G’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kirish I bob. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat
O‘rxun – Enasoy yozuvlarining kashf etilishi va uning yoyilgan hududlari
Download 47.92 Kb.
|
TURK XOQONLIGI
2.2. O‘rxun – Enasoy yozuvlarining kashf etilishi va uning yoyilgan hududlari
O‘rxun-Enasoy bitiglari, avvalo turkiylar tarixi uchun muhim manba, shuningdek yozma adabiyotining ilk namunalaridir. Shu bilan birga, u etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar beradi. Topilgan ashyolar qadimgi turkiylarning urf-odatlari, turmush tarsi, ishonch sistemasiga oid ma’lumotlarni birmuncha to‘ldiradi. Turkiylar qabr toshlari, yani bitigtoshlar yoniga odamlarning tosh haykalchalarini qo‘yilgan. Ular balballar deyiladi. Balballar ma’lum hisob-kitob bilan o‘rnatiladi. Xoqon, lashkarboshi yoki amaldor jang paytida qancha dushman o‘ldirsa yoxud nechta yoki bola kasal bo‘lib o‘lsa, tosh haykalchalar shuncha o‘natilgan. Masalan, Bilga xoqon o‘zining sharafiga bitilgan yodnomada ta’kidlashicha, amakasi Qopag‘on xoqonning sharafiga atab o‘ldirilgan qirg‘iz xoqonning balbalini tikkan. Yana mazkur yodnomada to‘ng‘ich bolasi nobud bo‘lishiga atab Ku Sangunni balbal qilib qo‘yganini hikoya qiladi. Balbal tikish odati ma’lum. Ishonch, e’tiqodlar natijasidir. Turkiylar ruh ko‘chib yurishiga ishonganlar. Balballar ehtimol o‘lgan odamning ruhiga bag‘ishlangan qurbonlikdir. Shamanlik odatiga ko‘ra balballarning boshi kesib tashlangan. O‘sha davrda shaman dini Markaziy Osiyo va Sibirda asosiy din bo‘lib, ruhga topinishni anglatadi. Fin olimi Xeykel boshliq ekspedisiya a’zolari Kul Tegin bitigtoshini o‘rganayotganda undan 40 metr uzoqlikda qabr toshi topdilar. Bu yerda ulkan inshoat ham topildi. Inshoatda 7 tahaykal chiqdi. Haykallarning boshi yo‘q edi. Bitigtoshning atrofida 2 ta pachoqlangan hayvon haykalini ham topdilar. Shuningdek, atrofda boshi kesilmagan balballar ham bor edi. Har balbal sharq tomonga qaratib, qo‘yilgan edi. Boshi kesilgan balbal haykallar o‘ldirilgan dushmanlarni tasvirlaydi. Boshi kesilmagan balballar esa vafot etgan qabiladoshlarga atab o‘rnatilgan. Balballarning old tomoni sharqqa qaratilganining sababi bor. Sharq kun chiqishi bildiradi. Turkiylar quyoshni muqaddas deb bilishgan. Vafot etgan marhumlar ham xuddi turkiylarday quyoshga sajda qiladi deb tasavvur qilganlar. Qabr inshoatiga kirish joyidagi boshi pachoqlangan hayvon haykalining biri bo‘rini eslatadi. Bo‘ri totem sifatida turkiylarda katta yer tutgan. Turk xoqonligining asoschisi Ashina xonadoni ham xonadon nomini bo‘ri deb atashgan. Bo‘ri kallasi tasviri turkiylarning kundalik turmushida ham muhim rol o‘ynagan. Ular qaerga kelib o‘rnashsalar darvozaga bo‘rining kallasi tasvirini osib qo‘yganlar, o‘zlarining bo‘ridan kelib chiqqanligini doimo eslatib turganlar. Odam vafot etganda jasad chodirda saqlangan. Marhumning qarindosh urug‘lari ot va qo‘yni rosa yugurtirib, so‘ng chodir oldiga olib kelib, marhumga atab qurbonlik qilganlar. Bu marosimga ayollar ham erkaklar ham ishtirok etaverganlar. Qurbonlik keltirilgach, chodirning atrofini zotdor otlarda yeti marta aylanadilar. Marhumni dafn qilish uchun biror kun belgilangan. O‘sha kuni ular marhum xayrlashish uchun chodirga kiradilar. Chodirga kirishdan oldin yuzlarini o‘tkir narsa bilan tilib yig‘landilar. Bu haqda Bilga xoqon bitigtoshida shu tarzda ma’lumot bor: “Tung‘ich yili beshinchi oyning yigirma yettisida Li Sun Tay Sangun boshchiligida besh yuz odam keldi. Marosim shamlarini keltirib o‘rnatib berdi. Shuncha xalq sochini, qulog‘ini, yanog‘ini kesdi.” Qadimgi turkiylarda ruhining mavjudligi va abadiyligiga ishonganlar. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “o‘ldi”, “o‘lmoq” fe’li o‘rnida “ucha bordi”, “uchdi”, “kerak bo‘ldi” terminlarni mavjud bo‘lib, u ruhga ishoradir. Ajdodlar ruhiga yilning ma’lum vaqtlarida, asosan bahor oyining boshlarida qurbonlik qilinar edi. Qurbonlikka ot va qo‘y bag‘ishlanar edi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida turkiylar dini, diniy urf-odatlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar uchraydi. Turkiylar ishonch sistemasida Tangri eng borliq sifatida e’tiqodning asosini tashkil etar edi. Qadimgi turklarda Tangri yaratuvchi, haqiqiy iqtidor sohibi, inson taqdirini belgilovchi va inson hayotini hal qiluvchi sifatida tushunilardi. Shuningdek , Tangri samoviy mohiyatda bo‘lib, “Ko‘k Tangri ” deb yuritilar edi. Ko‘k Tangrining mug‘aviy ma’nosi “osmon xudosi” demakdir. Ko‘k Tangri dini tuyrkiylarda keng yoyilgan din bo‘lib, u monoteistik xarakterga ega edi. Bitiglarda Ko‘k Tangri so‘zi ko‘p uchraydi. Tangri qadimgi turklarda koinotning ilk sababi, yer va osmonni paydo qilgan yani borliqni yaratuvchisi sifatida e’tirof etilar edi. Kul Tegin bitigtoshida bu haqda quyidagicha ma’lumot uchraydi: “Yuqorida Ko‘k osmon, pastda qora yer yaratilganda ikkisining o‘rtasida inson bolalari paydo bo‘lgan.” Shuningdek, bitiglarda ma’lum bo‘lishicha, Tangri yaratuvchi qismatni belgilovchi, baxt(qut) beruvchi, irodasiga bo‘ysunmaganlarni jazolovchi, jon beruvchi va jon oluvchi, insonlarning hayotiga ta’sir etuvchi, mavjudodlarga va o‘simliklarga, hayot baxt etuvchi sifatida bilinear edi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida Tangrining yuqorida sanab o‘tgan sifatlari bilan birga quyidagi terminlar ham faqat Tangriga oid sifatlarni aks ettirmoqdadir: “Urushlarda Tangrining irodasi tufayli g‘alabaga erishiladi. Tangri xoqonlikka o‘tkazadi. Ulug‘ Tangri shafaqni cho‘ktiradi, o‘simlikni jonlantiradi. Tangri yarlaqagani uchun muvaffaqiyat qozoniladi. Tangri singanlarni tiklaydi, uzilganlarni ulaydi. Tangriga yolvorsa: baxt istas beradi, otlar kupayadi, insonning umri uzun bo‘ladi. Zamonni Tangri tuzadi, belgilaydi. Inson bolalari o‘ladigan qilib yaratiladi. ” Bitiglarda Tangri ba’zan: “Turk Tangrisi” shaklida ham kechadi. Bu esa Ko‘k Tangri dinining milliy din xarakteriga ham bo‘lganini ko‘rsatadi. Kul Tegin bitigtoshida kechgan ushbu satr bunga misol bo‘la oladi: “Yuqorida Turk Tangrisi, Turkning muqaddas yer-suvi (vatan )ni shu-shaklda tartibga solibdi. Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin deya, xalq bo‘lsin deya, otam Eltarish xoqonni, onam El Bilga xotunni Tangri o‘z martabasida tutib, yuqori kutargan ekan.” O‘rxun-Enasoy bitiglarida Umay degan ilohaning ham nomi uchraydi. Umay ona-qadimgi turkiylarda onalik sifatiga ega bo‘lgan bolalarni himoya qiluvchi iloha hisoblangan. Tunyuquq bitigtoshida ham Kul Tegin bitigtoshida ham Umay nomi zikr etilgan bo‘lib, u onalik, mehribonlik timsolida gavdalanadi. Qadimgi turkiylarda vaqt va zamonning hisoblanishi ham dasht(step) madaniyatining izlarini tanilmoqda edi. Bitiglardan ma’lum bo‘lishicha qadimgi turk taqvimi (kalendari) zar biri, biror hayvon nomi bilan atalgan (o‘n ikki yillik ) davrga) davra asosiga bo‘linar edi. Yillarning nomi shunday: atalardi: 1-chi yil sichqon, 2-nchi yil –ud (sigir), 3-nchi yil – bars(yulbars), 4 -nchi yil –tabishqan (quyon), 5- nchi yil –Lu (ajdarxo), 6- nchi yil –yilon (ilon ), 7- nchi yil –yunt (ot), 8- nchi yil –qo‘y, 9- nchi yil –bichin (maymun), 10- nchi yil –takigu (tovuq), 11- nchi yil –it, 12- nchi yil –tung‘ich. Turk taqvimida 1 yil 12 oydan tashkil topgan bo‘lib, birinchi oy, ikkinchi oy va xakazo yuritilardi. Kul Tegin bitigtoshida keltirilgan quyidagi satrlar Turk xoqonligi davridagi vaqt hisobi haqida atroflicha ma’lumot beradi: “Kul Tegin qo‘y yilida, o‘n yettinchi (oyning) kuni vafot etdi. To‘qqizinchi oyning oyning azasini o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitigtoshini bichin yilida yettinchi oyning yigirma yettinchisida butunlay tugatdik.” O‘rzun-Enasay bitiglari qadimgi turk adabiyotining ilk yozuvli namunasi bo‘lib kelmoqda. Bitiglarning ichida Irq bitigi adabiy janrga yozilganligi bilan ajralib turadi.VIII-IX asrlarda yozilgan Irq bitigi qadimgi turkiy adabiyotning bir namunasi sifatida katta ahamiyatga ega. Irq bitigi qadimgi turk mifologiyasi urf-odatlari zaminida shakllangan adabiy asardir. XIX asrning oxirida ingliz olimi Arnoled Steyn tarafidan Xitoyning Dunxuan shahrida qulyozma shaklida topilgan. Irq bitigi ingliz, rus va o‘zbek tillariga tarjima qilingan. O‘zbekistonda ushbu asar yuzasidan. A. Qayumov. Amalga oshirgan ish diqqatga sazovordir. Irq bitigining lug‘aviy ma’nosi fol kitobi demakdir. Ammo asar diniy kitob yoki asar emas. Asarning maqsadi xalqni ezgulikka chorlash. Shuning uchun Irq bitigini pandnasihat tipidagi asar deb qarash mumkin. Asarda davlat manfaatlari bosh o‘rin tutmaydi. Shuningdek, asarda folklore motivlarini, kosmologik va calendar mifni, lirik kayfiyatni, tabiatning jonli tasvirini kuzatamiz. Irq bitigi tush ko‘rish va uni ta’birlash shaklida yozilgan. Irq bitigidagi yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi goyaning farqlanishi, va g‘oyalarni keng xalq ommasiga etkazish (uchun) uning negizini tashkil qiladi. Irq bitigini ochishda xalqimizning etnografiyasi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ilonga bag‘ishlangan narsa jumbog‘li, bu narsani izohlashda o‘zbek xalqining tasavvurlariga tayanamiz, narsa shu tarzdadir: Men-oltin boshli ilonman, Oltin qarnimni qilich bilan kesganda Menga yo‘l indandir. Boshimga yo‘l uydandir”. Der. Shunday bilinglar: yomondir bu. (Irq bitigi B) Parchaning ostida shunday mazmun etadi: Agar uyda ilon paydo bo‘lsa, uni uch kungacha o‘ldirish kerak emas, to‘rtinchi kun o‘ldirish mumkin. Agar ilon uch kun ichida uydan ketsa, uy egasiga daromad, boylik keladi. Aks holda, baxtsizlik ro‘y berishi mumkin. Demak yuqoridagi epizodda ilon uch kun ichida o‘ldirilgani uchun yomonlik belgisi deb belgilanmoqda. O‘zbeklarda ham hozirga qadar agar odam ilonni o‘ldirsa, ilonning avlodlari o‘ch oladi” degan aqida saqlanib qolgan. Irq bitigi VII-IX asrlardagi turkiy xalqlarning totemezn haqida ham keng ma’lumot beradi. Totemizm turkiylarda faqat diniy qarashlarining mazmun emas, balki ularning dunyoqarashi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishini gavdalantiradi. Asarda totemlarning 2 xil talqin qilinganligini ko‘ramiz. Odam o‘zini hayvonlarga qarindosh deb biladi. Bunda ma’lum hayvonlardan biror urug‘ kelib chiqqan degan ishonch bor. Bo‘ri, qush, yo‘lbars, burgut kabi. Hayvonga nisbatan hurmat munosabati ifodalanadi. Ot oqqush, ayiq-shu guruhga mansubdir. Turkiy xalqlar jumladan o‘zbek xalqi ertaklari va dostonlaridagi ayrim parchalar bilan Irq bitigidagi parchalarning umumiy xamohangligi ularning qadimiy aloqasi xususida ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Irq bitigida shunday parcha bor: Bir odam urushga bordi, yo‘lda oti xastalanib qoldi. Odam oqqushga duch keldi, oqqush uni qanotiga mindirib osmonga ko‘tarildi va jo‘nadi. Ota-onasiga yetkazdi. Ota-onasi xursand bo‘lar deb, shunday bilinglar: yaxshidir bu.” (Irq bitigi 35) O‘zbek xalqi ertaklarida ham qahramonlarning taqdiri ko‘pincha uning otiga yoki qushlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, biz to‘liq ravishda turk avlodlarining orzu-umidlari, yorug‘ kunga ishonchi bizgacha yetib kelganligini hozirgi turkiy xalqlarning ertaklarida, masallarida, va folklorida ko‘ramiz. XULOSA Markaziy Osiyoda VI asrning ikkinchi yarmida yuz bergan siyosiy etnik jarayonlar natijasida tashkil topgan. Ko‘k Turk xoqonligi tez orada ushbu mintaqaning katta qismini o‘z ichiga olgan davlatga aylandi va VIII asrning ikkinchi yarmigacha mavjud bo‘ldi. Xoqonlikning tarixiy asarlari bo‘lmish bitiktoshlarda bu haqda keng ma’lumotlar bayon qilingan. Tariximiz uchun muhim manbalardan biri bo‘lmish O‘rxun-Enasay bitiglarini tadqiq qilish natijasida shuning guvohi bo‘amizki, bu manbalar faqatgina o‘z davri hayotini yoritgan, o‘z davri ijtimoiy hayotini aks ettirgan manbalar emasdir. Bu bitiglarda ajdodlarimiz o‘zlarining qimmatli o‘gitlari va nasihatlari bilan kelajak avlodlarga, ya’ni bizga ham o‘rnak bo‘ladigan qimmatli so‘zlarini toshlarga, qoyalarga bitib qoldirganlar. Bu bilan ular o‘z kelajak nasillari uchun qayg‘urganlar. Bitiglarda aks etgan ajdodlarimizning vatan tuyg‘usi shu qadar kuchliki, ularning bu xislati bugungi kunda ham yoshlarimizga o‘rnak bo‘ladigan darajada. Ushbu bitiglardan (tashqari) ma’lum bo‘ladiki, istiqlol berilmaydi balki tinimsiz kurashlar tufayli qo‘lga kiritiladi. Vatan mustaqilligini asrash, avaylash kerak bo‘ladi, buning uchun vatanparvarlik tuyg‘usi yuksak bo‘lishi lozim. Xalq va xokimiyat birdan va hamjihat bo‘lgandagina vatan hur bo‘ladi deyiladi bitiglarda. Shu paytgacha turkologi fanida tilshunoslik manbasi sifatidagi o‘rganilib kelingan. O‘rxun-Enasay bitiklari faqat o‘zining ushbu jihati bilangina muhim emasligi, Tunyuquq bitigtoshi, Kul Tegin bitigtoshi, Bilga xoqon bitigtoshlarini diqqat bilan ko‘zdan kechirganda ma’lum va ravshan bo‘ladi. O‘rxun-Enasay bitiklari nafaqat tariximizni, Markaziy Osiyo tarixini yoritishda muhim manba sifatida qadrli, balki ushbu bitiklarning vorislari bo‘lishi biz o‘zbeklar uchun, mustaqilligini qo‘lga kiritgan barcha turkiy davlatlar uchun istiqlolini mustahkamlashda muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu bitiglar barcha turkiy xalqlarning jumladan biz o‘zbeklar milliy tilining ilk ildizlari hisoblanmish O‘rxun-Enasay bitiklarining tili atroflicha, chuqur o‘rganilishi tadqiq qilishni talab qiladi. Chunki tilning sofligi uchun qayg‘urayotgan hozirgi davrda bu juda muhimdir. Hozirgi turkiy tillarning ko‘pchiligi jumladan o‘zbek tili ham 25-30 foizi ajnabiy so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, bu qardosh bir-birini tushinishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. O‘rxun-Enasay bitiklarining tili bo‘lmish qadimgi turkiy til o‘z sofligini saqlagan bo‘lib, o‘zining leksik boyligi bilan hozirgi turkiy tillar uchun manba vazifasini o‘tay oladi. Hozircha biz tilimizda qo‘llaydigan forscha, arabcha so‘zlarni ifodalay oladigan so‘zlar O‘rxun-Enasay bitiklarida anchagina. Shu bilan birgalikda bitiglar hozirda qo‘llanilayotgan atamalarning lug‘aviy ma’nosini ochishda, toponimlarni, xalq og‘zaki ijodini folklorni o‘rganishda qadimgi ota-bobolarimiz turmush tarsi, dunyoqarashi va tasavvurlarini aniqlashda muhim manba bo‘la oladi. O‘rxun-Enasay bitiklari qadimgi madaniyatimizning ilk kurtaglari bo‘lgani uchun ham qadrlidir. Chunki bu bitiglar o‘z milliy yozuvimizda yozilgandir. Zero, bu yozuvni ota-bobolarimiz o‘z taffakkurlari natijasida kashf etgandirlar. O‘rxun-Enasay bitiklarida aks etgan tarix yani 200 yillik davr voqea va hodisalarga boyligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Asosan Turk xoqonligi tarixi aks ettirilgan bu bitiglar, tarixchilar uchun muhim ma’lumotlar beradi. Bitiglar nafaqat Turk xoqonligi tarixi, shuningdek turli turkiy qabilalar o‘g‘uzlar, qarluqlar, qirg‘izlar, uyg‘urlar, basmillar, turgashlar va boshqalar tarixi ham aks ettirilgan. Mazkur qabilalar bugungi Markaziy Osiyo qardosh xalqlari, qozoqlar, o‘zbeklar, qirg‘izlar, uyg‘urlar va turkmanlarning etnik shakllanishida muhim rol o‘ynaganlar. Ma’lumki, O‘rxun-Enasay bitiklarida ifodalangan tarix bizning mamlakatimiz O‘zbekiton tashqarida asosan Mug‘uliston,Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Sibir va Sharqiy Turkiston hududlarida ro‘y bergandir. Lekin, bu bilan ushbu tarix biz o‘zbeklar uchun begona bo‘lib qolmaydi. Chunki O‘zbeklarning asosini tashkil qiladigan, etnik shakllanishida muhim rol o‘ynagan turkiy qabilalar qarluqlar, uyg‘urlar, basmillar va yuqorida sanab o‘tilgan hududlarda O‘rxun-Enasay bitiklarining asosiy qismi yaratilgan hududlarda yashaganlar. Demak, ularning tarixi bizning ham tariximizdir. Shuningdek, O‘zbekiston hududlariga oid ma’lumotlar bitiglarda uchraydi. Shuni ta’kidlash joizki, ma’lum bir xalqning etnik shakllanishi faqat bir geografik hududda ilk shakllanishi faqat bir geografik xududda ro‘y bermaydi. Xalq tarixi geografik xududlar bilan chegaralanmaydi. O‘zbek xalqi tarixini, qardosh Markaziy Osiyo xalqlari tarixidan ajratib o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki, uning ajralmas bir bo‘lagidir. Tariximizda ajnabiy bosqinchilarga qarshi kurashda, vatan ozodligi uchun bitilgan qahramonlik va jasoratlar ko‘rsatgan mashhur ajdodlarimiz: Afrosiyob, Tumaris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud tarobiy, Amir Temur, Dukchi Eshon , Qurbonjon Dodxo va boshqalar qatoriga Bumin, Istami, Eltarish, Bilga va Kul Teginlarni bemalol qo‘shib aytishimiz lozim. Chunki ular tariximizning unitilmas bir sahifasi bo‘lgan. Turk xoqonligining asoschilari va himoyachilari, turkiylarni Xitoy asoratidan qutqargan, istiqlol xarakatiga bosh bo‘lgan davlatni yuksaltirish uchun ulkan xizmatlari singan buyuk shaxslardir. Download 47.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling