G’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kirish I bob. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat
II BOB. TURK XOQONLIGI DAVRIDA TURKISTONDAGI SHAHARLAR
Download 47.92 Kb.
|
TURK XOQONLIGI
II BOB. TURK XOQONLIGI DAVRIDA TURKISTONDAGI SHAHARLAR
2.1. Turk xoqonligi davrida Turkistondagi shaharlar haqida ma’lumot Barcha turkey xalqlar mushtarak yozuv bo‘lgan O‘rxun-Enasoy yozuvlarining kashf qilinishi tariximiz uchun, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi uchun, qolaversa jahon tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yozuvning fan olamiga tanitiluvi 18 asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Asosan, eramizning 7-9 asrlarida yozilgan O‘rxun-Enasoy bitiklari qariyb ming yil davomida fan olamiga no‘malum bo‘lib qolaverdi. Ming yillar davomida ajdodlarimiz qullab kelgan bu yozuv 9 asrda uyg‘ur turklarining money dinini qabul qilib, sug‘d yozuviga asoslangan o‘z alifbolarini joriy etishi, shuningdek 7-8 asrlarda Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinib, arab alifbosining joriy etilishi natijasida tanazzulga yuz tutdi. O‘rxun-Enasoy yozuvlarining topilishi shved ofitseri F.I.Stranenberg faoliyati bilan bog‘liq. 1709 yilda Rossiya-Shvetsiya o‘rtasidagi Poltova jangida ruslar quliga asir tushgan Stralenburg Sibirga surgun qilindi. U 13 yil davomida janubiy Sibir hududlaridagi xalqlar hayoti bilan tanishdi va tadqiqot ishlari olib bordi. Stralenburg Enasoy daryosi bo‘yidagi noma’lum yozuvda bitilgan yodgorliklardan nusxalar ko‘chirdi. 1722 yilda vataniga qaytgach, u Pyotr, tarafidan Sibirga ekspeditsiya qilib yuborilgan fransiyalik olim Messermidt bilan birgalikda 1730 yilda janubiy Sibir xalqlari hayoti, etnografiyasi va u erdagi nama’lum bitiglar haqida mashhur “Evropa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jug‘rofiy tasviri” asarini nashr qildirdi. Bu asar bilan tanishgach G‘arbiy Yevropa olimlari orasida Sibirdagi no‘malum yozuvga qiziqish kuchaydi. Bu no‘malum yozuv Yevropaga run yozuvi deb atala boshladi. Uning run deb atalishiga sabab got(qadimgi german) yozuviga tashqi jihatdan o‘xshashligidir. Runa-sir ma’nosini bildiradi. Qadimgi germanlarning bu yozuvi Reyn va Dunay daryolari bo‘ylarida ko‘p tarqalgan edi. Mutaxasislarning ta’kidlashicha, eramizning II-III asrlarida german-run yozuvi kelib chiqqan. Qadimgi turkiy yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti esa, undan olis davrlarga borib tarqaladi. Turkiy xalqlar yozuvi g‘arbdagi german-run yozuvlari paydo bo‘lgunga qadar mavjud edi. Stadenburg va Meyesershmidtning asari bosilib chiqqach, bu yangi yozuv haqida munozaralar boshlandi. Bu yozuvning shakliga qarab slavyanlarga, goh kelt va greklarga nisbat berdilar. Ayniqsa, slavyan nazaryasi hukmron bo‘lib qoldi/ bu nazariya tarafdorlarining fikricha, turkiylar Sibirining turg‘un aholisi emas, shuning uchun yozuvlarning turkey xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. XIX asrning yarmida slavyan nazariyasi unitila boshlandi. Endi yangi Yevropa run nazariyasi paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib, Sibiryo hududini har tomonlama o‘rganish ancha olg‘a siljiydi, arxeologik topilmalar to‘plandi, yangi bitigtoshlar namunalari nashr qilindi. Bu yillarda qadimshunoslar Enasoy, Abaxan daryosi qirg‘oqlaridan, Oltinkul yaqinidan, Buluk daryosi bo‘ylaridan ko‘plab toshga yozilgan bitiglarni topdilar. Lekin bu yozuvlarining taqdiri ham avvalgi yozuvlarning taqdiriga o‘xshab noma’lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning yangi Sibir noma’lum bitiglarning turkey xalqlariga tegishli ekanligini birinchi bo‘lib rus olimi N.M.Yandinstev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganligini, turkey xalqlarning skif va gotlarga qo‘shni bo‘lganligini, bu yozuvlar turkey xalqlarga taalluqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitiktoshlarda nimalar ifodalangani noma’lumligicha qolaverdi. N.M.Yandinstev boshliq ekspeditsiyaning Urxun va Tola daryolariga qilgan safari bitiglarni butun dunyoga ma’lum va mashhur qildi. U topgan “tangachali” bitigtoshlar ko‘pchilik tarixchilarning diqqatini o‘ziga tortdi. U topgan Kul Tegin bitigtoshida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma’lum bo‘lishicha bitigtoshlarning biri Turk xoqoni va biri uning ukasi Kul Tegin sharafiga bitilgan ekan. Avvalgi Enasoy daryosi qirg‘oqlaridan topilgan Enasoy yozuvlari N.M.Yandinstev topilmasidan so‘ng O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb nomlandi. Bu yozuvlarning Yevropa run yozuvlariga o‘xshashligini nazarda tutib uni Turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar. Oradan ko‘p o‘tmay bu bitiklarning fanlarga mansub ekanligini isbotlash maqsadida fin olimi Xeykem boshlik ilmiy safar Mug‘ilistonga jo‘nadi. Ular ham ilmiy safar materiallarini bir necha bor nashr qildilar. 1891 yilda B.B.Radlov boshliq ilmiy safar a’zolari Rossiya Fanlar Akademiyasining kursatmasiga binoan, bitigtoshlar topilgan toshga Shimoliy Mug‘ulistonga kelib qadimshunoslik tadqiqotlari olib bordilar. 1891 yili N.M.Yandinstev Ungen daryosi bo‘yida yana bir bitigtosh topdi/ u fanda Ungin bitigtoshi deb yuritiladi. Oradan sal vaqt o‘tgach Yettisuvdan bitigtoshlar topilda. Ular shakl jihatidan O‘rxun yozuvidan ozgina farq qiladi. Yozuvlarni o‘qish daniyalik olim Velgelm Tomsen va rossiyalik V.V.Radlovlar zimmasiga tushdi. Nihoyat 1893 yil 25 noyabrda Tomsen O‘rxun daryosi qirg‘oqlaridan topilgan yozuvlarni o‘qiganligi haqida Daniya Qirolligi Fanlar Akademiyasi yig‘ilishida axborot berdi. V.Tomsen no‘malum yozuvlarni o‘qish bo‘yicha yirik mutaxasis, etnograf, tengi yo‘q tarixchi olim edi. Uning boshqa xalqlar yozuvini deshfirovka qilish o‘qishda qo‘llagan tajribasi O‘rxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo‘l keldi. U yozuvlardagi turli xil belgilarning qanday tovush ifodalanishini bilib olgach, unga tayangan holda Urxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqladi va birinchi marta “tangri” va “turk” so‘zlarini o‘qidi bitigtoshlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniq isbot topdi. Tomsendan keyin Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya F.A. yig‘ilishida Kul Teginga bag‘ishlangan bitigtoshni o‘qiganligi haqida ma’lumot berdi. V.Tomsen o‘qigunga qadar V.V.Radlov 1893 yil kuzigacha bu bitigtoshlardagi 15 harfni aniqlab bo‘lgan edi. Shunday qilib bu bitigtoshlarning run, yani sir emasligi isbotlandi. Ko‘chmanchi qabilalar haqidagi tarixiy ma’lumotlar avval Xitoy yilnomalaridan aniqlangan bo‘lsa, endi tarix uchun yangi manbalar paydo bo‘ldi. V.Radlov Turk shaxzodasi Kultegin (8 asr) xotirasiga yozilgan ulkan toshdagi matining transliterasiya va transkrepsiyasini tuzib nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni yuzaga keltiradi. Shundan boshlab qadimgi turkiy tillarni o‘rganish tilshunoslikning alohida tarmog‘iga aylandi. O‘rxun Enasoy yozuvi o‘ngdan chapga qarab yoziladi va o‘qiladi. Ba’zi hollarda yuqoridan pastga qarab ham yozilgan. Harflar bir-biriga ulanmay yakka-yakka turadi. So‘zlar orasi ikki nuqta (:) bilan ajratilgan. O‘rxun-Enasoy yozuvlari 38 harfdan iborat bo‘lib, unli va undosh harflardan tashkil topgan. Bu yozuvning bu qadar ko‘p harflardan tashkil topishining sabablari qadimgi turk tilining o‘ziga xos xususiyatlariga ega ekanligidir. Har bir tovush mustaqil harf bilan ifodalangan bu alifbo sistemasida ayrim undosh tovushlar 2-3 ta harfdan iborat bo‘lishi, ushbu undoshning qadimgi turk tilida qalin, o‘rtaga yoki ingichka variantlari mavjud ekanligi bilan izohlanadi. Atoqli sharqshunos olim. E.Polivanov ushbu yozuvning ajdodlarimiz qo‘llagan qadimgi turk tangalari asosida turkiy ideogrammadan kelib chiqqanligini isbotladi. Turkiy xalqlar qanchalik katta hududni egallangan bo‘lsalar, ular yaratgan yodnomalar shunchalik katta hududga yoyilgan. Bu yodnomalar O‘rxun daryosi bo‘ylaridan Dunaygacha Yoqutistondan Tobu cho‘ligacha, hatto Sharqiy Yevropagacha, janubda Amudaryo bo‘ylari Afg‘onistongacha tarqalgan. Bitiglar qadimgi turkiy qabilalar birlashmasining madaniy-siyosiy markazlariga va iqlim belgilariga qarab guruhlanadi, ular quyidagicha: 1. Shimoliy Mug‘iliston bitiglari: guruhga yirik bitiglar-Bilga xoqon, Tunyuquq, Kul tegin, Kuli Chur, Selenga, Qorabolg‘asun bitigtoshlari, shuningdek Xayto Tomirdan topilgan o‘nta yodnoma, Ixe-asxetidan topilgan ikkita yodnoma, Xangay va Tobidan topilgan mayday yodnomalar kiradi. Turkshunoslikda bu guruh O‘rxun bitiglari deb yuritiladi. 2. Enasoy bitiglari: bunga toshga, qoyaga, oltin va kumush idishlarga tangalarga yozilgan 70 dan ortiq bitiglar kiradi. 3.Lena-Baykal bo‘yi bitiglari: bunga 40 ga yaqin o‘qilishi qiyin bo‘lgan matnlar kiradi. 4. Oltoy bitiglari: bular unchalik ko‘p emas, bitta holga yozilgan yodnoma va qabrdan topilgan bir necha kumush idishdagi yozuvlar kiradi. 5. Sharqiy Turkiston bitiglari: bunga Turfondan topilgan va toshga bitilgan Dunxuan va Mirondan topilgan qog‘ozdagi yozuvlar, Irq bitigi kiradi. 6. O‘rta Osiyo guruhi bitiglari Yettisuv va Farg‘ona guruhidan tashkil topgan. Yettisuv guruhiga Tolasdan topilgan yodnomalar (tangalar,uy-ro‘zg‘or buyumlari, yog‘ochlarga bitilgan yozuvlar), Farg‘ona guruhiga keramika va metallga bitilgan yozuvlar mansub. Bu guruhga uchinchi guruh sifatida O‘zbekistonning janubidan topilgan (Qashqadaryo, Surxondaryo) bitiglarini, Afg‘onistonning shimoli va Amudaryo bo‘yidan topilgan bitiglarni ham qo‘shishimiz lozim. 7. Sharqiy Yevropa bitiglari: Donesk va Dunay guruhlariga bo‘linadi. Birinchi guruhga Novocherkassdan, Mayas shahridan, Sariqkuldan topilgan yozuvlar, ikkinchi guruhga Vengriyadan topilgan lekin, Nad-Sen-Miklosh topilmalari, kumush idishdagi yozuv va metallarga bitilgan yodgorliklar kiradi. Turkiy xalqlar jahon yozuv madaniyatiga ulkan hissa qushib kelganlar. Hozirgi kunda turkiy xalqlar alifboli yozuvi bundan 2500 yillar avval yaratilgan degan fikr toboro qa’tiyroq asoslanmoqda. Vaholanki, yaqin o‘tmishda bu yozuv 6-7 asrlarda Buyuk Turk xoqonligi davrida yaratilgan deb hisoblanardi. Chindan ham bizgacha etib kelgan bitiglar asosan 7-8 asrlarga oid edi. Bitiglarning ko‘pchiligi Enasoy daryosi oqimi havzasidan ko‘pchiligi Enasoy daryosi vodiysida topilgani uchun O‘rxun Enasay bitiglari deb qilinadi. Qadimgi turkiy yozuv obidalari Markaziy Osiyo va sharqiy Yevropa bo‘ylab, hatto Dunay havzasigacha chizilgan keng hududda hozirgi kunda ham topilmoqda. Shuning uchun bu yozuvga shartki ravishda O‘rxun-Enasay termini ishlatilmoqda. Bu yozuvning namunalari hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ko‘plab topilmoqda. Farg‘onaning Quva tumanida joylashgan ilik o‘rta asr shahri Kubo xarobalaridan qadimgi turkiy bitiglari topilgan. Bulardan tashqari O‘zbekistonning Qashqadaryo Andijon viloyatlaridan, Don, Kuban daryolari havzasidan, Kavkaz tog‘ining shimoliy yon bag‘irlaridan ham topilmoqda. O‘rxun-enasoy bitiklarida ijtimoiy-siyosiy hayotning aks ettirilishi. O‘rxun-enasoy bitiklari bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan madaniy va ma’naviy yodgorliklar sifatidagina emas, balki 6-8 asrlardagi tarimizni yorituvchi muhim manba sifatida ham qadrlidir. Biz bu bitiglar orqali o‘yga davr ijtimoiy hayoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu bitiglarning aksariyati 6-8 asrlarda Markaziy Osiyoda hukm surgan Turk xoqonligi davrida yozilgan bo‘lib, o‘nga davr ijtimoiy hayoti; siyosati, iqtisodi, sotsial turmushi madaniyati haqida ma’lumot beradi. O‘rxun-enasoy bitiklari turk xoqonligining qurilishi, gullab-yashnashi qulashi haqida, shuningdek Uyg‘ur xoqonligining qurilishi yillari haqida hikoya qiladi. Bitiglar ichida Tunyuquq bitigtoshi, bilga xoqon bitigtosh, Kul Tegin bitigtoshi, Ungin bitigtoshi, Suriya bitigtoshi, Shine-Usu bitigtoshi, Ixe-Xushuti bitigtoshi va Qorabolg‘asun bitigtoshlari o‘nga davr ijtimoiy-siyosiy hayoti uchun muhim manba hisoblanadi. Turk xoqonligining tashkil topishi davri haqida O‘rxun-enasoy bitiklarida ma’lumotlar bor, ammo oz. chunki bitiklarning aksariyati xoqonlik qurilgandan 100-150 yil keyin yozilgandir. Turk xoqonligining tashkil toppish davrini Xitoy manbalardan foydalanib yoritish mumkin. Kul-tegin bitigtoshida Turk xoqonligining tashkil topishi to‘g‘risida quyidagi: “ Yuqorida osmon, pastda qora yer yaratilganda, ikkisining o‘rtasida inson bola yaratilgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bo‘min Xoqon, Istami Xoqon, xoqon bo‘lib o‘tirganlar. Ular taxtga o‘rnashib turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini tutib turganlar pioya qilib turganlar. To‘rt taraf butunlay dushman ekan. Qo‘shin tortib to‘rt tarafdagi xalqni butunlay tobe qilganlar. Boshlini boshini egdirgan, tizzalini chukkalatgan”30 Bu satrlardan ko‘rinib turibdiki,Turk xoqonligining asoschisi Bumin va Istamilardir. Bumin turklarning Ashina (bo‘ri-xitoychada ashina ) urug‘idan edi. Ashina urug‘i VI asrning birinchi yarmida Oltoy tog‘larining Sharqiy etaglarida va madan qazib chiqariladigan yerlarda yani Qoshg‘ar, Yorkent, Ko‘cha vohalariga yaqin atroflarda yashar edilar. Download 47.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling