Gazlarni saqlashdan asosiy maqsad, iste’molchi aholi, sa
Download 37.63 Kb. Pdf ko'rish
|
16mavzu tasis
13.3. Yer osti gaz omborlari
Òexnik-iqtisodiy hisoblardan kelib chiqqan holda gazdan foy- dalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda yer osti gaz om- borlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Saba- bi, yer ustida bir necha mln m 3 li gaz saqlaydigan gazgolderlarni qurish ko‘p mablag‘ bilan birga ko‘p metall sarfini ham talab qiladi. Shuningdek, aholi yashash punktlari yaqinida xavfli yong‘in o‘choqlari hosil bo‘ladi. Gazdan foydalanishning mavsumiy notekisligini qoplashda quyidagi yer osti gaz omborlaridan foydalaniladi. Ishdan chiqqan neft va gaz konlari asosida, suv va tuz qatlamlari hamda sun’iy qazilmalar asosida hosil qilingan yer osti omborlari. Keltirilgan omborlar ichida ishdan chiqqan neft-gaz konlari asosida hosil qilingan gaz omborlari ko‘proq ishlatiladi. Chet el- larda umumiy saqlanadigan gazning 90 foizi ana shunday yer osti gaz omborlarida saqlanadi. 101 Bu turdagi gaz omborlarida oldindan mavjud bo‘lgan yer usti, yer osti kommunikatsiya va qurilmalarining mavjudligi hamda ular- dan to‘liq foydalanish omborlarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Respublikamizda bunday omborlardan 3 tasi mavjud. Bu- lar Shimoliy So‘x, Gazli va Xo‘jaobod yer osti gaz ombor- laridir. Keyingi paytlarda suv qatlami asosida hosil qilingan gaz om- borlaridan ham foydalanilmoqda. Bunday omborlarni hosil qilish- da gazni yer ostiga haydash va undan olish uchun yer usti, yer osti kommunikatsiya hamda qurilmalarini qurish kerak bo‘ladi. Bunday gaz omboriga «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori misol bo‘ladi. Mustaqillikkacha «Poltoratskiy» yer osti gaz ombori respub- likamiz qaramog‘ida bo‘lib, undan Òoshkent va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarini gaz bilan ta’minlashda foydalanilgan. U 1965- yili ishga tushirilgan, umumiy hajmi 1,1 mlrd m 3 ga teng. Gaz saqlaydigan hududining uzunligi 7 km, eni 2 km. 1995– 1996- yillarda undan olib ishlatilgan gazning hajmi 345 mln m 3 ni tashkil etgan. Bunday omborlarga gazni haydash va olish texnologi- yasining prinsiðial chizmasi 43- rasmda keltirilgan. Gaz magistral gaz quvuri (1) dan va oraliq quvuri (2) orqali chang ushlagich (3) ga keladi. Kelayotgan gazning bosi- mi 2,5 MPa atrofida bo‘ladi. U yerda gaz turli mexanik ifloslik- lardan tozalanib gazomotokompressorlar (4) ga keladi. Kom- pressor sexida GK turidagi motokompressorlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Kompressorlar yordamida gaz ikki pog‘onada siqilib, uning bosimi 11-12,5 MPa gacha ko‘tariladi. Siqilish jarayonida isigan gazning harorati (har bir siqish pog‘onasidan keyin) sovitgichlar yordamida (50–60°Ñ) gacha sovitiladi va tarkibi kompressorlardan o‘tgan yog‘lardan tozalanadi. Òozalash sik- lon separatori (6), ko‘mir adsorberi (7) va keramik filtri (8) yordamida amalga oshiriladi. Siklon separatori (6) da gaz konden- satsiyalangan og‘ir uglevodorod va yog‘ zarrachalaridan tozal- anadi (birinchi pog‘ona tozalash). Ikkinchi pog‘ona tozalash jara- yoni ko‘mirli adsorber (7) da amalga oshiriladi. Juda mayda yog‘ zarrachalari (diametri 20–30 mkm) adsorber (7) ichidagi faol- lashtirilgan ko‘mirga yutiladi. Gazdagi o‘ta mayda yog‘ bug‘lari 102 esa keramik filtr (8) da ajratilib olinadi. Sovitilgan va yog‘lardan tozalangan gaz gazni taqsimlash punkti (9) ga keladi. U yerda gazni quduq (10) lar bo‘yicha taqsimlash va haydalayotgan gaz hajmini aniqlash ishlari bajariladi. Foydalaniladigan quduq (10) lar orqali gaz yer osti gaz ombori (11) ga keladi hamda u yerda kerakli muddatgacha saqlanadi. Ishlatish uchun olinadigan gaz yer osti gaz ombori (11) dan foydalanilayotgan quduq (10) lar orqali gaz taqsim- lash punkti (9) ga keladi. U yerda gaz separatorlar yordami- da tomchisimon ko‘rinishdagi suvlardan tozalanadi. Keyin gazning bosimi shtutser (12) yordamida tegishli bosimgacha kamaytiriladi. Bosimi kamaytirilgan gaz quritish uchun di- etilenglikol (DEG) qurilmasi (13) ga haydaladi. Quritilgan gaz chang ushlagich (3) orqali magistral gaz quvuriga hay- daladi. 43- rasm. Download 37.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling