G’arb psixologiya maktablarida shaxsni tadqiq etish g’oyasining o'ziga xosligi


Download 0.81 Mb.
bet3/7
Sana08.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1464071
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jumayeva Nigora S-22 OP Guruh talabasi. G\'arb psixologiya maktablarida insonni tadqiq etish

XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. Platonovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratadi:

  • XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. Platonovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratadi:
  • Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li bilan shakllanadi.
  • Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi).
  • Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda).
  • Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi.

Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pyesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsiyentlarga duch keldi. Masalan, baquvvat bo‘lsa-da, patsiyent qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsiyentni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.

  • Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pyesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsiyentlarga duch keldi. Masalan, baquvvat bo‘lsa-da, patsiyent qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsiyentni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
  • Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashf qildi. Uning fikricha, ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotirlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsiyentlarni davolashda undan foydalandi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling