Gazlarni quritish usullari va jarayon parametrlari


quyidagi talablarga javob berishi lozim


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana21.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1790662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
gazlarni-quritish-usullari-va-jarayon-parametrlari

quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
a) konsentratsiya, bosim va haroratning keng oralig’ida yuqori yutuvchanlik 
qobilyati
b) bug’lanish hisobiga yo’qotishlar sezilarsiz bo’lishi uchun to’yingan bug’ 
bosimi past bo’lishi
c) yutilgan suvni quritgichdan sodda usullarda ajrata olish uchun qaynash 
harorati suvning qaynash haroratidan farq qilishi;
d) sodda usullarda aniq ajralishni ta’minlash uchun absorbentning zichligi 
uglevodorodli kondensatning zichligidan farq qilishi
e) absorber, issiqlik almashtirgichlar va boshqa modda almashinish jihozlarida 
gaz bilan yaxshi kontaktlashish imkonini berishi uchun ekspluatatsiya sharoitida quyi 
qovushqoq bo’lishi;
f) gaz komponentlariga nisbatan yuqori tanlovchanlik namoyon etishi ya’ni, ular 
bilan pat eruvchan bo’lishi; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 605
g) qo’llaniladigan ingibitorlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi ya’ni, 
neytral xossaga ega bo’lishi
h) korrozion faolligi past bo’lishi
i) gazli aralashmalar bilan kontakt sharoitida quyi ko’piklanishi
j) oksidlanish va termik parchalanishga qarshi yuqori turg’unlilik
Absorbent-glikol absorberda xomashyo gaz bilan kontaktida suvga to’yinadi. 
Bundan tashqari glikolning tizim bo’ylab sirkulyatsiyasi davomida turli qo’shimchalar 
yig’ilib qoladi.
MUHOKAMA 
Gazlarni qazib olish jarayonida suyuqlik tomchilari, kern zarralari, burg’ilash 
eritmasi qoldiqlari va shu kabi qatlamdan keluvchi boshqa qo’shimchalarning zararli 
oqibatlarini bartaraflash maqsadida konlarda tomchili suyuqlik va mexanik 
qo’shimchlardan tozalovchi kirish separatorlari qo’llaniladi.
Tomchili suyuqlik – qatlam suvi tarkibida muayyan miqdorda asosan natriy 
xlordan tarkib topgan erigan tuzlar saqlaydi. Bu tarkibda undan tashqari tuz tarkibida 
kal’siy xlor, kal’siy va natriy karbonatlari, magniy xloridi va shu kabilar uchraydi.
Kirish separatorlarida tomchili suyuqlikning gazdan to’liq ajralishiga erishib 
bo’lmaydi. Suyuqlikning bir qismi gazni suv bug’laridan xalos qilishda absorbent 
sifatida foydalaniladigan glikolga yutilib, absorberga o’tadi. Shu vaqtning o’zida 
glikolda og’ir uglevodorodlar, quritish qurilmasi jihozlarining korroziyalnish 
mahsulotlari va glikolni o’zining smolalanish hosilalari va shu kabilar yig’iladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi DEGda qo’shimchalarning mavjudligi gazlarni quritish 
qurilmasi ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, qizdirish va regeneratsiyalash 
jarayonlarida kristallik tuzlar, mexanik qo’shimchalar, gilmoya zarralari, qum va okalin 
(metal sirtida hosil bo’ladigan oksidlanish mahsulotlari), smolali mahsilotlar 
jihozlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida asfal’t kabi konglomerat (lot. conglomeratus — 
«yig’ilgan, jamlangan, to’plangan, zichlashgan» turli jinslarning tartibsiz aralashmasi) 
aralashma hosil qiladi. Qizdiriladigan sirtlarda bu kabi yotqiziqlarning paydo bo’lishi 
issiqlik almashinishni qiyinlashtirib, energiya-xarajatining oshishiga va apparatlarning 
issiqlik uzatuvchi sirtlarida ularning kuyishi hisobiga shikastlanib, ishdan chiqishiga 
olib keladi. 
Glikolda og’ir uglevodorodlarning yetarli miqdorda yig’ilishi qaynoq quvurlar 
sirtida uglevodorodlarning bir qismi cho’kib emul’siya ko’rinishida va plyonka paydo 
bo’lib, ikki fazali tizim hosil qildi. Bu jarayon devorlarning kokslanishini va natijada 
quvurlarning sirti notekis bo’lib qoladi. Quyi joylarida esa yuqori harorat ta’sirida 
parchalanadigan glikol va uglevodorodlar yig’iladi. Vujudga kelgan kislota korroziyani 
kuchaytirib, jihoz materialini buzilishiga olib keladi. Korroziya mahsulotlari glikolda 
to’planib, yuqoridagi muammolarni yanada chuqurlashtiradi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling