Genetik axborot uzatishlarni kuzatish


Replikatsiyaning molekulyar asoslari


Download 0.7 Mb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1349861
1   2   3   4   5
Bog'liq
Genetik axborot uzatishlarni kuzatish

Replikatsiyaning molekulyar asoslari.

  • Replikatsiyaning molekulyar asoslari.
  • Nazariy jihatdan DNK replikatsiyasining bir nechta variantlari (usullari) bo’lishi mumkin: 1) konservativ usulda DNK ning bola qo’sh spirali ona DNK zanjiridan ajralmaydi; 2) yarim konservativ usulda ona DNK zanjiri ajralib ularning har biridan bola DNK ning komplementar zanjiri hosil bo’ladi; 3) dispersiv usulda ona DNK bir necha joyidan uziladi va undan DNK ning yangi zanjirlari hosil bo’ladi.1957 yilda Meselson va Stal tirik organizmlarda DNK replikatsiyasi yarim konservativ mexanizm bo’yicha borishini aniqlashdi. DNK replikatsiyasi uchun quyidagi sharoitlar zarur:
  • 1) DNK ning yangi zanjiri uchun struktura materiali sifatida dezoksiribonukleozidtrifosfatlar (dATF, dGTF, dSTF, dTTF) bo’lishi kerak;
  • 2) DNK ning qo’sh zanjiri ochilishi kerak;
  • 3) tomizg’i hosil bo’lishi kerak;
  • 4) DNK yangi polinukleotidli zanjirining sintezi va tomizg’i hosil bo’lishida ishtirok etuvchi fermentlar bo’lishi kerak.
  • Jarayonning har bir bosqichi maxsus fermentlar ishtirokida boradi.

1. Ajtratuvchi oqsillar DNK ning qo’sh zanjirini komplementar asoslari o’rtasidagi vodorod bog’larini uzadi. Natijada qo’sh zanjir ochilib, alohida zanjirlarga ajraladi (tashqaridan bu “zamok” ning ochilishiga o’xshaydi). DNK ning ochilgan qismi replikativ vilka deb aytiladi. Uning hosil bo’lishida bir yo’la 200 molekulagacha ajratuvchi oqsillar ishtirok etadi, shuning uchun replikativ vilkaning har bir shoxchasida yangi DNK sintezi boshlanishi mumkin hamda 2000 gacha juftlashmagan asoslardan iborat bo’ladi. Ajratuvchi oqsillarning ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan, bunda balki DNK zanjirining ajralishi uchun ATF energiyasi sarflanishi mumkin.

  • 1. Ajtratuvchi oqsillar DNK ning qo’sh zanjirini komplementar asoslari o’rtasidagi vodorod bog’larini uzadi. Natijada qo’sh zanjir ochilib, alohida zanjirlarga ajraladi (tashqaridan bu “zamok” ning ochilishiga o’xshaydi). DNK ning ochilgan qismi replikativ vilka deb aytiladi. Uning hosil bo’lishida bir yo’la 200 molekulagacha ajratuvchi oqsillar ishtirok etadi, shuning uchun replikativ vilkaning har bir shoxchasida yangi DNK sintezi boshlanishi mumkin hamda 2000 gacha juftlashmagan asoslardan iborat bo’ladi. Ajratuvchi oqsillarning ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan, bunda balki DNK zanjirining ajralishi uchun ATF energiyasi sarflanishi mumkin.
  • 2. “Tomizg’i” DNK ga bog’liq RNK polimeraza – odatda transkriptsiyada ishtirok etadigan fermentlar – RNK-polimerazalarning alohida varianti bo’lib, replikativ vilkadagi DNK ning komplementar qismida RNK “tomizg’i” (“praymer”) hosil qiladi. RNK-tomizg’ining sintezi 5¹ uchidan 3¹ uchiga qarab boradi. RNK da nukleotidlarning kelish tartibini DNK – matritsa belgilab beradi, nukleotidlarning 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog’lari yordamida bog’lanishi RNK-polimeraza ishtirokida amalga oshadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling