G’aznachilik” fakulteti


Download 336.64 Kb.
bet1/10
Sana28.10.2023
Hajmi336.64 Kb.
#1728589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turg\'unov Diyorbek (2)



№___ ___ ___ 2022 y.
______________


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Budjet hisobi va g’aznachilik fakulteti

Baholash ishi va investitsiyalar”kafedrasi


BAHOLASH ISHI” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOTI


H I S O B O T I


Bajardi: BBI-80 guruhi talabasi
Turgʻunov Diyorbek
Rahbar: o’q. D.Iskandarova
Toshkent-2023

Mundarija

Kirish 3
1. Mulk qiymatini baholash faoliyati tushunchasi va mazmuni, baholash faoliyati obyektlari va subyektlari. 5
2. Ko’chmas mulk qiymatini baholash maqsadlari va xususiyatlari. 8
3. Baholash faoliyati jarayonida qo’llaniladigan standartlar. 12
4. Baholash faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi omillar. 21
5. Turar joy ko’chmas mulk oyekti qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni. 24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 39


Kirish


Men Turgʻunov Diyorbek Ergashali o’g’li 29.05.2023 dan 16.07.2023 gacha tanishuv amaliyotini OOO’’BARQAROR BAHOLASH ’’ tashkilotida o’tadim.
Bugungi kunda mamlakatimizda rivojlanib borayotgan sohalar juda ko’p. Lekin bu sohalar ichida baholash faoliyati alohida ajralib turadi. Bundan bir necha yil ilgari baholash faoliyatiga ko’p ham e’tibor qaratilmagan. Masalan yaqin yillargacha Yurtimizda Biznesni baholash, investitsiya, investitsion loyihalarni baholash, intellektual mulkni baholash va shu kabi yo’nalishlarda ish olib borilmas edi, olib borilsa ham juda oz miqdorda faoliyat olib borilgan. Ammo bugungi kunga kelib baholash faoliyati o’ziga aloqador bo’lgan deyarli barcha sohalarni qamrab oldi. Bu esa o’z navbatida hozirgi zamonda baholash faoliyati dolzarbligini keltirib chiqaradi. O’zbеkiston Rеspublikasining «Baholash faoliyati to’g’risida» qonuniga muvofiq O’zbеkiston Rеspublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta'minlash sohasida, baholash ishlarini tartibga soluvchi mulkni baholash milliy standartlari va boshqa mе'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorati o’rnatilgan.
Kelajakda mustaqil baholash tizimining rivojlanishi, baholash xizmatlarining sifati va professionallik darajasini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini samarali tartibga soluvchi usullarni tatbiq etish, o’tkazilayotgan baholash ishlarining obyektivliligi va baholovchilarni natijalar uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida 2018 yil 01-iyunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‟risida”gi PQ-3764-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga muvofiq ravishda shu soha bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash va baholash xizmatlarini ko’rsatish bo'yicha ularning ishlari natijalarining sifatiga talablar ortdi.
So'nggi yillarda O’zbekistonda ko’chmas mulk qiymatini baholash bo’yicha nazariy va amaliy faoliyat mahalliy hamda xalqaro tajribalar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro tajribalar ko'chmas mulk qiymatini baholashning asosiy uch yondashuvi (xarajatli, qiyosiy (yoki bozor) va daromad) ga birlashgan ko’plab baholash usullarni o’z ichiga oladi. Bu usullar har bir mamlakatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-mentalitet taraqqiyotidan va o’ziga xosligidan kelib chiqib yaratilgan va rivojlanmoqda. Respublikamiz ham uchta yondashuvning o’z milliy taraqqiyotiga mos usullari tanlab baholash xizmatlarini bajarmoqda. Foydalanayotgan va endi kiritiladigan baholash usullarini chuqur ilmiy va amaliy asoslash va maqbullashtirish lozim. Baholash faoliyati taraqqiyotiga hissa qo’shuvchi vositalardan biri uslubiy ta’minotdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ishlab chiqilgan “Toshkent Moliya institutini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi” asosida hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ta’lim olayotgan talabalar tanishuv amaliyoti 23.03.2016 yil № 10-29/06 sonli O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan tuzilgan uzoq muddatli o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, baholash kompaniyalari, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklarida o’tkazadilar. Eng avvalo shuni aytish joizki biz bu amaliyot davomida baholash uchun kerak bo’ladigan dasturiy taminotlar bilan tanishdik, qonunlar, farmonlar, yagona milliy baholash standartlari bilan tanishim chiqdik bu bizning bilimlarimizni mustahkamlashga katta yordam berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.



Download 336.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling