G’aznachilik” fakulteti


Download 336.64 Kb.
bet6/10
Sana28.10.2023
Hajmi336.64 Kb.
#1728589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turg\'unov Diyorbek (2)

1-rasm1

O‘zbekiston Respublikasida rieltorlik faoliyatiga yangi talablar joriy etildi. Quyidagi misollar:
Birinchidan, litsenziyalash bekor qilindi, jamoat tashkilotlari butun mamlakat bo'ylab tarqaldi. Rieltorlik agentliklari jamoat tashkilotlariga qo'shilishlari shart qilib belgiladilar. Shuningdek, ko‘chmas mulkka investitsiya xizmatlarining yangi turlari belgilandi. Ayni paytda mamlakatimizda rieltorlik faoliyatining to‘rt turi bo‘lib, 278 ta rieltorlik tashkiloti va 1849 ta rieltorlik agentligi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2-rasm2

O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini litsenziyalash va Rieltorlik agentliklarini sertifikatlash bo‘yicha kengash tomonidan turli tadbirlar amalga oshirilib, muayyan yutuqlarga erishildi. Misol tariqasida baholash va rieltorlik faoliyati sohasida turli me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu borada turli anjumanlar, seminarlar, treninglar ham tashkil etildi.
3-rasm3

Yuqoridagi takidlagan o’zgarishlar Yagona milliy baholash standartlarida ham kuzatildi. Masalan, asosiy vositalar, ko‘chmas mulk, yerdan foydalanish huquqi, transport, balansdan tashqari aktivlar, aksiyalar va biznesni baholash sohalarida qator o‘zgarishlar yuz berdi.
4-rasm4

2019-yilda 2016-yilga nisbatan ko‘rsatilgan baholash xizmatlari soni 377 taga, hisobotlar soni 12 495 taga, shartnomalar soni 1 165 taga kamaydi.

5. Turar joy ko’chmas mulk oyekti qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni.


Fuqaro Akilbayeva Dilfuza Kurashovna hamda “BARQAROR BAHOLASH" MCHJ o‘rtasida tuzilgan 2023-yil 05-maydagi NoH-187 sonli shartnomaga asosan baxolash obyekti xisoblangan manzilida joylashgan, kadastr raqami 11:22:01:01:10:0058:0001:018-sonli, Fuqaro Akilbayeva Dilfuza Kurashovnaga to‘liq mulk xuquqida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk (turar-joy)ni Bank krediti uchun garov maksadida baholash ishlari “BARQAROR BAHOLASH” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

  • Baholash maqsadi: bank krediti uchun garov

  • Baholash sanasi: 01.04.2023

  • Belgilangan qiymat turi: bozor qiymati.

  • Baholangan huquqlar: binoga to'liq egalik.

Baholash mahalliy va xalqaro baholash amaliyotida qabul qilingan usul va tamoyillarga asoslangan holda baholash ishi amalga oshirilgan.
Hisobotni tahlil qilish jarayonida ish bozor analizidan boshlanganligini va viloyatlararo turar joy oldi-sotdisi tadqiqoti olib borilganligini guvohi bo’ldim. Bunga ko’ra, 2022-yil fevral oyida O’zbekistonda ro’yxatga olingan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 22 mingtani tashkil etgani, bu 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan 24,1 foizga oshgani ta’kidlangan. Hududlar kesimida fevral oyida eng yuqori o’sish sur’atlari Buxoro (50,8%), Namangan (37%), Farg’ona (30,9%) va Xorazm (29,6%) viloyatlarida qayd etilgan. Tuzilgan bitimlar sonining kamayashi Toshkent (-13,4%), Navoiy (-6,4%) va Andijon (-1,9) viloyatlarida kuzatilgan.
Xarajat yondashuvidan foydalangan holda baholash ob'ektining qiymatini aniqlashda baholovchi quyidagilarni hisoblaydi:

  • takomillashtirishni qayta ishlab chiqarish yoki almashtirish xarajatlari;

  • tadbirkorning foydasi, bu tadbirkorning (investorning) ko'chmas mulk ob'ektini yaratishda o'z kapitalidan (investitsiyalaridan) foydalanish xavfi uchun haq to'lashi;

  • yaxshilanishlarning to'plangan eskirish miqdori;

  • yer uchastkasidan foydalanish huquqining qiymati;

  • baholash ob'ektining yakuniy qiymatini amortizatsiya bo'yicha almashtirish qiymatini to'g'rilash, keyinchalik er uchastkasidan foydalanish huquqi qiymatini qo'shish orqali hisoblash.

Ko'chmas mulkning bozor qiymatini hisoblash quyidagi formula bo'yicha amalga oshirildi:
Sn = Sz + Sstr + PP - I,
Bu yerda:
Sn - mulkning qiymati;
Sz - yer uchastkasining qiymati;
Sstr - ob'ektni almashtirish qiymati;
PP - tadbirkorning foydasi;
I - yig'ilgan amortizatsiya.
Baholash jarayonida baholovchilar baholash obyektiga o'xshash obyektlarni aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Aniqlangan ob’ektlaring ma’lumotlari tahlil qilinib ob'ektning qisqacha tavsifi keltirilgan:
1-jadval5

Nomi

Xonadon

Manzili

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar, Ramadon MFY, Navruz ko’chasi, 9-uy, 18-xonadon kvartira xonadon

Egasi

Akilbayeva Dilfuza Kurashovna

Bino va inshootlarga bo’lgan huquq

mulk

Ichki balandligi

2,85

Umumiy maydoni

70.79

Yashash maydoni

28,6

Iqtisodiy zona

-

Kadastr hujjati

Sana; 26.07.2022
No 11:22:01:01:10:0058:0001:018

Bino, inshootlar va ko’p yillik daraxtlarga GUVUHNOMA

-

Yashash xonalar soni

3

Qavatliligi

4 qavatli binoning 2-qavati

Poydevor

beton

Devor

Pishgan g’isht

Download 336.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling