib, jangda qatnashmaslikka qaror qilgach, dushmanlar ruhan yuksalib bir necha bor jangga kirdilar va yunonlarga talafot yetkazdilar. Demak, Axill qahrining oqibatlari haqida hikoya qilarkan, ilohiy Gomer mazkur umumiy sabab bilan bir-biriga bog'langan turfa voqyealar - bu Menelay bilan Paris, Gektor bilan Ayaks, Patrokl bilan Gektor o'rtalaridagi olishuvlar; yana Resni qanday o'ldirishu uning otlarini olib ketish haqidagi Ulissning Diomed bilan kengashi, kemalardagi yong'in; tag'in Patroklning o'limi Axillning qahrini troyaliklarga qaratishi va bu hol Gektorning ayanchli o'limiga olib kelishiga qadar yuz bergan ko'plab voqyealarni ham o'rinli hikoya qiladi. �Qahrli Orlando�ning muallifi ham, agar o'zi xohlaganida, rivoyaning xuddi shunday tartibi va yo'sinidan borishi va o'z poemasini shunga o'xshash maqsadga yo'naltirishi mumkin edi. Bu holda u Orlandoning ishqqa mubtalo bo'lishiyu majnunligi sabab bo'lgan oqibatlarni kuylagan bo'lar va agar Orlando ishqdan es-hushini yo'qotmaganida, mavrlar Fransiya qiroli Karl ustiga qo'shin tortishga aslo jur'at qilolmagan bo'lishlarini, aksincha, u ishq tufayli aqlini yo'qotgach, mavrlar Fransiya ustiga yurgani va xristianlarga og'ir talafot yetkazganlarini ko'rsatgan bo'lur edi. Shunday qilganida, urushda qatnashgan har ikki tomon ritsarlarining bu vaqt davomida muhabbat yo'lida va yo boshqa bir sabab bilan amalga oshirgan ishlari haqida ham, Orlando es-hushini topib olgach, o'zining jasorati bilan xristianlarga zafar keltirgani haqida ham hikoya qilishi mumkin bo'lar edi8. V. Shoirning maqsadi bunday emasdi: u maqtovga boshqalardan ko'proq loyiq shavkatli sulola asoschisi Rudjeroni tasvirlab, uning avlodi va o'zining valine'matiga ehtiromini izhor etmoqchi edi9. M. Agarki shoir Orlandoning aqlidan mosuvo bo'lgani sabab kelib chiqqan urushda qatnashgan barcha ritsarlar ichida eng a'losi sifatida Rudjeroni tasvirlamoqchi ekan, unda, - xuddi Gomer Axill sharafiga �Iliada�ni yozib, so'ng Ulissni �Odisseya�da, garchi Uliss �Iliada�da ham sharaflashga molik ko'p jasoratlar ko'rsatgan bo'lsa-da, kuylagani kabi, - u haqda boshqa asar yaratishi mumkin edi. Shunday qilganida, asar nomidayoq Orlando haqida yozayotganini da'vo qilib qo'yib, bosh qahramon sifatida tamom boshqa odam haqida yozishi, buning ustiga, ko'plab odamlar va har birini alohida poema qilish mumkin bo'lgan voqyealar haqida hikoya qilishiga to'g'ri kelmagan bo'lur edi. V. Axir �Iliada� ham, garchi unda Axillning qahri haqida hikoya qilinsa-da, urush bo'lgan joy nomi bilan atalgan emasmi? �Medeya� deb atalgan tragediya, yoki boshqasi, �Terey� deb nomlangani-chi - ularning bosh mavzui mehr-shafqat bo'lsa-da, zikr etilgan qahramonlardan hyech biri bunday tuyg'uni uyg'otmaydi-ku?10 M. Ilohiy �Iliada�ning syujeti asosida Axillning qahrigina emas, balki shu qahrning oqibatlari yotadi: qahramonning jasorati shunchalar ulkanki, u janggohda paydo bo'lishi bilan yunonlarga zafar keltiradi, qahr uning erkini jilovlab olgach esa yunonlar tomonida turib jangga kirmaydi, zafar troyaliklar qo'liga o'tadi. Zikr etilgan tragediyalarda-chi, ularda gap nomi sarlavhaga chiqarilganlarning baxtsizliklaridan boshqa nima haqda boradi? Buni nodir iste'dod ato etilgan shoirning meni yuksak darajada mahliyo etgan oliyjanob asarini qoralash uchun aytayotganim yo'q; aksincha, men hammani ushbu asarni o'qishga da'vat qilaman, zero, u o'qib to'g'ri uqqanlarga zo'r huzur baxsh etish bilan katta foyda ham beradi. Men undagi bu nuqsonni, qaysiki, mahoratning yetishmaganidan emas, ko'pchilikka ma'qul qildirish maqsadi bilan yuzaga kelgan ortiqchaliklarni ma'zur tutaman. Agar u poemasini o'zi madh etgan Rudjero nomi bilan emas, Orlando nomi bilan atagan bo'lsa, bu, shoirning himoyachilari aytmoqchi, asarning xayrixohlik bilan qabul qilinishi va ishtiyoq bilan o'qilishini o'ylab qilingan. Zero, u Orlandodek eng mashhur ritsarning ismi Rudjero yoki boshqa qaysidir romanlarda hali bunchalar sharaflanmagan ritsarning ismiga qaraganda o'quvchilar qalbini zabt etishi osonroq bo'ladi deb hisoblagan. Garchi unga qadar Boyardoning romani11 Rudjero ismini shuhratga burkagan va mabodo Arisoto o'z kitobini uning nomi bilan atashni ixtiyor etganida ham, muallifga xos bayon nafosati hisobga olinsa, o'quvchi xayrixohligidan benasib qolmasdi, shunga qaramay u dunyoning eng mashhur ritsarlari sifatida ikkita qahramondan naql qiluvchi bitta roman yozishga jazm qildi, negaki, biri Orlando, boshqasi Rudjero haqidagi ikkita poemani yozish imkondan tashqari mehnat va ko'p vaqt talab etardiki, ularni yozishga (garchi hali keksaygan bo'lmasa-da)12 umri yetmasligi mumkinligidan xavfsirardi. Birining ismi bilan asarini nomlagan bo'lsa, ikkinchisi uni bir butunga biriktirdi. Modomiki, �Odisseya�da faqat ikkita qahramon - Uliss va Telemax (u otasini izlab, undan biror darak topish uchun yo'lga tushadi) dunyo kezadi, romanlarda esa bunday qahramonlar ko'p bo'lar ekan, demak, poema shakli roman uchun yaramaydi deb o'ylamang: mayli, jahongashta ritsarlar soni ko'p bo'lsin, lekin ular haqida biron bir ziyofat bahona hikoya qilish, biror manzarada tasvirlash yoki boshqa qandaydir boshqacha yo'l bilan, deylik, �Odisseya�da qahramonlar haqida Alkinoy, Nestor va Menelay, �Eneida�da esa Didona, Anxiz va Evandr huzurida yig'ilganlarida hikoya qilingani kabi, yoki qalqonda tasvirlab xabar berish mumkin13. Ularning a'mollari haqida esa hikoya qilish esa xuddi �Iliada�da Uliss, Diomed va boshqa yarim ilohlar haqida hikoya qilinganidek yo'sinda amalga oshirilishi mumkin. Hammaga yaxshi ma'lum, epik poema haqiqatda yuz bergan yoki shunday deb tan olingan narsalarga taqlid qiladi, bas, hyech kim Eneyning Italiyaga kelgani va lotinlar ham rutullar podsholigini zabt etganiga, shunga monand, �Iliada�da troya urushining eng esda qolarli voqyealari tasvirlangani, Patrokl Gektorni, Gektor esa Axillni mahv etganiga, Uliss uzoq sargardonlikdan so'ng yurtiga qaytgani va oxir kuyovlardan qasos olganiga hyech kim shubha qilmaydi. Romannavislar esa buning aksi o'laroq haqiqatga e'tibor qilmay hyech qachon yuz bermagan narsalarni to'qib chiqaradilar, axir, bitiklar yoki el og'zidagi rivoyatlar na Orlandoning muhabbati va na uning aqldan ozishi haqida guvohlik bermaydi, shunga qaramay Boyardo uni oshiq, Ariosto majnun deb tasavvur qiladi. Biroq haqiqatga yoki haqiqat deb hisoblanadiganga amal qiluvchi tragediya ham ba'zan nimadir yangi, aslida hyech qachon yuz bermagan narsa haqida ham hikoya qiladi. Shoirga boshqalar yurgan yo'ldan og'ishga har vaqt izn berilgani va bundan keyin ham berilishini ro'kach qilgan holda u poeziya belgilagan chegaradan chiqib ketish ixtiyoriga ham ega deb o'ylamaslik kerak. Vergiliy, garchi bekorchixo'ja kishilar e'tiborini tortishi mumkin bo'lsa-da, ilgari boshqalar tomonidan aytilgan va mashhuri jahon bo'lib ketgan narsalardan voz kechdi <...>, biroq bu bilan u poeziyaning eng hurmatli mualliflar ham amal qilib kelgan chegaralaridan chiqdi degani emas. Men Ariosto qachon bo'lmasin italyan tilini dag'al, vahshiy til, Gomer va Vergiliylar poeziyasidek poeziya yaratishga uchun yaroqsiz, shu tufayli ham avom xalq romaniy ertaklarni tinglashga o'rganib bo'ldi, deb hisoblagan qabilida o'ylamayman; bu tildagi she'rlarda o'zgacha vazn, o'zgacha uyg'unlik bor, xristianlarning diniy e'tiqodi, qonunlari va urf-odatlari ham majusiylarnikidan farqlanadi. Aslo, shundayin fasohatli va benazir shoirning bunaqa fikrlarga kelishidan xudoning o'zi asrasin. Zero, bizning bu daraja jiddiyatli va nafis tilimiz so'z bilan ifoda etish mumkin bo'lganki, narsalarning barini ifodalashga, ifodalaganda ham eng maqbul tarzda, jiddiyat va nafosat bilan ifodalashga qodir ekanligini inkor qilib bo'lmaydi. Agarki zamonaviy melik poeziya14 so'zlarning o'zgacha ohangdorligiga tayangani holda ham qadimgi she'riyatga ergashayotgan, davrimizning dramatik poeziyasi esa faqat qadimgiga o'xshay olganidagina bizga go'zal tuyulayotgan ekan, unda nega endi hozirda roman shaklida yashayotgan epik poeziya ibrat uchun Vergiliy va Gomer kitoblarida berilgan epos g'oyasini olmasin ekan? Hyech kimsa meni Bokachchoning �Tezeida�si, ritsarlarning emas, qahramonlarning (Gomer poeziyasi bilan mushtarakligi shuning o'zi bilan tugaydi) jasorati va muhabbati hikoya qilingan asar, mulohazali va fozil kishilarga ilgarilari xalq ishtiyoq bilan o'qigan �Ankroyya� yo �Ispaniya�, �Altobello� yo �Morganta�15, yoki har qanday boshqa romandan kamroq manzur bo'ladi deb ishontira olmaydi. Xo'sh, agar ayrimlar Ariostoni maqtash uchungina ta'kidlayotgani kabi, romanlar chindan-da shunchalik mukammal bo'lsa, bunday munosabatni nima bilan izohlash mumkin? Haqiqatan ham uni maqtasa bo'ladi, faqat buni ehtiromga romanning o'zi emas, balki o'zining tafakkur kuchiyu mahorati bilan hunuk va yalang'och materiyani barchaga manzur nafis narsaga aylantira olgan ijodkor loyiq ekanligini ta'kidlagan holda qilmoq lozim. Agar o'sha zamonlarda biror kimsa romanlarda poeziyaning zarracha bo'lsa ham izi bor deb bilganida edi, shubhasiz, Petrarka ularni bezgak isitmasidagi bosinqirash yo roman uydirmalari deb atamagan bo'lardi. Dante ham, hozircha Italiyada hyech kim jang-jadallarni kuylamadi deganida, bu nav asarlar avom orasida qo'lma-qo'l yurganini bilardi. Shuningdek, u maqtovga loyiq va fikrini muzalar charxlagan odamlarning hyech biri bu haqda yozmaganini ham yaxshi bilardi. Zero, bu haqda birinchi bo'lib poetik jilo bergan holda Bokachcho yozgan edi. Agar romanlarni tuban deb bilmaganida, Bembo, bu haqda aytib yurishganidek, Arisotoni roman yozishdan chalg'itib, epik poeziya o'zaniga yo'naltirishga harakat qilmagan bo'lur edi16. She'r haqida nima deymiz? Agar u qahramonlik poemasiga munosib bo'lsa, unda she'r to'qishda eng yaxshi poemalarda bizga taqdim etilgan qoidalarga amal qilmoq kerak. Dinlarning farqli ekani va urf-odatlarning turfaligi haqida-chi? Poeziya zamonaga moslashsa-da, o'zining qoidalaridan chekinmaydi. Qadimgilar poeziyasi ko'kda ham, yer osti va ham yer ustida ham xudolar bor deb bilardi. Hozirgisi uchun esa - ko'kda farishtalar, avliyolar va vohid Xudo, yerda - ruhoniylaru zohidlar mavjud. Qadimgi poeziyada karomatgo'y kohinlaru bashoratchi ayollar bor edi. Yangisida sehrgarlaru jodugar kampirlar. Unisida - Sirseya yo Kalipso17 kabi sehrgar ayollar, bunisida - parilar. Unisida - Merkuriy bilan Irida Zevsning xabarchi-choparlari edilar. Bunisida esa farishtalar Xudoning elchilari bo'lib qoldilar. Nima bo'lganda ham, hozir ham, xuddi ilgarigidek, poeziyaning materiali tugallangan va yaxlit voqyea bo'lmog'i kerak. Mayli, afina sudi rim sudiga o'xshamasin, lekin shu tufayli himoya yo ayblovning shakli va tartibi o'zgarib qolmagan. Aks holda, Mark Tulliy rimliklarga nutqning mukammal tuzilishini o'rgatish maqsadida Esxin bilan Demosfenning sud huzurida, birisi Ktesifontni ayblab, ikkinchisi himoya qilib aytgan nutqlarini lotinchaga o'girib o'tirmasdi,- ularning namuna uchun olinishiga sud muhokamasi shaklining o'zgargani ham, tildagi farq ham halal bermadi18. Xalq tilida, ya'niki, hozirda Italiyada asarlar bitilayotgan tilda yozilgan poema, agar Orlando yoki Rinaldo haqida bo'lmasa, boshqa mashhurroq nomlar bo'lmagani uchungina maqbul bo'lolmaydi degan fikrga qo'shila olmayman. Zero, qahramonning qay darajada mashhurligini emas, shoirning mahoratini qadrlamoq lozim, ayni shu narsa asarga shuhrat va obro' keltiradi. Vergiliy Eney haqida yoza boshlaganida, uning nomi ko'pchilik uchun notanish, chunki u haqda hali hyech kim poema yaratmagan edi. Biroq shoirning ilohiy zakosi qahramon nomini ma'lumu mashhur etdi, u yozgan asar esa beqiyos shuhratu muhabbatga sazovor bo'ldi; o'ylashimcha, lotin tilida yozilgan boshqa biror asar yo'qki, bu qadar ishtiyoq bilan o'qilgan, o'qilayotgan, o'qiladigan bo'lsa. To shoirlar shohi Gomer yozmaguniga qadar na Axill va na Uliss shuhrati el og'zida bu qadar jarang topmagan edi. Shunga qaramay, �Iliada� bilan �Odisseya� ilk bor tinglangan kundan to shu paytga qadar yorug' olamga manzur va shunday bo'lib qoladi. Italiyada ham paladinlar haqida hyech kim eshitmagan, ularning nomi ham hyech kimga tanish emas edi, shunga qaramay, ko'chada hofizidan ingliz qiroli Artur, keyin fransuz qiroli Karl saroyi haqida eshitishi bilanoq roman xalq ko'nglidan joy oldi. Gigant pigmeyga qaraganda ko'rkamroq bo'ladi, o'ta katta narsada pakanaga nisbatan nuqsonlar kamroqdek, biroq tana qismlari o'zaro mutanosib bo'lmagan behad ulkan maxluqning sizga chiroyli ko'rinishi ham amri mahol. Mayli mahorat yoki omad (agar har bir poema, boshqa har qanday asar singari, o'z taqdiriga ega deganlari rost bo'lsa), yo har ikkisi birlikda varvarlar tomonidan ochilgan yo'lni tanlagan bo'lsalar-da, Ariosto bilan Boyardoga ulkan shuhrat keltirgan bo'lsin, shunga qaramasdan, ulardan gula ko'tarib qadimda ko'rsatilgan yo'ldan og'ib bo'lmaydi. <...> Epik poeziya g'oyasi qadim yunon va rimning eng sara shoirlari asarlarida mujassam ifodasini topgan holda bizga yetib kelganiga shubha qilib bo'lmaydi. Ularning eng ulug'lari epik poeziya haqida risolalar bitganlari holda, roman, garchi muayyan darajadagi tug'ma fahm-idrokdan mosuvo bo'lmasalar-da, ma'rifat nuridan mahrum varvarlar tomonidan yaratilgan. Biroq, yakdil fikrga ko'ra, inson tabiatining o'zi san'atning madadisiz mukammal asarni yarata olmaydi. Bu masallardan (romanlardan � tarj.) san'at izlab topish esa Habashiston cho'llaridan ko'm-ko'k serbutoq daraxtu yam-yashil o'tloq topish bilan barobar. Bundan ko'ra tafakkurning azaliy dushmanlaridan qonuniyat, bema'nilikdan haqiqat, xatoliklardan aniqlikni topish osonroq. Garchi ular tafakkur boyligi va fazlu kamoli balandligini ko'rsatish uchun dunyoga yangi �poetik san'at�ni taqdim etayotgan bo'lsalar-da, Aristotel va Goratsiyning obro'siga rahna sololmaydilar. Axir, agar Gomer poeziyasi bergan namuna emas, ular o'rgatayotgan san'at haqiqiy bo'lsa, unda, hyech fahmlay olmadim, qanday qilib ular tasdiqlayotgandan o'zga poetik san'at yashay olardi. Zero, haqiqat yolg'iz: qachondir bir kun haq bo'lgan narsa har vaqt, har zamonda haq bo'laveradi; vaqt oqimi, garchi urf-odatlar va turmush tarzini o'zgartirish uning izmida bo'lsa-da, haqiqatga ta'sir qilmaydi - hyech qanday o'zgarishlar haqiqat ustidan o'z hukmini o'tkazolmaydi. Vaqt oqimida navbatda turgan turfa o'zgarishlarning hyech biri poeziyada faqat bitta, tugallangan, hajm jihatidan aqlga muvofiq voqyea bo'lmog'i, qolgan narsalarning bari u bilan haqiqatga monand tarzda uyg'unlashishi va birikishi lozimligini bekor qilolmaydi. <...> Izohlar: 1. Fransiyada to'qilgan Buyuk Karl va uning perlari haqidagi poemalar sikli (karoling sikli) nazarda tutiladi. XIII asrdayoq bu syujetlar Italiyaga kirib borgan va xalq baxshilarining sa'y-harakatlari bilan keng yoyilgan edi. XV va XVI asrlarda karoling sikli artur sikli bilan birga katta adabiyotga kirgan va chinakam durdona asarlarning (Boyardoning �Oshiq Orlando�, Ariostoning �Qahrli Orlando� poemalari) dunyoga kelishiga turtki bo'lgan. 2. Rinaldo va Orlando - Boyardo va Ariostolarning karoling siklidagi poemalarining bosh qahramonlari. 3. Kansona - murakkab qofiyalanish tartibiga ega lirik she'r. She'r strofik shaklda (odatda 5-7 band). Provans shoirlari tomonidan amaliyotga kiritilgan. Kansona namunalari Dante, Petrarka va b. ijodida uchraydi. 4. XIII asrda �romanzare� so'zi �lotin tilidan xalq tiliga o'girish� degan ma'noni bildirgan. 5. Sitseron. Tuskulan suhbatlari.I,1 6. Minturno bu o'rinda Jiraldi Chinsio (Roman yuzasidan muhokamalar�,1554) va Jovanni Batista Pinya (�Romanlar�, 1554) asarlari bilan bahslashadi. Har ikki muallif ham romanni eposga qarama-qarshi qo'yganlar: ularning fikricha, eposga voqyea birligi zarur, roman esa bosh qahramonning bittaligi bilan cheklanishi, rivoya butunligini chekinishlar, parallel syujetlar va b. shu k.lar bilan buzishi mumkin. Jiralddi ochiqdan ochiq Aristotel �Poetika�sidagi qoidalarni eskirgan deb hisoblagagan. Uning nuqtai nazariga ko'ra, zamonaviy muallif Aristotelga faqat bir narsada - poetik ijod qoidalarini turdosh janrlarda yaratilgan, davriy jihatdan o'ziga yaqin va muvaffaqiyat topgan asarlardan qidirishda ergashishi lozim. Roman mualliflari uchun namuna sifatida Boyardo va Ariostolar tavsiya etiladi. 7. Aristotel. Poetika, 1459a 8. Ariosto poemasida Orlandoning aqldan ozishi syujetni tashkil qilishda �Iliada�dagi Axillning qahri singari muhim rol o'ynamaydi. Xristianlar qo'shini, Orlandoning jangda ishtirok etganiga qaramay, tor-mor qilingan - poema shundan boshlanadi. So'ng fransuzlar, saflarida paladinlarning eng kuchlisi bo'lmasa-da, mavrlar bilan urushni o'z foydalariga hal qiladilar. Aql-xushi o'ziga qaytgan Orlando esa faqat ishni oxiriga yetkazadi - Fransiyani tark etgan dushmanni tor-mor etadi. 9. Rudjero - �Qahrli Orlando� poemasining bosh qahramonlaridan biri, avvaliga xristianlarning dushmani, so'ng ularning ittifoqchisi. Boyardoga ergashgan Ariosto Rudjeroni Ferrarada hukmronlik qilgan gersog d�Estelar sulolasining boshlovchisi sifatida tasvirlaydi. Arisoto kardinal Ippolito d�Este xizmatida bo'lgan, shuning uchun ham poemani unga bag'ishlagan. 10. yevripid tragediyasining qahramoni Medeya o'zini tashlab ketgan eri Yasondan o'ch olish maqsadida farzandlarini o'ldiradi. �Terey� - Sofokl tragediyasi. Terey qaynisinglisi Filomelani zo'rlaydi, so'ng buni sirligicha qoldirish uchun qizning tilini kesib oladi; biroq Filomela matoga to'qib yuz bergan hodisadan opasini ogoh etadi. Opasi Prokla qasos olish uchun eriga o'g'lining etini pishirib beradi. 11. Matteo Mariya Boyardo (1440-1494) - lirik va epik shoir. Ariostoning �Qahrli Orlando�si syujet jihatidan Boyardoning tugallanmay qolgan �Oshiq Orlando� poemasini davom ettiradi. 12. Ariosto poema ustidagi ishni 1505 yilga yaqin, o'ttiz bir yoshida boshlagan edi. 13. Otasini izlab yo'lga chiqqan Telemax Nestor va Menelaylar huzuriga boradi, ulardan Troya ostonalaridan yurtiga qaytish qiyinchiliklari haqidagi hikoyalarni eshitadi. Odissey afsonaviy frakiya shohi Alkinoyga Itakaga qaytish yo'lidagi dastlabki yillarni hikoya qiladi. Eney Didonaga Troyaning halokati va o'zining Italiyaga qaytishini so'zlab beradi. Anxiz o'g'li Eneyga Rimning bo'lg'usi qahramonlari - o'zining avlodalrini ko'rsatadi. Eney yordam so'rab murojaat qilgan arkadiyaliklar shohi Evandr unga Gerkules bilan Kak jangini hikoya qiladi. Vulkan Eneyning qalqoniga Rim tarixi hodisalarining qabariq tasvirini ishlaydi. 14. �melik poeziya� - bir ovozli lirika. 15. �Ankroyya�, �Ispaniya�, �Altobello� - XIV-XV asrlardagi muallifi noma'lum ritsarlik poemalari. �Katta Morgnte� - Luidji Pulchi (1342-1484); �Tezeida� - Bokachcho yoshligida yozgan poema, unda Tezeyning hayoti (amazonkalar bilan urush, fiva urushi) fonida ikki yoshning muhabbati kuylanadi. 16. Bemboning Ariostoga lotin tilida �to'g'ri poema� yozishni maslahat bergani haqida Pinya xabar beradi. 17. Sirsey (Kirk) va Kalipso haqida �Odisseya�da hikoya qilinadi. 18. Ktesifontning taklifi bilan Demosfen o'zining filippikalari uchun oltin chambar bilan mukofotlangan edi. Mil.av. 330 yilda noqonuniy mukofotlash bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilib, u formal jihatdan Ktesifontga qarshi bo'lsa-da, amalda Demosfenga qarshi qaratilgan edi. Esxin (III nutq) ayblov nutqi bilan, Demosfen (XVIII nutq) himoya nutqi chiqadi. �Gulchambar haqida� nomli bu nutqlarni Sitseron tarjima qilgan, undan faqat �Eng yaxshi notiqlar haqida� nomli so'z boshigina saqlanib qolgan. Literaturn�e manifest� zapadnoevropeyskix klassitsistov. M.,1980.- S.71-80 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling