Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Genlarning birikkan holatda bo’lishining buzilishi


Download 365.71 Kb.
bet30/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

2. Genlarning birikkan holatda bo’lishining buzilishi.

Demak, bitta xromosomada joylashgan genlar o‘zaro birikkan bo‘lib, shu xromosoma bilan birgalikda kelgusi avlodlarga o‘tadi. Lekin genlarning bitta xromosomaga birikkan holda bo’lishi doimo ham kuzatilavermaydi.

Chunki genlarning o'zaro bog‘langanligi buzilishi mumkin.

Bu holatni Morgan o‘zining quyidagi tajribasida kuzatdi. Kulrang tanali, uzun qanotli (AABB) va qora tanali, kalta qanotli (aabb) pashshalarini chatishtirib, olingan birinchi avlod duragaylaridan erkaklarini emas, endi urg‘ochilarini (AaBb) olib retsessiv belgili (aabb) erkak pashshalari bilan chatishtirdi.

Bunday chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan duragaylar ikki xil bo‘lmasdan to‘rt xil bo‘lib chiqdi, ya’ni:

2-tajriba (Morgan)




  1. P X 2) P X



F1 bu urg’ochi geterozigota pashshani retsessiv F2

genli erkak pashsha bilan chatishtiramiz \

83% nokrossingover 17% krossingover

1.Nokrossoverlar --- Kulrang normal qanotli (AaBb)

Qora kalta qanotli (aabb)

2.Krossoverlar — Qora normal qanotli (aaBb)

Kulrang kalta qanotli (Aabb)

Lekin duragaylaming son jihatidan bir-biriga bo'lgan nisbati genlarning mustaqil taqsimlanishida kuzatiladigan nisbatiga

( 1 : 1 : 1 : 1) to ‘g‘ri kelmadi. Morganning bu tajribasi natijasida olingan duragay pashshalarining kulrang tanali uzun qanotlilari — 41,5%, qora tanali kalta qanotlilari — 8,5% va qora tanali uzun qanotlilari — 8,5% bo’lib chiqdi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, chatishtirish uchun olingan urg'ochi duragay pashshalarda birikkan gen guruhlarining buzilishi sodir bo‘lib, genlarning yangi to ‘plami paydo bo‘lgan, buesa yangi belgilarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Shuning uchun 17% (8,5% + 8,5%) duragay pashshalarda ota-onada bo’lmagan yangi belgi paydo bo‘ldi. Genlarning birikkan holatining buzilishini qanday tushuntirish mumkin? Genlarning birikkan holatining buzilishi xromosomalarda bo’ladigan chalkashuv (krossingover)ga bog‘liq. Hujayralaming birinchi meyotik 1-bo’linish davrda gomologik (o‘xshash)xromosomalar bir-birlari bilan o‘zlarining gomologik qismlarini almashtiradilar. O‘xshash xromosomalardagi o‘xshash qismlarning bir birlari bilan almashinishiga chalkashuv (krossingover) deyiladi.

Drozofila pashshalarining faqat urg'ochilari xromosomalarida chalkashuv bo’lib , erkaklaridaesa kuzatilmaydi. Shuning uchun yuqorida ko'rsatilgan digeterozigotali urg'ochi pashsha (AaBb) xuddi shunday genotipli erkak pashshalardan farq qilib ikki xil emas, balki to ‘rt xil gametalarni hosil qiladi. Bu gametalardan ikkitasi chalkashuvli, ikkitasi esa chalkashuvsiz bo‘ladi.

Birinchi va ikkinchi holatda duragaylar chalkashuv bo’lmagan gametalardan rivojlangan bo’lib , ularda genlarning to’liq birikkanligi saqlanib qoladi va kulrang tanali uzun qanotli, qora tanali kalta qanotli pashshalar paydo boiadi. Uchinchi va to'rtinchi holatda esa duragaylar chalkashuv bo’lgan gametalardan rivojlanganligi uchun ularda genlarning to’liq birikkanligi buziladi, ya’ni genlarning yangi to‘plami paydo bo’ladi. Natijada ota-ona pashshalarda kuzatilmagan yangi kulrang tanali kalta qanotliva qora tanali uzun qanotli duragaylar paydo bo’ladi. Demak, genlarning to’liq birikkan holati gametalarning yetilishida kuzatiladigan, gomologik xromosomalar o'rtasidagi chalkashuv ta’sirida buzilar ekan.

Genlarning qayta kombinatsiyalanishiga sabab, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar konyugatsiyalanganda, ularning ma’lum bir foizi o'z qismlarini ayira boshlaydi yoki chalkashishi natijasida axborot almashinadi. Bu xildagi jarayon krossingover hodisasi deb ataladi. Bunda dastlab gomologik xromosomalarning birida joylashgan genlar endi turli gomologik xromosomalarga o'tib qoladi. Ular qayta kombinatsiyalanadi. Kesishuvning nechog'li ko'p ro'y berishi turli genlar uchun turlicha bo'ladi. Genlar xromosomada qancha yaqin joylashgan bo'lsa, kesishuv mahalida ular shuncha kamroq alohidalanadi. Sababi xromosomalar turli qismlari bilan almashinadi, shunga ko'ra bir-biriga yaqin joylashgan genlarning birga bo'lish ehtimoli shuncha ko'p bo'ladi. Agar genlar orasidagi masofa qancha uzoq bo'lsa, ularni bog'lanish kuchi shuncha kam bo'lib, krossingover amalga oshishi uchun kam to'sqinlik bo'ladi. Yuqoridagilarga asoslangan holda T.Morgan quyidagi xulosaga keladi:

1. Genlar xromosomalarda chiziqli tartibda joylashadi.

2. Bitta xromosomada joylashgan genlar birikkan bo'lib, birgalikda nasldan-naslga o'tadi.

3. Genlarning bog'lanish kuchi ular orasidagi masofaga bog'liq. Agar masofa qancha katta bo'lsa, bog'lanish kuchi shuncha kam bo'ladi, ya'ni xromosomalar kesishuvi vujudga keladi.

4. Bitta xromosomada joylashgan genlar, genlarning birikkan guruhini tashkil qiladi, ya'ni ularning soni xromosomalarning gaploid to'plamiga tengdir. Masalan, odamda 46 ta xromosoma bo'lsa, birikkan guruhlari 23 ta, drozoftla pashshasida 8 ta xromosoma bo'lsa birikkan guruhlari 4 ga tengdir.





Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling