14-masala. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar
bilan chatishtirilganda F
1
da olingan o‘simliklarni mevasi oq rangli
bo‘lgan. F
2
da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17
tayashil mevali o‘simliklar olingan. Chatishtirish uchun olingan va
chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
F
1
da olingan oq mevali o‘simliklar yashil mevali o‘simliklar bilan
chatishtirilsa, keyingi avlodlardagi o‘simliklar meva ranggi
bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?
15-masala. Oq mevali qovoq o‘simliklari yashil mevali o‘simliklar
bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning
50% oq, 25% sariq va 25% yashil mevali bo‘lgan.Chatishtirish
uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
16-masala. Xrizitum turiga mansub bo‘lgan g‘o‘za o‘simligida
chigitning tuksiz bo‘lishi dominant va retsessiv xolatda nasldan
naslga o‘tadi dominant xolatda nasldan naslga o‘tganda uning
genotipi IIFt
1
Ft
1
Ft
2
Ft
2
FcFc genlar bilan ifodalanadi bunda
Ft
1
Ft
1
Ft
2
Ft
2
genlar chigitning mikropellagi tomonidagi,FcFc genlari
esa xalaza va yon tomonlari tukchalarining rivojlanishini
ta‘minlaydi I geni esa ular ustidan dominantlik qiladi shu sababli
tuk rivojlanmaydi.Tajribada tubandagi genotipli organizmlar
chatishtirilgan. IiFt
1
ft
1
Ft
2
ft
2
Fcfc x iift
1
ft
1
ft
2
ft
2
fcfc
a) ona o‘simlik necha xil gameta hosil bo‘ladi?
b) F
1
duragaylarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi?
17-masala. Izoh. Aksariyat odamlarda qo‘l barmoqlari beshta,
ayrim odamlarda esa beshtadan ortiqcha bo‘lishi mumkin. Bu
xodisa polidaktiliya deyiladi.
Barmoq soni 6 ta bo‘lgan yigit, barmoqlari 5 ta bo‘lgan qizga
uylandi. Bolalarining ba‘zilari 5 ta, ba‘zilari6 ta barmoqli bo‘lib
tug‘ildilar. Ota-ona va farzandlarning genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |