G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Choyo’t (Hypericum perforatum K.)


Download 75.49 Kb.
bet12/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
доривор

Choyo’t (Hypericum perforatum K.) choyo’tdoshlar oilasiga ki­ruvchi, bo’yi 75 sm gacha bo’lgan ko’p yillik o’t. Bu o’simlikning bargi, novda va to’pgullari, ayniqsa gullash davrida dori-darmonlik xususiyatiga ega bo’lib, ulardan tibbiyotda oshqozon-ichak jigar, yo’tal, yara, zotiljam kasalliklarini da­volashda, qon ketishini to’xtatishda dori-darmon (sharbat yoki preparat) sifatida foydalaniladi. Choyo’tdan antibakterial xususiyatga ega bo’lgan imanin hamda oqsilli preparat giptal’bin tayyorlanadi. U shikastlangan to’qimani tiklaydi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, choyo’tdan olingan sharbat vena qon tomiriga yuborilsa, u yurak faoliyatini va qon bosimini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, oshqozon-ichak ishini tartibga soladi. Bu o’simlikdan Chexoslovakiyada ham nafas va oshqozon-ichak yo’llarida uchraydigan har xil kasalliklarni davolashda foyda­laniladi. Choyo’tning bunday shifobaxsh bo’lishiga sabab, uning tarkibida turli kimyoviy moddalar bo’lishidir; chunonchi; 3,8—13% tanid, 14% smola, 12% shakar moddalari, 0,2—0,5% efir moyi, giprozid-glyukozid, flavon-giperin, giperisin, psevdogiperisin karotin, antosian, organik kislotalar, mi­neral tuzlar va S, A vitamini bo’ladi.

Yirik andiz (Inula grandis L.) qoqio’tdoshlar oilasiga kiruvchi poyasi tik jo’yakli, tukli, bo’yi 100—175 sm keladigan ko’p yillik o’tdir. Yirik andizdan juda qadim zamonlardan buyon O’rta Osiyo va Yevropa xalqlari turli maqsadlarda foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sino bu o’simlikning ildiz va barglaridan bod, bug’im og’riqlari va et uzilishini davolashda foydalangan. Xalqimizning: Andiz bor joyda ot o’lmas deyishi bejiz emas. Xalq tabobatida hozirgi paytda ham andiz ildizidan tayyorlangan kukun va sharbatlardan balg’am ko’chiruvchi, siydik xaydovchi, haroratni pasaytiruvchi, qichima, ekzema, bavosil, sil kasalliklarini davolashda va gijja tushiruvchi dori sifatida, bargidan esa yaralarni davolashda foydalaniladi. Tibbiyotda uning ildi­zidan tayyorlangan dori oshqozon va yug’on ichak jarohatlarini davolashda ishlatilyapti. Yirik andiz manzarali va nektar (shira) ga boy o’simlik bo’lib, uning ildizidan gazmol bo’yashda ham foydalanish mumkin. Yirik andiz tarkibida organik moddalar, mineral tuzlar, S vitamini hamda efir moyi, 44% inulin, 6% tanid moddasi hamda birmuncha alkaloid va saponin moddalarining mavjudligi sababli u qimmatbaho dorivor o’simlik hisoblanadi. Bargida alantopikrin deb ataluvchi achchiq modda ham bo’ladi. Kuz faslida uning ildizida foydali moddalar miqdori ortadi. Demak shu vaqtlarda uni foydalanish uchun yig’ishtirib olish maqsadga muvofiqdir.


Download 75.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling