Genetik axborot uzatishlarni kuzatish


Download 0.7 Mb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1349861
1   2   3   4   5
Bog'liq
Genetik axborot uzatishlarni kuzatish

Praymazaning ta’siri oldidan kamida 5 ta oqsildan iborat kompleks hosil bo’lishi zarur ekanligi aniqlandi. Bu oqsillardan biri ATF energiyasidan foydalanib, DNK zanjiri bo’ylab harakatda bo’ladi, ya’ni praymazaning faollanishi uchun zarur bo’ladi, deb gumon qilinadi. Replikatsiyaning o’zi birin-ketin keladigan bir qancha bosqichlardan iborat. Bu bocqichlarning hammasi juda katta tezlikda, oliy darajada aniq o’tadi. DNK ning qo’sh spirali zich o’ralgan tuzilma va kodlaydigan asoslar burama ichida bo’lganidan replikatsiya qiladigan fermentlar matritsaning nukleotidlar qatorini “o’qishi” uchun ona DNK sining zanjirlari hech bo’lmasa, kalta bir bo’lagida yechilgan bo’lishi lozim.

  • Praymazaning ta’siri oldidan kamida 5 ta oqsildan iborat kompleks hosil bo’lishi zarur ekanligi aniqlandi. Bu oqsillardan biri ATF energiyasidan foydalanib, DNK zanjiri bo’ylab harakatda bo’ladi, ya’ni praymazaning faollanishi uchun zarur bo’ladi, deb gumon qilinadi. Replikatsiyaning o’zi birin-ketin keladigan bir qancha bosqichlardan iborat. Bu bocqichlarning hammasi juda katta tezlikda, oliy darajada aniq o’tadi. DNK ning qo’sh spirali zich o’ralgan tuzilma va kodlaydigan asoslar burama ichida bo’lganidan replikatsiya qiladigan fermentlar matritsaning nukleotidlar qatorini “o’qishi” uchun ona DNK sining zanjirlari hech bo’lmasa, kalta bir bo’lagida yechilgan bo’lishi lozim.
  • Qo’sh zanjir o’rimining yechilishi va ikkala zanjir yangidan qo’shilib ketmasligi uchun ularni bir-biridan ma’lum masofada tutib turish vazifasini bir nechta maxsus oqsillar bajaradi. Xelikaza (helix – burama, spiral so’zidan olingan) nomli fermentlar DNK ning replikativ ayri yaqinidagi qisqa bo’laklarni yechib beradilar; buning uchun 2 molekula ATF gidrolizidan hosil bo’ladigan energiya kerak.

ajralgan zanjirlar qaytadan qo’shilib ketmasligi uchun DNK-bog’lovchi oqsillar, replikatsiya jarayonida zanjirlarning juda tez yechilishida uzilib ketmasligi uchun giraza (guration – aylanish so’zidan olingan), eukariotlarda topoizomeraza va yana bir qator fermentlar va oqsillar, matritsa va initsiatorlar qatnashadi. Shuningdek, qisqa ajralish va birikishlar DNK-giraza fermenti yordamida sodir bo’ladi. U xelikazaga replikatsiya uchun DNK ni qayta aylantirishga yordam beradi. Zanjirlarning yoyilishida har bir qo’sh asosning ajratilishi uchun ikki molekula ATF – gidroliz energiyasi sarf bo’ladi. Umuman, DNK ning yoyilishi DNK replikatsiyasining eng qiziqarli va eng murakkab muammolaridan biridir.

  • ajralgan zanjirlar qaytadan qo’shilib ketmasligi uchun DNK-bog’lovchi oqsillar, replikatsiya jarayonida zanjirlarning juda tez yechilishida uzilib ketmasligi uchun giraza (guration – aylanish so’zidan olingan), eukariotlarda topoizomeraza va yana bir qator fermentlar va oqsillar, matritsa va initsiatorlar qatnashadi. Shuningdek, qisqa ajralish va birikishlar DNK-giraza fermenti yordamida sodir bo’ladi. U xelikazaga replikatsiya uchun DNK ni qayta aylantirishga yordam beradi. Zanjirlarning yoyilishida har bir qo’sh asosning ajratilishi uchun ikki molekula ATF – gidroliz energiyasi sarf bo’ladi. Umuman, DNK ning yoyilishi DNK replikatsiyasining eng qiziqarli va eng murakkab muammolaridan biridir.
  • 1969 yilda yapon olimi Reydji Okazaki har ikkala zanjir bir vaqtda replikatsiya qilinganda bir zanjir uzluksiz, ikkinchi yangi zanjir esa kalta fragmentlar shaklida sintezlanishini kashf etdi. Uzluksiz sintezlanadigan zanjir “boshlovchi”, uzilib sintezlanadigani “kechikkan” zanjir deb ataladi. So’ngra Okazaki fragmentlarining sintezi uchun tomizg’i sifatida RNK ning kichik bo’lakchalari kerak ekanligi ma’lum bo’ldi, chunki DNK-polimerazaning o’zi zanjirni initsirlay olmaydi. Keyingi vaqtda har ikkala zanjirning ham kalta fragmentlar shaklida sintezlanishi isbotlandi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling