G’aznachilik” fakulteti
Servis va qo’shimcha elementlar
Download 336.64 Kb.
|
Turg\'unov Diyorbek (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Yuqoridagi hisob-kitoblarga asosan, baholash obyektining qiyosiy yondashuv bilan aniqlangan baholash qiymati quyidagicha: 579560282 (besh yuz yetmish to’qqiz million besh yuz oltmish ming ikki yuz sakson ikki) so’m Muvofiqlashtirish natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan: 5-jadval8
Olingan o’ziga xos og’irliklardan foydalanib, baholash ob’ektining o’rtacha vaznli qiymati aniqlangan: 6-jadval9
Demak, baholash ob’ektining baholash maqsadlari uchun baholash sanasidagi aniqlangan bozor qiymati quyidagicha: 579560282 (besh yuz yetmish to’qqiz million besh yuz oltmish ming ikki yuz sakson ikki) so’m. Har bir yondashuvning nisbiy og'irliklarini aniqlashda biz ierarxiyani tahlil qilish usulidan foydalandik, bu turli xil baholash usullaridan foydalangan holda olingan natijalarni muvofiqlashtirish usuli va natijalarni muvofiqlashtirish muammosining parchalanishiga va uni ierarxiya sifatida taqdim etishga asoslangan.Ushbu hisobotda qo'llanilgan faktlar, taxminlar va baholash usullariga asoslanib, men quyidagi xulosaga keldim: baholanayotgan ob'ektning bozor qiymatining kelishilgan qiymati baholash sanasida (yaxlitlashni hisobga olgan holda): S = 1 730 000 000 So'm. (Bir milliard yetti yuz o'ttiz million so'm) deb belgilandi. "Baholash faoliyati to'g'risida" gi Qonunning 18-moddasiga binoan10, hisobotda ko'rsatilgan baholash ob'ektining qiymati baholash ob'ekti bilan bitim tuzish uchun tavsiya etiladi.Ushbu qiymat faqat yuqorida ko'rsatilgan maqsad uchun mo'ljallangan va tavsiya etiladi. Yakuniy qiymat egasi tomonidan belgilanadi. Hisoblangan qiymatning ushbu qiymati QQSni hisobga olmagan holda aniqlanadi. O'zR mol-mulkini baholashning yagona milliy standarti "ko'chmas mulk qiymatini baholash" bandiga muvofiq, baholash ob'ektining bozor qiymati oldi-sotdi bitimi va bitim bilan bog'liq soliqlarni amalga oshirish xarajatlarini hisobga olmagan holda belgilanadi. Xulosa Ushbu amaliyot sohadagi bilim va tushunchalarimni chuqurlashtirish imkonini beruvchi noyob va qimmatli tajriba bo‘ldi. Amaliyot davomida bank sohasida mulkni baholash va baholash faoliyatini o’rni, shu sohalar bilan bog‘liq turli topshiriq va loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bundan tashqari, amaliyot jarayoni kreditlash tartib-qoidalari, moliyaviy rejalashtirishda baholashning rolini kuzatish va o‘rganish imkoniyatini ham berdi. Menga o'z tajriba va bilimlari bilan o'rtoqlashgan professionallar jamoasida ishlash imkoniyati berildi, bu men uchun qimmatli o'quv tajribasiga aylandi. Ko’plab ko’nikmalar hosil boldi, o’z ishimga yanada mas’uliyatliroq yondashish, tirishqoqlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, izlanish olib borish kabi ko’nikmalarga ega bo’ldim. Eng muhimi men amaliyot davomida baholash faoliyatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlab oldim. Garchi ushbu amaliyot qisqa muddat ichida bo’lgan bo’lsada menda ulkan ijobiy taasurot, bilim va ko’nikmalar qoldirdi. Amaliy tajriba orttirish va nazariy bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish amaliyotning muhim jihati bo‘ldi. Bank sohasidagi hamkasblarning professionalligi va mas’uliyati, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va qarorlar ishonchliligini ta’minlashda baholash faoliyatining ahamiyati menda katta taassurot qoldirdi. Amaliyot baholash va bank sohasida rivojlanishni davom ettirishga bo'lgan qiziqish va xohishimni kuchaytirdi va olingan bilimlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatimda qo'llash niyatidaman. Mamlakatimizda ushbu faoliyatni yuksaltirish borasida ko’plab chora-tadbirlab qo’llanilib kelinmoqda. Bularning dalili qilib “O’zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti” yaratilgani, baholash faoliyat bo’yicha Jahon iqtisodiyotida yuqori o’rinlarda turgan mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasidagi say harakatlarni keltirsak bo’ladi. Kelajakda men ham albatta yetuk kadr bo’lib baholash faoliyati borasida ko’plab yutuqlarga erishib, o’z sohamni rivojlantirish uchun ulkan hissa qo’shishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Umumiy xulosa qilib aytadigan bo’lsam tanishuv amaliyoti biz kabi talabalar uchun juda foydali bo’lib, kelajakda o’z sohasining yetuk mutaxasisi uchun, talabada mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni olish uchun zamin yaratib beradgan ulkan shart-sharoit desak adashmagan bo’laman. Faqatgina bu imkoniyattan har bir talaba unumli foydalangan holda o’z bilim ko’nikmalarini mustahkamlab olishi kerak. Men ham kelajakda shu imkoniyatlardan foydalangan holda o’z mutaxassizligim bo’yicha yetuk kadr bo’lib, O’zbekistonda baholash faoliyati rivojlantirmoqchiman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling