4. A vitamini esdan chiqmasin
A vitamini va beta-karotin (uning o‘simliklarda mavjud shakli) ham oziq-ovqat tarkibidagi temir moddalarini samarali o‘zlashtirishga yordam beruvchi muhim elementlar hisoblanadi.
Ushbu vitaminga boyligi jihatidan yuqori turuvchi mahsulotlarning qisqa ro‘yxatini keltiramiz:
5. Temir moddasini o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi mahsulotlar iste'moliga ruju qilmang
Bunga kalsiyga boy mahsulotlar qodir:
nordon sut mahsulotlari — yogurt, kefir, tvorog;
soya va shu tarkiblilar: soya go‘shti, tofu va boshqalar;
anjir.
Nozik farq mavjud: kalsiyni butunlay cheklash yaramaydi, axir u ham organizm uchun zarur. Muhimi me'yorni bilish. Bir stakan kefir yoki bir juft anjir mevasi salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi va ayniqsa ularni temirga boy mahsulotlardan alohida iste'mol qilish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, mikroelement so‘rilishini choy va kofe ham qiyinlashtiradi.
6. Tarkibida temir saqlovchi bio-qo‘shimchalar qabul qiling
Eng muhimi — bunday qo‘shimchalarni o‘zboshimchalik bilan tanlamang. Ushbu vazifani faqatgina shifokor bajarishi kerak. Gap shundaki, dorixonalardagi temirga boy bio-qo‘shimchalar tarkibida boshqa moddalar — mikroelementlar va vitaminlar ham mavjud.
Agar bu turdagi preparatlar nazoratsiz qabul qilinsa, xavfsiz dozani oshirib yuborish mumkin. Buning natijasida, masalan, A vitamini gipervitaminozi kelib chiqishi mumkin — juda noxush holat bo‘lib, bosh og‘rig‘i va suyaklarda og‘riqlar, soch to‘kilishi, ko‘rish qobiliyati pasayishi va boshqa oqibatlarga olib keladi.
Temir moddasi keragidan oshib ketishi ham tahlikalidir. U gemoxromatoz nomi bilan ataluvchi jigar, o‘t pufagi, qalqonsimon bez, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va hatto rakning ba'zi turlari rivojlanishi xavfi ortishi holatini chaqirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |