G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


III guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish amaliyoti


Download 113.04 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1393096
1   2   3   4   5
Bog'liq
gAZNACHILIK REFERAT

2.2. III guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish amaliyoti


III guruh xarajatlari boʼyicha moliyaviy majburiyatlar kapital qoʼyilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonun hujjatlariga muvofiq hisobvaraqfaktura oʼrnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
III guruh xarajatlari boʼyicha moliyaviy majburiyatlar gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʼlash uchun ruxsatnoma doirasida roʼyxatdan oʼtkaziladi va hisobga olinadi
Kapital qoʼyilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan soʼng roʼyxatdan oʼtkazish yoki hisobga olish uchun ularning asli va nusxasini Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli gʼaznachilik boʼlinmalariga taqdim qilishi lozim.
Gʼaznachilik boʼlinmalari kapital qoʼyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan
Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni:

  • budjetdan ajratiladigan mablagʼlar va BMJ mablagʼlari boʼyicha — masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga roʼyxatdan oʼtkazish raqami va sanasini koʼrsatib «Roʼyxatdan oʼtkazildi» shtampi va shaxsiy imzosini qoʼyish hamda gʼaznachilik boʼlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosi va «Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazish» muhrini qoʼyish yoʼli bilan roʼyxatdan oʼtkazadi;

  • vazirliklar, davlat qoʼmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʼarmalari mablagʼlari boʼyicha masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini koʼrsatgan holda «Hisobga olindi» shtampi va shaxsiy imzosini qoʼyish hamda gʼaznachilik boʼlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini qoʼyish yoʼli bilan hisobga oladi.

Roʼyxatdan oʼtkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraqfakturalarning asli kapital qoʼyilma buyurtmachilariga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi asli va ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarida saqlash uchun qoladi.
Аgar hisobvaraq-fakturalar boʼyicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda roʼyxatdan oʼtkaziladigan yoki hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil uchun rejalashtirilgan mablagʼlardan oshsa, kapital qoʼyilma buyurtmachilari gʼaznachilik boʼlinmalariga koʼrsatilgan hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari tomonidan imzolangan maʼlumotnoma taqdim etadi.Ushbu maʼlumotnomada tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun qabul qilinishi lozim boʼlgan moliyaviy majburiyat summasi koʼrsatiladi. Bunda moliyaviy majburiyatlar gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan kapital qoʼyilma buyurtmachilarining maʼlumotnomasida koʼrsatilgan summa doirasida roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi.
«UzASBO» DMga ulangan kapital qoʼyilma buyurtmachilari tovarlar
(ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura olganlaridan soʼng hisobvaraq-faktura maʼlumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʼaznachilik boʼlinmalariga yuboradi. «UzASBO» DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturaning qogʼoz shaklidagi asl nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalariga taqdim etilmaydi va Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma rasmiylashtirilmaydi.
Bunda hisobvaraq-faktura aslining kapital qoʼyilma buyurtmachilarida mavjudligi, hisobvaraq-fakturaning qogʼoz va elektron shaklining oʼzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʼgʼriligi hamda aslining saqlanishi uchun kapital qoʼyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi. Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining «UzASBO» DM orqali elektron hujjat shaklida gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan ushbu hisobvaraq-fakturaning tegishli shartnomaga muvofiqligi ustidan nazorat oʼrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTda elektron tarzda roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʼrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʼyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining «UzASBO» DM orqali elektron hujjat shaklida gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan ushbu hisobvaraq-fakturaning tegishli shartnomaga muvofiqligi ustidan nazorat oʼrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTda elektron tarzda roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʼrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʼyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining «UzASBO» DM orqali elektron hujjat shaklida gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlari gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTda elektron tarzda roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʼrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʼyilma buyurtmachilariga qaytariladi.
Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining xarajatlar toʼlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

  • toʼlov hujjatida shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi raqami, kapital qoʼyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʼlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʼlov) miqdori va toʼlov maqsadi toʼgʼri koʼrsatilganida;

  • qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul roʼyxatlari asosida va tegishli obʼektlar boʼyicha shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʼlari qoldigʼi doirasida;

  • agar toʼlov topshiriqnomasida yoki gʼazna memorial orderida koʼrsatilgan summa gʼaznachilik boʼlinmasida roʼyxatdan oʼtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin oʼtkazilgan mablagʼlarni hisobga olgan holda toʼlanishi lozim boʼlgan pul mablagʼlaridan oshmasa;

  • hisobvaraq-fakturalar, kapital qoʼyilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʼlovlarini oʼtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʼlganda;

  • toʼlov topshiriqnomasida yoki gʼazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʼrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʼlganida.

Toʼlov topshiriqnomalari gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʼlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi kapital qoʼyilma buyurtmachilarining gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi. Toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaGʼHdan xarajatlar toʼlovini amalga oshirish uchun asos boʼladi. Toʼlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining “TOʼLАNDI” belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan holda shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan koʼchirma bilan birga kapital qoʼyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda toʼlov topshiriqnomalarining «Mablagʼlarni toʼlovchining nomi» ustunida gʼaznachilik boʼlinmasining nomi, «Mablagʼlarni toʼlovchining hisobvaragʼi» ustunida — YaGʼH, «Toʼlov maqsadi» ustunida — kapital qoʼyilma buyurtmachisining shaxsiy gʼazna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʼlovni oʼtkazishga asos boʼladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʼlov maqsadi koʼrsatiladi.
Kapital qoʼyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan toʼlov topshiriqnomalari talablariga muvofiq boʼlganda, gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, toʼlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʼzining imzosini qoʼyadi. Toʼlov topshiriqnomalar talablarganomuvofiq boʼlgan
hollarda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʼrsatgan holda ularni kapital qoʼyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʼng amalga oshiriladi
Bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqa shaxsiy gʼazna hisobvaragʼiga mablagʼlar oʼtkazish uchun kapital qoʼyilma buyurtmachilari tomonidan gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada gʼaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Kapital qoʼyilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʼaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalariga kapital qoʼyilma buyurtmachilarining gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi.
Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qoʼyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan mablagʼlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining «TOʼLАNDI» belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan gʼaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirma bilan birgalikda kapital qoʼyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda gʼaznachilik memorial orderlarining «Toʼlov maqsadi» ustunida Toʼlov turlari boʼyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʼlov kodi, kapital qoʼyilma buyurtmachilarining shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʼlovni oʼtkazishga asos boʼladigan hujjat, shuningdek toʼlov maqsadi koʼrsatiladi.
Kapital qoʼyilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan gʼaznachilik memorial orderlari talablariga muvofiq boʼlganda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI”belgisini, gʼaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʼzining imzosini qoʼyadi. Gʼaznachilik memorial orderlari talablarga nomuvofiq boʼlgan hollarda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari gʼaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʼrsatgan holda uni kapital qoʼyilma buyurtmachilarining masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʼng amalga oshiriladi.
Mablagʼlarni bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqasiga oʼtkazishda gʼaznachilik memorial orderlariga mablagʼlarni oʼtkazishga asos boʼluvchi yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi
Gʼaznachilik boʼlinmalarida roʼyxatdan oʼtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraqfakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom boʼlganidan soʼng toʼlanadigan kafolat summasi toʼgʼrisidagi maʼlumot «OʼRMV» АTga kiritilmaydi.


2.3 IV guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishning tahlili

IV guruh xarajatlari boʼyicha moliyaviy majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʼrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari asosida qabul qilinadi.
IV guruh xarajatlari boʼyicha moliyaviy majburiyatlar gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni toʼlash uchun ruxsatnoma doirasida roʼyxatdan oʼtkaziladi va hisobga olinadi.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʼrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan soʼng ularni roʼyxatdan oʼtkazish yoki hisobga olish uchun ularni asli va nusxasini ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli gʼaznachilik boʼlinmalariga taqdim qilishi lozim. Gʼaznachilik boʼlinmalari buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma va hisobvaraqfakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni:

  • budjetdan ajratiladigan mablagʼlar va BMJ mablagʼlari boʼyicha masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga roʼyxatdan oʼtkazish raqami va sanasini koʼrsatib «Roʼyxatdan oʼtkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qoʼyish, shuningdek gʼaznachilik boʼlinmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va «Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazish» muhrini qoʼyish yoʼli bilan roʼyxatdan oʼtkazadi;

  • vazirliklar, davlat qoʼmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʼarmalari mablagʼlari boʼyicha masʼul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini koʼrsatgan holda «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qoʼyish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qoʼyish yoʼli bilan hisobga oladi.

Roʼyxatdan oʼtkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʼrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning asli buyurtmachilarga qaytariladi, Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʼrsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarida saqlash uchun qoladi.
"UzASBO" DMga ulangan buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura olganlaridan soʼng hisobvaraqfaktura maʼlumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʼaznachilik boʼlinmalariga yuboradi. "UzASBO" DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan hisobvaraqfakturaning qogʼoz shaklidagi asl nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalariga taqdim etilmaydi va Moliyaviy majburiyatlarni roʼyxatdan oʼtkazishga (hisobga olishga) buyurtma rasmiylashtirilmaydi.
Bunda hisobvaraq-faktura aslining buyurtmachilarda mavjudligi, hisobvaraq-fakturaning qogʼoz va elektron shaklining oʼzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʼgʼriligi hamda aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron hujjat shaklida gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan ushbu hisobvaraq-fakturaning tegishli shartnomaga muvofiqligi ustidan nazorat oʼrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTda elektron tarzda roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʼrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
Buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olganlaridan soʼng uch ish kuni muddatida bu haqdagi maʼlumotlarni «UzASBO» DMga kiritishlari va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTga yuborishlari lozim.
Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʼaznachilik boʼlinmalariga yuborilgan toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlari gʼaznachilik boʼlinmalari tomonidan bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «OʼRMV» АTda elektron tarzda roʼyxatdan oʼtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʼrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.
"UzASBO" DMga ulanmagan buyurtmachilar toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlarini gʼaznachilik boʼlinmalariga qogʼoz shaklda taqdim qiladi va ularni roʼyxatdan oʼtkazish yoki hisobga olishda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari ish yuritadi.
Buyurtmachilarning xarajatlar toʼlovi quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

  • toʼlov hujjatida shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi raqami, kapital qoʼyilma buyurtmachisining nomi va STIRi, budjet tasnifining tegishli kodlari, yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos boʼlgan hujjat va hisobvaraq-faktura raqami va sanasi, avans (toʼlov) miqdori va toʼlov maqsadi toʼgʼri koʼrsatilganida;

  • buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli moddalari boʼyicha rejali mablagʼlar, shuningdek budjetdan tashqari mablagʼlar boʼyicha shaxsiy gʼazna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari doirasida;

  • agar toʼlov topshiriqnomasida yoki gʼazna memorial orderida koʼrsatilgan summa gʼaznachilik boʼlinmasida roʼyxatdan oʼtkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin oʼtkazilgan mablagʼlarni hisobga olgan holda toʼlanishi lozim boʼlgan pul mablagʼlaridan oshmasa;

  • hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans toʼlovlarini oʼtkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʼlganda;

  • toʼlov topshiriqnomasida yoki gʼazna memorial orderida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda koʼrsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlariga muvofiq boʼlganida.

Toʼlov topshiriqnomalari gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʼlov topshiriqnomalarining birinchi nusxasi, buyurtmachilarning gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi. Toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaGʼHdan xarajatlar toʼlovini amalga oshirish uchun asos boʼladi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining «TOʼLАNDI» belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan toʼlov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan koʼchirma bilan birga buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʼlov topshiriqnomalari mazkur
Qoidalar talablariga muvofiq boʼlganda, gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga «TEKSHIRILDI» belgisini, toʼlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʼzining imzosini qoʼyadi. Toʼlov topshiriqnomalar talabga nomuvofiq boʼlgan hollarda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʼrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradilar. Toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʼng amalga oshiriladi.
Bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqa shaxsiy gʼazna hisobvaragʼiga mablagʼlar oʼtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada gʼaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʼaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi, gʼaznachilik boʼlinmalariga buyurtmachilarning gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi. Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan mablagʼlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining "TOʼLАNDI" belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan gʼaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Bunda toʼlov topshiriqnomalarining «Mablagʼlarni toʼlovchining nomi» ustunida gʼaznachilik boʼlinmasining nomi, «Mablagʼlarni toʼlovchining hisobvaragʼi» ustunida – YaGʼH, «Toʼlov maqsadi» ustunida — buyurtmachining shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʼlovni oʼtkazishga asos boʼladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek toʼlov maqsadi koʼrsatiladi
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan toʼlov topshiriqnomalari talablarga muvofiq boʼlganda, gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga «TEKSHIRILDI» belgisini, toʼlov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va oʼzining imzosini qoʼyadi. Toʼlov topshiriqnomalar talablarga nomuvofiq boʼlgan hollarda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari toʼlov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʼrsatgan holda ularni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradilar. Toʼlov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari imzolari va gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʼng amalga oshiriladi.
Mablagʼlarni bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqasiga oʼtkazishda gʼaznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • iqtisod qilingan budjet mablagʼlarini oʼtkazishda rasmiylashtirilgan hujjatlar;

  • hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi hujjatlar va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʼrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar.

Budjet tashkilotlarining shaxsiy gʼazna hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablagʼlari (kapital qoʼyilmalar boʼyicha toʼlovlar uchun nazarda tutilgan mablagʼlardan tashqari) Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʼarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasiga oʼtkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy gʼazna hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan budjet mablagʼlarini Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʼarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasiga oʼtkazilishi moliya yiliga qoʼshimcha davr mobaynida amalga oshiriladi.
Bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqa shaxsiy gʼazna hisobvaragʼiga mablagʼlar oʼtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada gʼaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʼaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi, gʼaznachilik boʼlinmalariga buyurtmachilarning gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi. Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan mablagʼlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining «TOʼLАNDI» belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan gʼaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi.
Gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy gʼazna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi boʼyicha shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan berilgan koʼchirmalarni roʼyxatdan oʼtkazish jurnalida roʼyxatdan oʼtkazadi.Buyurtmachilarning masʼul xodimlari Shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirma olishda jurnalga koʼchirmani olganligi toʼgʼrisida tegishli belgi qoʼyadi.
Bunda gʼaznachilik boʼlinmalarida Shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan berilgan koʼchirmalarni roʼyxatdan oʼtkazish jurnali har bir buyurtmachi boʼyicha alohida ochiladi va yuritiladi.


XULOSA

G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirishda tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan hisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna hisobraqamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi.


Ikkinchidan, amalda bo’lgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish orqali, xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga o’tildi.
Uchinchidan, G’aznachilik organlari budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, to’lovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega bo’ldi. Bu o’z navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi.
To’rtinchidan, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi elektron savdolar tashkil etildi. Natijada budjet mablag’larini suistemol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi va nazorat qilish imkoniyati ko’paydi.
Beshinchidan, G’aznachilik sharoitida budjet xarajatlarini amalga oshirish orqali, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning xarajatlari bo’yicha qarzlarni vujudga kelish darajasi pasaytirildi.
Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali tashkil etish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:
Birinchidan, Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir.
Buning uchun budjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiriladigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma- bosqich kamaytirish va me’yordan ortiqcha amalga oshirilgan xarajatlarni budjet hisobotlariga debitorlik va kreditorlik qarzlari sifatida qabul qilish amaliyotiga chek qo’yish zarur.
Ikkinchidan, Markazlashtirilgan buxgalteriya xodimlar sonini ko’paytirgan holda budjet tashkilotlari xodimlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni o’z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Uchinchidan, davlat budjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim .
O’ylaymizki, yuqorida keltirilgan xulosalarimiz istiqbolda davlat budjeti xarajatlarini samarali ijro etishda o’z ijobiy natijalarini beradi.


Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling