Gеmоglоbingа оid pаtоfiziоlоgiya
Gemoglobin pasayganda yeyish zarur bo‘lgan 5 mahsulot
Download 0.63 Mb.
|
Gеmоglоbingа оid pаtоfiziоlоgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Holva
- 4. Anor
- Kamqonlik (anemiya) — sabablari, belgilari, davolash va oldini olish
- Tasnifi
Gemoglobin pasayganda yeyish zarur bo‘lgan 5 mahsulotGemoglobin tana hujayralarini hayot uchun juda muhim bo‘lgan kislorod bilan ta’minlab turadi. Uning kamayishi kislorod yetishmovchiligi, anemiya, tez charchash alomatlari paydo bo‘lishiga olib keladi. Foto: “Feelgood.ua” Biz gemoglobin pasayganda muntazam ravishda iste’mol qilish zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzdik. 1. HolvaBu shirinlik tarkibida gemoglobin darajasiga ta’sir qiluvchi katta miqdorda temir moddasi mavjud. 2. Go‘sht va kalla-pochaBu mahsulotlar zaiflashgan organizm va gemoglobin darajasini qayta tiklash uchun juda muhim hisoblanadi. 3. Quritilgan qo‘ziqorinlarMuntazam ravishda quritilgan qo‘ziqorindan sho‘rva ichsangiz gemoglobin darajasining pasayish muammosiga yo‘liqmaysiz. 4. AnorAnorni muntazam ravishda iste’mol qilish gemoglobin darajasini me’yorida ushlab turishga yordam beradi. 5. LavlagiBir oy davomida har kuni 30 grammdan lavlagi sharbati yoki 100 grammdan qaynatilgan lavlagi iste’mol qilinsa gemoglobin miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi. Kamqonlik (anemiya) — sabablari, belgilari, davolash va oldini olishAnemiya (yunoncha anemia; an «inkor» + haima — «qon»), kamqonlik — qonning birlik hajmida eritrositlar soni va ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi bilan ifodalanadigan holat. «Anemiya» atamasi ma’lum kasallikni belgilab bermaydi, chunki u organizmning turli xil patologiyalari alomatlaridan biri hisoblanadi. Gidriemiya (psevdoanemiya, masalan homilador ayollarda) va bevosita anemiyani farqlay bilish kerak. Gidremiyada qonning shaklli elementlari (eritrosit, leykosit va trombotitlar) hamda gemoglobinning mutlaq miqdori o’zgarmaydi, biroq qonning suyuq qismi miqdori oshishi tufayli nisbiy ko’rsatkichlari pasayishi mumkin. TasnifiAnemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Kamqonlikni tasniflash uchun amaliy maqsadga muvofiqlik tamoyilidan foydalanish qabul qilingan. Yuzaga kelgan klinik amaliyot quyidagi klassifikatsiyaga mos keladi: O’tkir qon yo’qotish bilan bog’liq; Qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishining buzilishi bilan bog’liq: aplastik, temir tanqisligi, megaloblast, sideroblast turi, surunkali kasalliklar; Qizil qon hujayralarining ko’p miqdorda shikastlanishi yoxud gemolitik anemiya. Zamonaviy klassifikatsiya anemiyani differentsial tashxislash imkonini beradigan klinik-laboratoriya xususiyatlariga asoslangan. Anemik sindromning sabablarini aniqlash jarayonida tibbiy tadqiqotlar majmuini o’tkazishda «qonning ferritin zardobi» ko’rsatkichi alohida o’rin tutadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling