Genetika va genomika asoslari


 REKOMBINANT DNK OLISH TEXNOLOGIYASI


Download 482.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana05.05.2023
Hajmi482.28 Kb.
#1430171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
151 dil 2

5. REKOMBINANT DNK OLISH TEXNOLOGIYASI. 
Rekombinant DNK olishning axamiyati. Turli biologik manbalardan 
ajratilgan ikki yoki undan ko„p DNK fragmentlarining birikishidan xosil bo„lgan 
DNK molekulasi rekombinant DNK deyiladi. DNKning muayyan fragmentlari, 
shuningdek zarur genni tutuvchi fragmentlar restriktazalar yordamida olinadi. 
Restriktazalar «to„mtoq» uchli va «yopishqoq» uchli fragmentlar xosil qiladi. 
DNK fragmentlarini bitta molekulaga birlashtirish bu fragmentlarning qanday 
uchga ega ekanligiga bog„liq xolda, turli usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Bir xil izchillikka ega «yopishqoq» uchli fragmentlarni birlashtirish 
usuli. Ba‟zi restriktazalar, masalan EcoRI, DNK zanjirida tanib kesadigan sayt 
markazidan bir xil masofada zina xosil qilib, simmetrik uzish paydo qiladi. Bu 
bir-biriga komplementar uchastkalar asosini juftlashishi hisobiga yoki
«yopishqoq» uchlari orqali birlashish tendensiyasiga ega bo„ladi.
Asoslarning juftlashishi faqatgina komplementar izchilliklar o„rtasida sodir 
bo„ladi, shuning uchun EcoRI ta‟sirida paydo bo„lgan AATT-uchlar masalan
Hind III tomonidan xosil qilingan AGST-uchlar bilan qovushmaydi. Lekin bir 
restriktaza ta‟sirida xosil qilingan xar qanday DNK bo„laklari (kelib chiqishidan 
qat‟iy nazar) komplementar nukleotidlarning bir zanjirli uchastkalari orasida 
vodorod bog„lari xosil qilish hisobiga birikishi mumkin. 
Lekin bunday juftlashishdan so„ng ham DNK qo„sh zanjirining butunligi 
to„lig„icha tiklanmaydi va fosfodiefir bog„ida ikkita uzilish qoladi. Ularni 
tiklash, ya‟ni tikish yoki ligirlash uchun DNK ligazadan foydalaniladi. 
Rekombinant molekulalar xosil qilish ishlarini ligaza fermenti yakunlaydi. 
Bunday tajribalar birinchi marta 1972 yilda (P.Berg. AQSH) bajarilgan va 
«yopishqoq» uchlar xosil qiluvchi restriktazalar bilan DNK ligazadan birgalikda
foydalanish rekombinant DNK molekulasi olishning umumiy usullarini 
yaratishda asos bo„lib xizmat qilishi ko„rsatilgan. SHu laboratoriyada birinchi 
marta SV40 virusi va E.colining galaktoza operonini tutuvchi 

bakteriyafagi 
rekombinant DNKga biriktirilgan.

Download 482.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling