5- masala. Qovoq mevasining oq rangi-W, sariq rangi-Y, yashil
rangi-y genlari bilan ifodalanadi.W gen dominant ingibitor
vazifasini bajaradi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan qovoqlar
chatishtirilsa ularning fenotipi qanday rangda bo‘ladi.
a) wwYY x wwyy e) WWYy x wwyy
b) WwYY x Wwyy f) WwYy x wwyy
c) Wwyy x WwYY d) WwYy x Wwyy
6-masala. Qovoq mevasining oq rangi -W, sariq rangi- Y, yashil
rangi- y gen bilan ifodalanadi. W gen ingibitor vazifasini bajaradi.
Qanday chatishtirish natijasida 50 % sariq, 50 % yashil mevali
o‘simliklar hosil bo‘ladi?
7-masala. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan 3:1 nisbatda
sariq va yashil qovoqlar hosil bo‘lgan. Chatishtirishda ishtirok
etgan qovoqlar genotipini aniqlang ?
8-masala. Hushbo‘y no‘xat o‘simligida A va B dominant genlar
genotipda alohida bo‘lganda gultojbarglari oq, birgalikda bo‘lganda
qizil rangda bo‘ladi. aabb genotipli formalari esa oq gultojbarglari
bo‘ladi.
Tubanda chatishtirilganda hosil bo‘lgan F
1
bo‘g‘inda gultojbarglar
qanday rangda bo‘ladi
a)AaBb x aabb b)AaBb x aaBb, c)AaBb x AaBb
9-masala. G‘o‘zada B gen tolani malla, b gen esa oq rangda
bo‘lishini ta‘minlaydi.A gen esa yuqoridagi xar ikkala gen ta‘sirini
bo‘g‘ib, tolaning yashil rangda bo‘lishiga olib keladi. a gen esa
xech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. aaBB x AAbb genotipli liniyalari
chatishtirilib F
1
da 116 ta o‘simlik olindi. F
1
o‘z-o‘zi bilan
chatishtirilganda 800 ta o‘simlik olingan:
a) F
1
dagi o‘simliklarning qanchasi yashil tolali bo‘ladi?
b) F
2
dagi o‘simliklarning qanchasi yashil, qanchasi malla va oq
tolali bo‘ladi?
10-masala. Zig‘ir gultojibarglari chetining kungurador bo‘lishi A,
tekkisligi a genlarga bog‘liq. I gen ingibitor vazifasini bajaradi. i
gen gultojibarg shakliga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Quydagicha
chatishtirishdan qanday genotipli va fenotipli duragaylar hosil
bo‘ladi.
a) IIAA x iiaa:
b)IiAa x iiaa:c)iiaa x IIaa
Do'stlaringiz bilan baham: |