G’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kirish I bob. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat
Download 47.92 Kb.
|
TURK XOQONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: g’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari: Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va undagi ichki munosabatlar G’arbiy turk xoqonligida VI – VIII asrlardagi siyosiy vaziyat Turk xoqonligi davrida Turkistondagi shaharlar haqida ma’lumot O‘rxun – Enasoy yozuvlarining kashf etilishi va uning yoyilgan hududlari Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat. I BOB. TURK XOQONLIGINI VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY – SIYOSIY VAZIYAT 1.1. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va undagi ichki munosabatlar Markaziy Osiyoning Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i va unga tutash hududlaridagi qadimdan o‘troq xo‘jalik tarziga ega bo‘lgan tarixiy – geografik viloyatlari Shosh, Farg‘ona, Ustrushona, Sug‘d, Buxoro, To‘xoriston va Xorazmning o‘sha davrdagi ya’ni VI asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning ikkinchi yarmi yarmida siyosiy – ma’muriy holati ularda hukm surgan sulolalarning kelib chiqishi, shajarasi ( genizisi) hukmdorlarning boshqaruv yillari qadimgi turk , xitoy, sug‘d, arab, fors, yunon, arman, yozma manbalaridagi ma’lumotlar asosida tadqiq qilindi. Shuningdek ushbu masalalarni yoritishda o‘lkamizdan topilgan ilk o‘rta asrlarga taalluqli arxeologik (asosan kumizmatik va epikrafik), materiallardan keng foydalanildi. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda miloddan oldingi VII asrda Kenggaros davlati bo‘lib, bu davlat milodiy V asrigacha yashab, Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent, Buxoro va Xorazmni o‘z ichiga olgan edi. Ko‘k tangri va turkiy yozuv amalda bo‘lgan Kenggaros davlati qangli, kenggaros, qipchoq, urug‘laridan iborat edi. Bundan tashqari boshqa tarixiy – antropologik manbamateriallaridan keng foydalanildi. Ko‘k turk xoqonligi VI asrning 60 – yillarida Eftalitlar davlatiga barham bergach, xoqonlikning hududi Amudaryo havzalarigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oladi va bu yerlarning boshqaruvi bevosita xoqonlik bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Ko‘k Turk xoqonligining Turkistonning Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi qismini boshqaruvi haqida tarixchilar orasida asosan biryoqlama fikr mavjud. YA’ni tadqiqotchilarning aksariyati hoqonlik mazkur o‘lkaning viloyat va shaharlari boshqaruviga aralashmasdan, bu yerdagi mavjud mahalliy, asosan eroniy sulolalardan o‘lpon olib turishbilan cheklangan, deb hisoblaydilar. Bitiruv ishda ushbu masala keng tadqiq qilinib, o‘sha davrgacha taalluqli turli manbalardagi ma’lumotlardagi ma’lumotlar taqqoslanildi va bu borada yangicha fikrlar bayon etildi. Ma’lum bo‘lishicha , xoqonlikning bu yerni boshqaruvi dastlab VI asr oxiri – VII asr bioshlarigacha bu yerda hukmron sulola, xitoy yilnomalarida Chjaovu ( musulmon manbalarida Jamuk) shaklida qayd etilgan xonadon vositasida olib borilgan. Chjaovu xonadoniga mansub sulolalar boshqaruvining arablar istilosi arafasida ham mavjud bo‘lganligini ayrim tadqiqotchilar takidlasalarda, ularning hukmronligi Tan – shu yilnomasidagi ma’lumotlardan ayon bo‘lishicha, ba’zi viloyatlarda VII asr boshlarida Ko‘k Turk xoqonligi tomonidan ba’zi viloyatlarda sulolalar tomonidan tugatilgan. Ko‘k turk xoqonligi Turkistondagi Chjaovuxonadoni boshqaruvini tugatgach, bu yerdagi viloyat va shaharning bir qanchasida kelib chiqishi xoqonlikning hukmdor sulolasi Ashina xonadoniga borib taqaladigan sulolalar vujudga keladi; Shosh : Ko‘k Turk xoqonligi tarkibiga kirgan dastlabki yillarda bu yerga kelib chiqishi Chjaovu xonadoniga taqaluvchi mahalliy sulola mavjud edi. Ushbu sulola 605 yilda Istami xoqonning chevarasi SHechuyxon ( 610 - 618) tomonidan ag‘darilib, boshqaruvga Dele tyanchi ( Tegin Tyanji) tayinlanadi. VII asr boshlaridan to VIII asr o‘rtalarigacha hukm surgan Shoshdagi turkiy sulola hukmdorlarining unvoni xitoy, sug‘diy, arab – fors manbalaridagi ma’lumotlardan ayon bo‘lishicha, “tudun chachinak” ( Chor tuduni ) iboralari uchrashi ham tasdiqlaydi. Xitoy manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, bu davrda Shoshni Tegin Tenchji ( 605 - 620), tan tutun ( To‘n tudun; 640 - 660), Mohedu tutun ( Bahodir tudun; 640 – 660), Mohedu tutun ( Bahodir tudun; 713 - 740 ), Inay tutun kyum ( Inay tudun Ko‘l; 741), Dele ( Tegin; 743) singari hukmdorlar boshqarganlar. Ko‘k Turk xoqonligi davrida Shosh vohasida turkiy tudun va sug‘diy xvabu unvonlaridan boshqa turkiy tegin, tarxon, tutiq unvonlari ham mavjud bo‘lganligi xitoy, sug‘diy va arab, fors manbalaridan ma’lum bo‘ladi. VII – VIII asrlarda Shosh vohasida bir necha hokimliklar mavjud bo‘lib, ular tomonidan olti xil tipdagi alohida tangalar zarb qilingan. Tadqiqotchilar ularning aksariyatini vohaning turkiy sulolalari bostirgan, deb hisoblaydilar. Xususan, ushbu tangalar orasida “ xoqon” unvoni bilan chiqarilgan tangalar uchraydiki, ehtimol ular Ko‘k Turk xoqonlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin28. Farg‘ona: xitoy yilnomalariga ko‘ra, VI asrning so‘ngi choragida bu yerda qadimiy Kyuy – Seu sulolasi mavjud bo‘lib, hukmdorlari Chjaovu unvoniga ega edilar. Bundan Farg‘ona hukmdorlarining kelib chiqishini Chjaovularga bog‘lash mumkin.VI asr oxirlariga kelganda esa ushbu sulola o‘rnini boshqasi olganligini ko‘ramiz. Xususan. Tan – shu yilnomasida keltirilishicha,VII asr ikkinchi choragida g‘arbiy turklardan Tan Moxedu (Tun Bahodir) Farg‘onanaing Kibi ismli hukmdorini o‘ldirgach, hokimiyatni xoqonlik lashkarboshlaridan biri Ashina Shuni qo‘lga kiritadi. 630 – yillarda ashina Shunining vafotidan keyin uning o‘rnini egallagan o‘g‘li Isbochji xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, qarorgohini sirdaryoning shimolidagi Tesaet ( Koson), shahrida ma’sis qilib, Farg‘ona hukmdori kibining Alyaotsan ( Aluchin) ismli amakivachchasini Xumin (Quva) shahrida noib qilib tayinlaydi. Yebochjining hokimiyati 658 yilgacha mavjud bo‘ladi. Shu sanadan boshlab esa Alyoatsan Tesoit ( Koson) shahriga ko‘chib, faoliayt yurita boshlaydi. Ehtimol, VIII asr boshlarida Farg‘onada mavjud bo‘lgan sulola ushbu Alyaotsanning avlodlari bo‘lgan. Chunonchi,Tabariy,712–723yillar voqealar baxsida Farg‘ona hukmdorining ismi Altar (xitAlyoada) ekanligini qayt etadi. O. I. Smirnova fikricha, sug‘diy hujjatlarda uchraydigan O‘t – tegin Nidan ( yoki Nilan) bilan Tabariy asarida Farg‘ona hukmdori Altarning jiayni va vorisi sifatida tilga olingan Isfara hokimi Nilan (722) bir shaxs bo‘lgan. Tadqiqotchi, O‘ttegin Nidan hamda uning o‘g‘li Altucho‘r (Farg‘ona hukmdori) ismlaridan ham aniq bo‘lishicha, ularning kelib chiqishi turkiylarga taqaladi, deb yozadi. Bundan ko‘rinadiki, mazkur Aluchin, Altar, O‘t- tegin Nidan, Altusurlar bitta sulolaga mansub turkiy hukmdorlar bo‘lishgan. VII – VIII asrlarda hukm surgan Farg‘ona hukmdorlari ixined unvonidan tashqari tegin, tutuq, cho‘r, tarxon kabi turkiy unvonlarga ega bo‘lganliklari sug‘diy, arab – fors manbalaridan ma’lum bo‘ladi. Bu davrda Farg‘onada ixinedlar boshqaruvidan tashqari “ tutuqlar” boshqargan hokimiyat ham mavjud bo‘lgan. Sug‘diy hujjat va tangalarda tutuq unvoni uchrashi bunga misol bo‘la oladi. Xitoy sayyohi Xoy Chao ( 726 ) g‘arbga qilgan safarida Chjenchju ( Sirdaryo ) daryosining shimolida turkiylarning, janubida esa arablarning hokimiyati mavjudligiga guvoh bo‘ladi. Bu paytda vodiyni Asilan degan ( Arslon tarxon) ismli turkiy hukmdor boshqalar edi. U turkiy tarxon unvoniga ega bo‘lgan. Axsikent va Quva shahar harabalarida arxeologik qazilmalarda topilgan VII - VIII asrlarda taalluqli tangalarda aks etgan hukmdor tasvirlarining turkiy qiyofada bo‘lishi ham Ko‘k Turk xoqonligi davrida vodiyning turkiy sulolalar tomonidan boshqarilganidan dalolat beradi. Xususan, Quva tangalarida sug‘diy yozuvda xoqon so‘zi aks etganligi diqqatni jalb qiladi. Ayniqsa, yaqinda Quvadan qadimgi turk – runic yozuvli bir dona nodir tanga topilganligi diqqatga sazovardir. Farg‘ona vodiysidan topilgan 30 ga yaqin ro‘zg‘or buyumi va turli asbob – uskunalarda qadimgi turk yozuvidagi bitiklar uchrashi ham bu yerda mavjud turkiy sulolalar hamda Ko‘k Turk xoqonligi boshqaruvi bilan aloqani bo‘lib, ularning anchagina qismi vodiyning o‘sha davrdagi ma’muriy markazlari bo‘lmish Quva, isfara shaharlari hududidan topilgan29. Sug‘d: vohada dastlab, Kesh ( Shahrisabz) keyinchalik Samarqand shahri markaz bo‘lib, ularning hukmdorlari Zarafshon va Qashqadaryo daryolari bo‘ylaridagi Kushoniya, Fay, Maymurg‘ Kubadan, Ishtixon, Panjikent, Naxshab kabi viloyat va shaharlar hokimlari ustidan nazorat qilardi. Xitoy yilnomalarida Kan (Sug‘d) hukmdorlarining kelib chiqishi Chjaovu sulolasiga taqalishi qayd etiladi. 1 Xitoy yilnomalarida VI asr so‘ngi choragidan VII asr uchinchi choragigacha Samarqandni Shifubi (Tayshebi, hukmronlik yillari. VI asr so‘ngi choragi), Kyuemuchji (600– 620) To‘nga(645)singari hukmdorlar boshqargani ma’lum bo‘ladi. Tan – shu yilnomasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, VII asrning ikkinchi yarmida Samarqandda sulola almashuvi ro‘y beradi. 650 – yillarda Fuhuman ( Sug‘d. Avarhumon. 650 - 670) ismli lashkarboshi hokimiyati egallaydi. L. Al’baumning fikricha, VII asrning 40 – yillarida vohada hukmronligini o‘rnatgan “ O‘n O‘q” hoqonlaridan Yuquq Dulujon ( Elbilga Turk xoqon: 638 - 642) shu asrning 40 – 50 yillarida To‘xoristonda qochishi paytida uning tarafdorlaridan biri, ehtimol turkiy dulu urug‘iga mansub bo‘lgan Avarxuman Samarqandda hokimiyatni egallab, o‘zini bu yerning yakka hukmdori e’lon qilgan va butun Sug‘d vohasiustidan hukmronlikni qonuniylashtirishiga erishgan. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, u dudu (tutuq) unvoniga ega bo‘lgan. Shu asrning so‘ngi choragida Samarqanddagi hokimiyatni lashkarboshilardan biri Dusoboti ( Sug‘d. Tukaspadak; 690 - yillar) qo‘lga kiritadi. Uning o‘g‘li Nineshimi (698 - 700) hukmronligidan keyin yana sulola o‘zgaruvi ro‘y beradi. Xitoy yilnomalarida takidlanishicha, Samarqand xalqi Tuxun ( Tarxun; 700 – 710 ) ismli bir kishini hukmdor qilib tayinlaydi. Tarxunning o‘rniga taxtga o‘tirgan, xitoy yilnomalarida Ulega (Ug‘rak – G‘urak) sifatida zikr etiluvchi birodari 710 – yildan to 738 yilgacha hukm suradi. Ushbu sulolaning kelib chiqishi haqida manbalarda aniq ma’lumot uchramasada Abu Xafs Umar ibn Muhammad an – Nafasiyning “ al – Qand fi zikri ulamo Samarqand” nomli asarida berilgan shajaradan ularning turkiy sulola vakillari bo‘lgani ayon bo‘ladi. An – Nafasiy G‘urakning avlodlaridan biri hadis roviysi bo‘lganligi haqida xabar berib, uning shajarasini quyidagi tartibda keltiradi : Abu Xusayn Ubaydulloh ibn al – Marzubon ibn Turkash Baqi ibn Kasir ibn Tarxun ibn Banicho‘r ibn, G‘urak al Bobdastoniy. Tadqiqotchilar fikricha, ushbu shajaradagi Banicho‘r, Tarxon, Turkash, Baqi kabilar turkiy ismlardir. G‘urakning nasabi xususida to‘xtalgan 3 B. Tug‘on, mazkur shajaraga tayanib, uni turkiy turgash urug‘iga mansub bo‘lgan, deb hisoblaydi. Tan – shu yilnomasida Uelga ( G‘urak) Doge ismli o‘g‘lini Tsao ( Ishtixon) shahriga, Mochjo ismli ikkinchi o‘g‘lini Mi ( Maymurug‘) shahriga hokim etib tayinlaydi, degan ma’lumot bor. Mazkur yilnomada Doge otasining o‘limidan keyin 738 – 750 yillarda Samarqand hukmdori bo‘lgani aytiladi. O. I. Smirnova tangalarda uning ismi Turg‘ar tarzida yozilgani hamda eroniy ism bo‘lmay, asli turkiy ism ekanini izohlash bilan birgalikda, G‘urakning ikkinchi o‘g‘li Mojno ismining hanuzgacha arab – fors manbalarida uchramasligini yozadi. Ko‘k turk xoqonligi davrida Sug‘d vohasida turkiy tarxon unvoni ham qo‘llanilganiga yunon, arab – for a va sug‘diy manbalardagi ma’lumotlar guvohlik beradi. Kesh (shahrisabz) viloyatida ham VI – VIII asrlarda ham turkiy sulola hukm yuritgan. Kesh VII asrning birinchi yarmida turkiy sulolaga mansub Duchje ( 600 – 640 ), Shashebi ( Sug‘d. Shulupiv; 640 - 660) singari hukmdorlar davrida Sug‘d vohasining yetakchi hokimiyat markazi bo‘lgan. Shuningdek ilk o‘rta asrlarga taaluqli Kesh tangalari ham bu yerda turkiy sulola bo‘lganini tasdiqlaydi. Naxshab viloyatida VII – VIII asrlarda zarb qilingan tangalarda ot tasviri va S – shaklli belgi mavjud bo‘lib, ularda aks ettirilgan hukmdor qiyofasi turkiy tipdadir. Bunga asoslanib, Ko‘k Turk xoqonligi davrida Naxshabni turkiy sulola boshqargan , deb, aytish mumkin. Buxoro : xitoy manbalarda keltirilishicha, bu yerning hukmdorlari Kan ( Sug‘d)dagi Chjaovu sulolasi bilan bitta tarmoqdan edi. Abu – Bakr an – Narshoxiyning “ Tarixi Buharo” asaridagi ma’lumotlardan esa Buhoro hukmdorlarining kelib chiqishi “ Jamuk” xonadoniga taqalishini payqash mumkin. Binobarin, xitoy manbalarida Buhorada hukmdorlik qilgan (SHeli) (609), Xelintsze (649) Sha (655- 660) singari shaxslarning Chjaovu sulolasidan ekanligi qayd qilinsada boshqalar uchun, bu ibora ishlatilmaydi. Demak, VII asrning ikkinchi yarmida bu yerda sulola almashinuvi ro‘y bergan deb taxmin qilish mumkin. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” va Firdavsiy “ Shohnomasi”dagi ma’lumotlarga tayanib, Buxoro vohasida kelib chiqishi Ko‘k Turk xonligiga borib taqaladigan sulola mavjud bo‘lganligi fikrini o‘rtaga qo‘yish mumkin. Jumladan, Buxoroda Abro‘y ismli hukmdor va unga qarshi turk xoqoni Qorachurin tomonidan sheri Kishvar ismli o‘g‘li boshchiligidagi yuborilgan qo‘shin hamda SHeri Kishvarning 587 yilda Abro‘yni o‘ldirib bu yerda hukmronlik o‘rnatganligi haqida bahs yuritadi. U Ko‘k Turk xoqonligi Eftalitlar qo‘shinidan Buxoroni olgach, bu yerda tayinlangan noiblardan biri bo‘lishi kerak. Narshaxiy, 673 yilda arablar Buxoro vohasiga yurish qilganlarida bu yerning hukmdori Budun buxorxudot bo‘lganini qayd qiladi. Budunning nasli tadqiqotchi Sh. Odilovga ko‘ra, SHeri Kishvarga borib taqaladi. Tabariy, 680 – yillar atrofida Budun o‘ldirilgach o‘rniga ayoli Xotun o‘tirganini zikr etadi. Arab – fors manbalarida qayd qilinishicha, Xotun 695 – yilgacha Buxoroni boshqargach, uning o‘rnini o‘g‘li Tug‘shoda 726 – yilda Asilan (Arslon) Dafodan Fali ismli birodarini Xitoyga elchi qilib yuborganini yilnomalarda qayd qilinadi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari Narshaxiy asaridan ma’lum bo‘lishicha, sug‘diy xudot unvonini qo‘llaganlar. Shuningdek vohaning Ko‘k Turk xoqonlariga taqaladigan hukmdorlari tegin, shod xotun singari unvonlarga ham ega bo‘lganligi ko‘rinadi. To‘xoriston: Termiz, Chag‘aniyon, Shuman Axarun, Vashgird, Rashd, Kmed, Pomir, Xutton, Vaxsh Qubodiyon, Karron, Shug‘non, Vahon, Badaxshon, G‘uganon, G‘archiston kabi viloyat va tumanlardan tarkib topgan To‘xoriston o‘lkasi VII – VIII asrlarda yebg‘ular vositasida boshqarilgan. Download 47.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling