Gazlarni saqlashdan asosiy maqsad, iste’molchi aholi, sa


Sutkalik gaz ishlatish notekisligi va uni qoplash


Download 37.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1484800
1   2   3   4
Bog'liq
16mavzu tasis

13.2. Sutkalik gaz ishlatish notekisligi va uni qoplash
Sutka davomidagi gaz ishlatishdagi notekislik, sutka soatlarida
iste’molchilar tomonidan gazdan bir xilda foydalanmaslik oqi-
batida kelib chiqadi. Uning grafigi 42- rasmda keltirilgan.
Keltirilgan grafikdan ko‘rinib turibdiki, sutkaning 0 chi soati-
dan ertalabki soat 6 gacha va 22 dan 24 gacha bo‘lgan vaqtlarida
gaz kam ishlatiladi, qolgan soatlarda esa tegishlicha ko‘p ishla-
tiladi. Sutka davomida gazdan foydalanish notekisligini qoplash
uchun shahar yaqiniga gazgolderlar quriladi. Bu gazgolderlarga
sutka davomida hosil bo‘lgan ortiqcha gaz (3) haydalib, kunduzi
42- rasm.
Sutkalik gaz ishlatish notekisligi grafigi:
1
– o‘rtacha sutkalik gaz ishlatish; 2– maksimal gaz ishlatish chegarasi;
3
– minimal gaz ishlatish chegarasi.


100
esa (o‘rtacha sutkali gaz sarfiga ko‘ra) yetmayotgan gaz (2) ning
miqdori gazgolderlardan olinib, shahar gaz tarmog‘iga beriladi.
Sutka davomida hosil bo‘lgan ortiqcha gaz hajmi (3) yetmay-
digan gaz (2) hajmiga teng bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, sutka davomidagi gaz ishlatish
notekisligini qoplash uchun past va yuqori bosimli gazgolder-
lardan foydalaniladi. Past bosimli (4000 Pa) gazgolderlarning
hajmi 100 ming m
3
gacha bo‘lib, ularning soni va hajmi sutka
davomida hosil bo‘ladigan ortiqcha gazning maksimal hajmiga
ko‘ra aniqlanadi. Sutkalik gaz iste’moli notekislikni qoplash
uchun gaz ombori sifatida magistral gaz quvurining oxirgi
bo‘limi ham ishlatiladi. Magistral gaz quvurining oxirgi
bo‘limining o‘zi alohida yoki gazgolderlar bilan birgalikda ish-
latilishi mumkin. Ishlatilish tizimi texnik-iqtisodiy ko‘rsat-
kichlarga ko‘ra aniqlanadi.
Yuqori bosimli gazgolderlar yotiq va sferik ko‘rinishda bo‘lib,
ular 0,25–1,8 MPa (2,5–18 kgs/sm
2
) bosim ostida ishlashga
mo‘ljallangan.
Sferik ko‘rinishdagi gazgolderlarning hajmi 300–400 m
3
ga,
yotiq gazgolderlarning hajmi esa 50–270 m
3
ga teng.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling