G’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kirish I bob. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat


G’arbiy turk xoqonligida VI – VIII asrlardagi siyosiy vaziyat


Download 47.92 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi47.92 Kb.
#1472518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TURK XOQONLIGI

1.2. G’arbiy turk xoqonligida VI – VIII asrlardagi siyosiy vaziyat

Tarixdan ma’lumki, VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib “ Turk xoqonligi” davlatini tashkil qildilar. Ammo joizki to VI asrga qadar turkey xalqlar va ularning davlat bo‘lib ulashuvi 10 jarayoni bo‘lmagan degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunonchi, Narshaxiy, Mahmudov Q,I.Bichurin, N/Tumilev va boshqa turkshunos olimlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eng qadimgi turkiyzabon xalq, xitoy salnomalarida miloddan avvalgi 1756 – yildan boshlab tilga olinadi. Bu xalqlar “Turk” nomi bilan emas balki “Xun”, “ Xunlar” nomi bilan atalgan. Xunlar turkey xalqlarning ajdodlari bo‘lib, juda boy va qadimiy tarixga egadir. Xunlar markaziy Osiyo Kaspiy dengizi bo‘ylari hamda Shimoliy Kavkaz va G‘arbiy Ovro‘pa yerlarigacha cho‘zilgan hududlarida yashaganlar. Turk so‘zini birinchi marta tilga olinishi 542 – yilga to‘g‘ri keladi11. yozma manbalarda u turlicha atalgan: xitoy manbalarida “ Tustdus”, forsiy tildagi manbalarda “ Turk”, bitiktoshlarda saqlanib qolgan yozuvlarga qaraganda bu xalq o‘zini turk deb atagan 12.


2“ Turk atamasi” ( kuchli, baquvvat) dastlab etnik ma’noga emas, ijtimoiy ma’noga ega bo‘lgan.
N.Rahmon o‘zining “ Turk xoqonligi ” kitobida, “ Ashina urug‘i” unga bo‘ysungan va yaqin qarindosh bo‘lgan hamda yangi davlat birlashmasining o‘zagini tashkil etgan qabilalarning harbiy zadagonlari shunday atolar edi. Keyinchalik, ulkan qabilalar ittifoqini unga itoat qilgan xalqlarni turk deb atay boshlaganlar. Qabilaning eski nomi ashina hukmronlik qiluvchi sulola nomi bo‘lib qolgan deb ko‘rsatilgan.
Turk qabilasi haqidagi dastlabki, ma’lumotlar xitoylarning Chjou Shu, Bey Tsi Shu, Bey Shu sulolalarining yilnomalarida uchraydi. Ularda mazkur qabilalarning ilk tarixiga oid sof tarixiy ma’lumotlar bilan bir qatorda bilan bir qatorda turklarning o‘zlarining tilidan yozib olingan ikkita genealogic afsona ham keltirilgan. Birinchi afsonaga muvofiq turning chekkasida ( Bey Shu va Suy Shu ma’lumotlariga ko‘ra” G‘arbiy dengizning o‘ng qirg‘og‘ida) yashagan ota – bobolari qo‘shni qabila askarlari tomonidan qirib tashlangan. Faqat ona bo‘ri tomonidan qutqarilgan o‘n yashar bola tirik qolgan. Dushmanlardan yashirinib u ( bo‘ri ) Gaochanga qaraganda shimolroqda joylashgan tog‘larga (turfon voxasi) qolgan. U yerda ona bo‘ri 10 ta o‘gil tuqqan va ular keyinchalik. Taochanli qizlarga o‘ylangan va har biri bir urug‘ni tashkil etgan; Ona bo‘rining o‘g‘illaridan birining oti Ashina edi va bu ism ham uning urug‘ining nomi bo‘lib qolgan.
Ashina qabila boshlig‘i bo‘lib, undagi urug‘lar soni bir necha yuztaga yetgan edi. Ashinaning vorislaridan biri Asenshod ona bo‘ri avlodlarini Gaochandan olib chiqib, Oltoy hududida joylashtirgan va ular Juan – Juanlar ( avarlar ) qo‘l ostida yashab, ular uchun temir qazib chiqarganlar va unga ishlov berganlar. Oltoyga kelgandan so‘ng qabila turk nomini olgan va u afsonaga ko‘ra Oltoy tog‘larining mahalliy nomi bilan bog‘liqdir.
Ikkinchi afsonaga ko‘ra, turk qabilasining ajdodlari SO viloyatidan kelib chiqqan, N.A.Aristov bu viloyatni Oltoyning shimoliy yon bag‘irlarida joylashgan deb hisoblaydi13. Qabila boshlig‘i Abanbuning o‘n yetti og‘a – inisi bo‘lib, ulardan birini “ bo‘ri o‘g‘li” deb ataganlar. So davlati dushmanlar tomonidan yo‘q qilingan, qutilib qolgan urug‘lar esa har tomonga tarqalib ketganlar. “ Ona bo‘ri o‘g‘li” ning g‘ayri – tabiiy qobiliyatlari tufayli uning urug‘i eng qulay sharoitlarga tushib qoldi.
Afsonalarga kel;tirilgan ma’lumotlar asosida S. T. Klyashtorniy tomonidan turning ilk tarixi tiklandi. Jumladan, Ashina qabilasi Tan’suga gukklar va ularga qaram bo‘lgan markaziy Osiyo va Janubit Sibirdagi qabilalarning Buyuk Xitoy devori ortiga ommaviy ko‘chish davrida, 256 yildan so‘ng ko‘chib kelgan. Unga qadar qabila Sixay rayonida ( Edzin – gol daryosining quyi oqimi) da yashagan bo‘lishi mumkin. Tan’suda yashab turgan davrida ashina qabilasi o‘z tarkibiga yangi etnik komponenti – mamlakatning xitoy va gukk bo‘lmagan avtoxtan aholisini qabul qilgan. Bu yerda ular shimoliy Lyan davlatini 3 tuzganlar, mazkur davlat tor – mor qilingandan keyin 439 yilda Taochanga qochib borib u yerda 460 yildan so‘ng Juan – Juanlar hukmronligi ostida yashaganlar va Oltoyning janubiy tizimlariga ko‘chirib yuborilgan. Faqat shundan so‘ng qabila turk nomini qabul qilgan, ining eski nomi Ashina eski qabilaga asos solgan kishi onasining oti sifatida hukmron sulolaning nomiga aylangan deydi. Ashina qabilasining Xitoy devorining janubidagi rayoniga ko‘chib kelishga qarar Oltoy va Sibir bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalarini inkor etmagan holda, S. T Klyashtorniy shuni takidlab o‘tadiki, faqat 460 yildan keyin Janubiy Oltoy tog’I etaklarida Ashina qabilasi boshliqlari rahbarligidagi qabilalar guruhi tashkil topdi va bu guruh 552 – 555 yillarda juan – juan xoqonligiga juda qattiq zarba berdi 14. Xullas shu yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda Turk xoqonligini paydo bo‘lishini 552 yilga to‘g‘ri keladi deb aytsak haqiqatga to‘g‘ri keladi. Chunonchi mazkur yilda turklar Ashina urug‘idan Bumin rahbarligida juan – juanlarni to – moq keltirgan edilar. Mana shu paytdan boshlab turk hukmdorlari o‘zlarini juan – juanlar egalik qilgan yerlarning va ularning ilgarigi kuch –quvvatining vorislari sifatida tasdiqlab xoqon ( qog‘on ) unvonini qabul qilganlar birinchi hukmdor Bumin bo‘lib, u taxtga Ili qog‘on unvoni bilan o‘tirgan. Uning o‘gli va merosxo‘ri Kolo (qora – qog‘on) davrida juan – juanlar yana bir marta mag‘lubiyatga uchraydi. (533) Qora qog‘onning ukasi Muhon qog‘on 555 yilda ularni uzil – kesil tor – mor qildi. Juan – juanlarning katta qismi g‘arb tomonga qochdi va ular u yerda avarlar degan nom bilan ataldi. Muxan huknronlik qilgan davrda (553 - 527) xoqonlik Markaziy Osiyoda siyosiy chechemon bo‘lib qoldi. Janubiy g‘arbiy Manjuriyada kidanlar, yenisiy bo‘yida qirg‘izlar va boshqa qabilalar bo‘ysundirildi. Shimoliy Xitoy davlatlari turklarga o‘lpon to‘lay boshladilar.
Aynan shu davrda turklarning g‘arbga juan – juanlarga va eftalitlarga qarshi faol xarbiy harakatlari boshlandi. Ushbu holatni qozoq tarixchisi Zuev A.YU quyidagicha ifodalaydi. Hali 552 – 555 yillardayoq Истали “ ўн тўлган qo‘shinining” sarkardasi sifatida Buminning yurishlaridan birida u bilan birga ishtirok etgan va mazkur yurish natijasida Yettisuv turklarini oltoy hududiga yashovchi eftalitlarni bo‘ysundirib o‘zini “ O‘n qabilasi” deb atab, xoqon deb e’lon qilgan edi. Oltoy va yettisuv turklarining 552 yildagi harbiy yurishining g‘arbdagi eng chekka nuqtasi bo‘ldi, deydi.
G‘arbga qilingan navbatdagi yurish 555 yilga amalgam oshirildi. Manbalardagi to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra turk qo‘shinlari harakatining g‘arbiy chegarasini shartli ravishda Sirdaryoning o‘rta oqimidan (Toshkent vohasining shimolidan) Orol dengizigacha deb, belgilash mumkin. Yozma yodgorliklarda Istali boshliq turk qo‘shinlari kirib brogan yerlarning oxirgi chegarasi sifatida Temur qatig‘ ko‘rsatilgan – bu Sug‘ddan Toxaristonga o‘tadigan davonning o‘rta asrlardagi nomi bo‘lib, davonning o‘zi boysun tog‘larida joylashgan. O‘rta Osiyo turklar tomonidan zabt etilishi Vasr oxirida Peroz qo‘shinlari eftalitlar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilgandan so‘ng eftalitlarga katta o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lgan. Sasoniylar hukmronligidagi Eronning diplomatic qo‘llab quvvatlashi bilan amalga oshirildi. Xusrav I Anushervon hukmronlik qilgan davrda Eron uning faol islohatchilik faoliayti tufayli birlashdi va shunday harbiy qudratga erishdiki, eftalitlarga o‘lpon to‘lashdan bosh tortdi. Xusrav, Anushervon Eftalitlarga zarba berish uchun turklar bilan ittifoq tuzdi.
Dikovariyning ma’lumotlariga ko‘ra voqealar quyidagi tarzda kechgan : “Xusrav I eftalitlarga qarshi qo‘shin yubordi va Toxariston, zabuliston, Qobuliston, Chag‘aniyonni zabt etdi. Shu vaqtda turk xoqoni o‘z elini yig‘ib Xurosonga qarshi yurdi. Chochni Farg‘ona, Samarqandni, Keshni, Nasafni egalladi va Buxoragacha yetib keldi, deydi”. Firdavsiyning “ shohnoma” asarida va B. G‘afurovning “ Tojiklar” asaridakeltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra eftalitlarning turklar tomonidan tor – mor keltirilishi. 560 – 567 yillar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan15, deydi. Xarbiy to‘qnashuvlar natijasida en avval aholi jabr ko‘rganini – “ Chochda” Terekda (yani Parakda). Samarqand va Sug‘dda ko‘p yerlar vayron qilindi. Chag‘aniyon, Bamiyon, Xuttalon va Balx aholisining barhasi uchun achchiq, qora kunlar boshlandi 16, деб ma’lumot bergan edilar.
Efatalitlar davlati tor – mor etilgandan keyin bosib olingan hududlar bevosita g‘oliblarning oily hokimiyatiga bo‘ysundirilar, shartnoma bo‘yicha Amudarёнинг shimolidagi yerlar 4 Turklar qo‘l ostiga o‘tdi. Biroq turklar bir necha bor chegarani buzi o‘tganligi haqidagi ma’lumotla manbalard uchraydi. Arab tarixchilarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra 588 yilda Amudaryodan kechi o‘tib, butun Toxaristonni egallaydilar va g‘arbga yurib, Hirotgacha bordilar. Garchi, Eron sarkardasi Smbat Bagratuki g‘alaba qozongan bo‘lsada, mazkur viloyatlar endi Eronga bo‘ysunmay qo‘ydilar, tez orada eroniylar quvib yuborildi va turklar uzil – kesil Toxariston mustahkamlanib oldilar 17, - deb tasdiqlagan edi.
Eftalitlar tor –mor keltirilgandan so‘ng ittifoqchilar o‘rtasida ularning iqtisodiy, manfaatlarining qarama – qarshiligi, xususan, O‘rta Osiyo orqali Xitoy va Vizantiyaga boruvchi qadimdan mavjud bo‘lgan savdo yo‘llarini o‘z nazoratiga olish borasidagi ziddiyatlar tufayli nizolar kelib chiqdi. Turk xoqonligi va Eron o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari mavjud bo‘lgan davrda sug‘dmeklarningtashabbusi bilan Eronga uning hududi orqali Vizantiyaga ipakni tranzet o‘tkazish borasida shartnoma tuzish maqsadida elchilar jo‘natishga qaror qilingan edi. Elchilar sug‘dning savdogarlarga boshchilik qildi. Biroq elchilik butkul muvaffaqiyatsizlikka uchradi sotib olib kelingan ipak elchilarning ko‘z oldida yoqib yuborildi. Bu narsa o‘z navbatida Eron bilan turklar o‘rtasidagi bo‘lg‘usi to‘qnashuvlarni vujudga kelishini taqazo qildi. Shunda xoqonlik Eronning raqibi bo‘lgan Vizantiya imperiyasi bilan siyosat aloqalar o‘rnatishiga qaror qildi. 5 588–yilda Manuah boshchiligidagi elchilar Kaspiyning shimoliy qirg‘og‘i bo‘ylab yo‘lga chiqdi va Kavkaz orqali Vizantiyaga bordi. Natijada harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan va Eronga qaratilgan shartnoma imzolandi. Ana shu paytdan boshlab Turk – Eron munosabatlari yomonlashuvi, Turk – Vizantiya munosabatlari doimiy bo‘lib qoldi 18.
Shunday qilib, VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turk xoqonligi Markaziy Osiyoda siyosiy gegemon bo‘lib qoldi.
Manjuriyada kidonlar Yettisuvga qirg‘izlar, O‘rta Osiyoda Eftalitlar tor – mor qilindi. 576 – yilda turklar Kimmeriy Bosporiki egallab oldilar. Sharqda Koreys kurfasidan g‘arbga Kaspiy dengizigacha janubda Tobi cho‘lidan shimoldagi Bayhal ko‘ligacha bo‘lgan hududda ulkan ko‘chmanchilar imperiyasi yaratildi. Xoqonlik o‘sha davrning eng yirik davlatlari – Vizantiya sosoniylar Eroni, Xitoyning siyosiy va iqtisodiy munosabatlari tuzimiga qo‘shildi va Buyuk Ipak yo‘li ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurasha boshladi.17
Turk xoqonligining butun tarixi uzluksiz urushlar va o‘zaro ichki kurashlar bilan to‘lgan edi. Buning natijasida 581 – 607 yillar orasida ikkita qismga: Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linib ketgan edi degan taniqli sharqshunosolim B. G‘afurov19. sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik vohalari hududiy o‘zagi yettisuvda joylashgan G‘arbiy Turk xoqonligi hukmronligi ostida edi. Ushbu holatdan keyin tez orada 630 – 632 yllarda zaiflashgan Turk xoqonligi Xitoy imperiyasi 6
Tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi va amalda mavjud bo‘lmay qoldi. Bu paytda G‘arbiy Turk xoqonligi o‘zining gullagan davrini o‘z boshidan kechirmoqda edi. Tardushxon hukmronligi davrida turklar O‘rta Osiyoda o‘z hukmronligini mustahkamlab oldilar va Sharqda Tele va sen’yato qabilalariga qarshi faol harbiy harakatlar olib bordilar. Ushbu qabilalar, keyinroq 615 – 619 yillarda G‘arbiy turk xoqonligi tomonidan butunlay bo‘ysundirildi. Yana bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerakki, 630 – 651 yillar xoqonlik ichida o‘zaro kurashlar bo‘lganligi bilan harakterlanadi. Shunga ko‘ra 651 yilda G‘arbiy turklarning Ashina Xelu boshchiligidagi asosiy kuchlari Xitoy qo‘shini tomonidan tor – mor keltirildi. Xitoyning G‘arbiy turk xoqonligiyerlariga kelishini taqazo qildi va turklardan bo‘lgan xitoy amaldorlari boshchiligidagi okrug‘larga bo‘lib tashladi. Ammo, aytish joizki, bu hokimliklarning xitoyga qaramligi komichagina edi. Buning chetiga VII asrning 70 – yillarida kuchayib ketgan Tibet amalda xitoyni O‘rta Osiyodan ajratib qo‘ydi. Natijada g‘arbiy turk xoqonligi o‘rnida Turgon xoqonligi (702 – 756) paydo bo‘ldi.20. biroq turk qabilalari o‘z mustaqillik mavqeilarini saqlab qolish uchun bir qator yirik qo‘zg‘alonlar qildi va Ashina urg‘idan bo‘lgan Eltarish xoqon ( Xitoy manbalarida Tuduli boshchiligidagi ikinchi turk xoqonligi paydo bo‘ldi. Eltarishning ukasi Mochko (turk bitiklarida Qapog‘on xoqon) hukmronlik qilgan davrda turklar va mug‘ilistonda yashovchi tele qabilalari 7 Tan imperiyasi hukmronligidan ozod qilindi. Ikkinchi xoqonlikning asosiy hududlari Tobi cho‘llarining shimolida joylashgan yerlar bo‘lib, xoqonning o‘rdasi orxon daryosi rayonidagi O‘tukep degan tog‘li o‘rmonli joy edi. Janubiy chegarasi shimoliy Mu’gilistondan o‘tar Oltoy va Tuva xoqonligining shimoliy chekkalarini tashkil etar edi. O‘rta Osiyoga qilingan yangi yurishlar Qopag‘on xoqonning nomi bilan bog‘liq. U 711 yilda Yettisuvdagi turgashlarga qarshi yurish qildi, ularni tor – mor keltirib 712 yilda arablar tomonidan qamal qilingan Samarqandga yordamga keldi, biroq mag‘lubiyatga uchrab qaytib ketdi. Qopag‘on xoqon halok bo‘lganidan so‘ng, uning vorisi Bilga ( Mug‘ilon) hukmronligidan keyin ikkinchi turk xoqonligining zaiflashuviga va oxir – oqibatda 744 yilda uning halokatiga olib keluvchi nizolar paydo bo‘ldi.
Turklarning O‘rta Osiyo hukmdorlari bilan o‘zaro aloqalari qanday amalga oshirilganligi tushunish uchun qadimgi turk davlati birlashmalari ichidagi hokimiyatni tashkil etish prinsiplariniko‘rib chiqish zarur.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan yaratilgan boshqaruv apparati yordam berar edi. Turklardagi bu holatki Tumilev L. N. o‘zining “ Древние трюки” asarida Qadimgi turkey bitiklarga ko‘ra u to‘rtga bo‘linganligi; qarindoshlar xoqonga ittifoqdosh bo‘lgan qabila va xalqlar, xoqonning o‘ng tomonida o‘tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar. Xoqonning qarindoshlari – o‘g‘illari, amakisi, jiyanlari va og‘a – inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgiturk davlatidagi mansablarining asosiy 28 ta bo‘lgan ularning faqat beshtasi oily mansabdor hisoblangan. Exu ( yabg‘u), she (shod), dele (teginlar)silida (ektabarlar) va tutunda (tudunlar), qolgan 23 tasi kichik amaldorlardan iborat bo‘lgan. Barcha mansabdorlar meros qilib qoldirar edi 21 deb, xabar beradi.


Download 47.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling