Gеmоglоbingа оid pаtоfiziоlоgiya
Download 0.63 Mb.
|
Gеmоglоbingа оid pаtоfiziоlоgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- QONDA GEMOGLOBINNING KAMAYISHI BELGILARI
Oldini olish
Kamqonlik profilaktikasining asosiy vositasi muvozanatli va vitaminlarga boy parhezga amal qilish, shuningdek davolovchi shifokorning tavsiyalariga muvofiq temir saqlovchi preparatlarni qo’llash hisoblanadi. Temir mikroelementining sutkalik norma miqdori 20-25 mg`ni tashkil etadi. Ushbu miqdorning asosiy qismi (90%) qizil qon hujayralari parchalanishida chiqariladigan endogen temir bo’lib, 10% oziq-ovqat mahsulotlari bilan kiradigan ekzogen temir sanaladi. Ayollarga siklik qon yo’qotishi tufayli ushbu mikroelement erkaklarga nisbatan ko’proq kerak bo’ladi. Prognoz Temir tanqisligi kamqonligida prognoz ko’p hollarda ijobiy bo’ladi; Gemolitik anemiyaning irsiy shakllarida prognoz gemolitik krizlar soni va holatning darajasiga bog’liq; Aplastik anemiya og’ir gematologik kasallikdir. Qonda gemoglobin miqdorini ko’paytirish usullari bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa homiladorlik davrida kamqonlik, bolalarda temir yetishmasligi muammolari «qonni ko’paytirish» ehtiyojini tug’diradi. Ko’pchilik buning uchun vitaminlar va turli qo’shimcha preparatlar ichish kerak deb o’ylaydi. Aslida esa kamqonlikni uy sharoitida davolash uchun turli usullar va mahsulotlardan foydalanish mumkin. Yodda tutish kerakki, qon kamayishi deganda qonning o’zi emas, balki qizil qon tanachalari tarkibidagi gemoglobin oqsili kamayishi nazarda tutiladi, demakki «qonni ko’paytirish» emas, «qonda gemoglobinni ko’paytirish» iborasi to’g’riroq bo’ladi. QONDA GEMOGLOBINNING KAMAYISHI BELGILARI Kamqonlikda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin: Bosh og’rig’i, bosh aylanishi; Terining oqimtirligi; Zaiflik, kuchsizlik; Ishtahaning kamayishi; Uyquchanlik, doimiy charchoq; Mushak og’rig’i; Quloqlarda shovqin; Tez-tez virusli kasalliklarga chalinish; Qo’l va oyoq uchlari sovuqligi. Agar kishida ushbu belgilarning bir yoki bir nechtasi kuzatilsa, bunda gemoglobinni aniqlash uchun qon tahlili topshirish tavsiya etiladi. Tahlil natijalari normal ko’rsatkichlardan past bo’lsa, demak qonni ko’paytirish uchun choralar ko’rish kerak. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling